1-mavzu: Qadimgi musiqa madaniyatlari
Reja:
1. Madaniyat rivojida antik madaniyatning ahamiyati.
2. O‘rta asrlar universializm davrining musiqiy dunyoqarashi.
3. Yevropa musiqasining shakllanishida grigorian xorlarining roli.
4. O‘rta asrlarda musiqiy nazariy.
5. Vizantiya musiqa madaniyati.
Tayanch so‘zlar: qadimgi musiqa, antik davr, Pifiya va Kapitoliy o'yinlari, Yunoniston,
tragediya, qadimgi afsonalar, Rim musiqa madaniyati, pantomima teatri.
Eramizdan avval aynan V asrda Afinaning poytaxti Elladada
ommaviy bayramlarning
ajralmas qimiga aylangan spektakallar ochiq teatr maydonlarda , o‘n ming tomoshabinlarga
mo‘ljallangan va diametri 20 metrni tashkil qilgan doirasimon sahnalarda tamoshabinlarga
havola etilgan.Ular
orxestra
deb atalgan.Shu so‘zdan keyinchalik zamonaviy
“orkestr”
atamasi ham yuzaga keldi.Qadimgi teatrning bosh kaxramoni o‘rnida
korifey
turib u xorga
dirijyorlik qilib uni boshqarib turgan. Sahnalashtirilgan spektakl
mobaynida raqs tushish,
kuylash, pantomimalar ijro etish, kerak bo‘lsada tomoshabinlarga aylanish bu ishni mahoratli
bajargan bir gurux aktyorlarga yuklangan. Aynan ular teatrda
xor
deb atalgan.Korifeyning
imo ishoralariga, shuningdek, spektaklga jo‘r bo‘lgan sozandalar bo‘ysinib kelganlar. Kerakli
usul va temp tezligini korifeylar oyoq poshnasi bilan o‘rib belgilagan bo‘lsada, biroq ,
dirijyorlik mahoratning asosiy qo‘roli bo‘lmish - ko‘llarga qaratildi. Aynan o‘sha vaqtda bir
muncha murakkab biroq keynchalik eng ko‘lay va uzoq musiqiy
sahnaviy xayotga ega
bo‘lgan i-
xironomiya
-dirijyorlik san'ati shakllandi. O‘n asr o‘tgach Yunonistonda yuzaga
kelgan insoniyat madaniyatining ko‘plab madaniy yodgorliklari, musiqiy cholg‘ular unutilib
tarix safilarida qolib ketsada xironomiya esa so‘nggi bosqichda - o‘rta asr davrida
dirijyorlikni bosh asosiga aylandi. Yunon madaniyatini gullagan pallasida ham ko‘plab
nota yozuvlari xironomik deb atalgan. Shuningdek, xironomiya sinagog aytimlarida ham keng
o‘rin olgan. Xironomiya izlarini qadimgi cherkov aytimlarida ham uchratish mumkin.
XVIII asrda ijod qilgan daho kompozitorlar Iogan Sebastyan Bax,
Georg Fridrix
Gendel, Domeniko Skarlatti davrida dirijyorlik san'ati qay ko‘rinishda bo‘lgan ligi xaqida
san'atkorlar zaondoshlari qoldirgan yozuvlar e'tiborni tortadi.Mazkur davrda dirijyorlar
turlicha dirijyorlik qilganlar- notani tayoqchaga o‘xshatib o‘ragan xolda, ba'zilari bir vaqtning
o‘zida skripka yoki klavesinda chalib o‘z mahoratlarini namoyish qilganlar. I S Bax Aavliyo
Foma cherkovida hizmat qilgan kezlarida jami 40 yaqin sozandalarni boshqarib, bir
sozandalarga
boshini silkilatishi, ikkinchilarning qo‘l barmoqlari xarakati ,ularni musiqiy
tovushni ushlab turishi ko‘rsatsadp, boshqalarni oyoq zarbasi bilan xarakatlanishga o‘ta
yengillik bilan chorlaganini bir tassavur qiling. Klavissinchi o‘z zimmasiga dirijyorlik olishni
va boshqarishni olgan bo‘lsa ham ,uning yuqori mahoratiga qaramay dirijyorliq qilish o‘ta
noqulay bo‘lgan.
Shunday qilib, butun o‘rta asr davomida nevma yozuvi
chambarchas xironomiya san'ati bilan uzviy rivoj
topadi.Ularning vazifasi nafaqatma'lum
toning aniq
balandligini aniqlash balki , ijroning turfa ranglar
qirrasini ko‘rsatish bo‘lgan. Nevmalarning aksariyati
kuy xarakatining rivojlanish yo‘lini
aks etishi bilan
ijrochilarga birga ma'lum ritmik suratlar va dinamik
effektlarni tasniflashga yordam bergan. Xironomiyadan
nevma yozuviga bosilgan tarixiy yo‘l, ma'lum
deklamatsion nutqning aksetlarni ifodalagan beligalarni
ishlab chiqilishidan boshlandi. Mazkur belgi- aksentlar
nevma yozuvlarini ishlab chiqilishi uchun
asosiy ashyo
sifatida hizmat qildi.