103
ko`chirishining tahlili ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu psixologga
mijozning psixologik muammolari sababini kuzatish va tahlil qilish hamda
mijoz xulqining aynan bu shakli vujudga kelishini yuzaga keltirgan omillarni
aniqlashga yordam beradi.
5. InterpretatsiY. Maslahat jarayonida interpretatsiyaning o`rnini
baholash qiyin. Bu metod mijozga o`z kechinma va xulq-atvorining yashirin
hamda noaniq sabablarini aniqlashga yordam beradi. Ammo bu jarayonni
amalga oshirish psixologdan ehtiyotkorlikni talab etadi.
Interpretatsiya
jarayonida psixolog mijoz qabul qilishi mumkin bo`lgan jihatlarnigina
tushuntirishi, unga tushunarli bo`lgan tilda suhbatlashishi lozim.
Yuqorida keltirib o`tilgan tavsif klassik psixotahlilga xos, ammo
psixoanalitik terapiyaning boshqa shakllari ham mavjuddir. Psixoanalitik
terapiyaning haqiqiy psixotahlilga aloqasi doirasida ikkita nuqtai nazar
mavjud:
a) psixoanalitik psixoterapiya psixotahlildan sifat mazmuniga ko`ra farq
qiladi;
b) psixoanalitik psixoterapiya psixotahlildan miqdor mazmuniga ko`ra
farq qiladi.
Birinchi
fikrga muvofiq, analitik bilan mijozning faol ishtiroki ko`zda
tutiladigan psixotahlildan farqli o`laroq psixoanalitik psixoterapiyada mijoz
uchun davolanishga muhtoj bemor roli ajratiladi.
Ikkinchi nuqtai nazarga ko`ra, psixoanalitik psixoterapiya ruhiy
kasalliklarni
davolash
metodi
sifatida
psixotahlildan
seanslarning
davomiyligi va soni bilan farq qiladi. Terapevtik seanslar psixoanalitik
seanslarga nisbatan soni va kam davom etish jihati bilan farqlanadi.
Har ikkala fikrni solishtirib shunday xulosaga kelish mumkin:
birinchidan, analitik psixoterapiya mijozda namoyon bo`ladigan u yoki bu
belgilarning ongsizlik mazmunini ochishga ko`proq e'tibor berib,
klassik
psixotahlilga o`xshab ketadi; ikkinchidan, terapiyaning ushbu turi
psixoanalitik usullar yordamida shaxsni yoppasiga taftish qilmasligi bilan
psixotahlildan farqlanadi. Terapevt ruhiy buzilishning paydo bo`lishi va
surunkali kechishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan mijoz psixikasining
qirralarinigina tekshiradi.
Qisqa psixoanalitik terapiyada esa terapevtik faollik darajasi oddiy
psixoanalitik terapiyadan, xatto, psixotahlilning o`zidan ham yuqoridir. Qisqa
psixoanalitik terapiya diqqatni mijozining
qator ziddiyatlariga emas, balki
markaziy ziddiyatlarga jamlaydi, fokuslashtiradi. Shuning uchun bu
terapiyani ko`p hollarda fokusli (yoki konsentratsiyalashgan) terapiya (Fokal
Therapie) deb atashadi. Qisqa terapiya seanslari 10 tadan 30 tagacha bo`lishi
mumkin. Ko`rib chiqilayotgan kasallik genezisida hal qiluvchi ahamiyatga