16-variant. 1.Bayramlarning maktab hayotida tutgan o’rni.Bayramlar eng qadimgi davrlardan boshlab inson hayotining eng muhim tarkibiy qismiga aylangan. Ularsiz insoniyat hayotini mutloqo tasavvur etib bo’lmaydi. Bayramlar xalq hayotining eng yaxshi go’zal tomonlarini aks ettiruvchi ko„zgudir. “Bayram xalqning shodlik va xursandlik kuni”, - degan edi Sharqning buyuk olimi Mahmud Qoshg’ariy. Darhaqiqat, bayramlar yordamida hayotdagi hursandchiliklar, shodiyona, tantanavorlik xolatini vujudga keltirgan yirik voqealar, muhim sanalar, ulkan yutuqlar nishonlanadi. Bayram insoniyatning uzi bosib o’tgan yo’llarni chuqur anglashi, qo„lga kiritgan g’alabalardan mag„rurlanishi, ertangi kunga yaxshi umid bilan qarashiga yordam beradi Bayramlar insoniyat hayotida shu qadar mustahkam o„rin egallagan, ularni nishonlamaydigan hech bir shaxs, oila, jamiyat topilmaydi. Shuningdek, har bir millat va elat, xalqning o’z taraqqiyot tarixi jarayonida shakllangan bayramlari mavjud. O’rta Osiyo xalqlari, jumladan o’zbek xalqining eng qadimiy davrlardan shakllana boshlagan, asrlar davomida avloddan avlodga o’tib, kamol topib, bebaxo me’rosga aylangan bayramlari ko’p. bu bayramlarning ma‟lum qismi tarixning “sovuq shamollari” – bosqichlari va turli tarixiy shaxslar-hukumdorlar taziqiga uchrab, nohaq yo„qotilgan, ayrim bayramlar esa qarama-qarshiliklarni yengib, ko’pgina fazilatlardan ajralsa-da, butunlay yuqolib ketmagan, yana boshqalari xalq hayotidan mustahkam o’rin olib, bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Xullas, eng qadimiy xalq ommasi extiyoji bilan shakllanib borgan, ijtimoiy zarurat asosida rivoj topgan, muayyan vaqtlarda taqiqlangan, katta qarama-qarshiliklar, tusiqlarni yengib, boshqa xalqlar tajribasi bilan boyib kelgan o’zbek bayramlari uzoq va boy tarixga ega. Biroq xanuzgacha o’zbek xalq bayramlarining tarixi va xozirgi axvoli maxsus o’rganilgan emas. O’zbekiston hududida yashagan va yashayotgan avlodlarining paydo bo’lishi, tarixiy rivojlanishi, xozirgi kuni, muammolari haqida maxsus ilmiy-ommabop kitoblar va o’quv qo’llanmalari yaratish – tarixiy zaruriyatdir. Chunki, xalq o’zi avlodlari nishonlab kelgan va xozirgi paytda o„zlari nishonlayotgan bayramlarning mohiyati tarixini bilmog’i kerak. Ayniqsa, bunday bilimlar va ma’lumotlar xalq bayramlari tashkilotchilari uchun juda zarur. Shuningdek,bayramlarning maktab hayotida tutgan o’rni ham beqiyosdir. Milliy bayramlarimizni maktablarda keng nishonlash orqali o’quvchilarda ona vatanga muhabbat, urf-odatlarga hurmat ruhini singdirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |