O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi


 O.Kernbergning tuzilmaviy yondashuvi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/167
Sana19.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#930261
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   167
Bog'liq
25111 (1)

5.5. O.Kernbergning tuzilmaviy yondashuvi 
Otto Kernberg psixoanalizning ikki shoxchasini o‗zaro birlashtirdi
ya‘ni mayllar nazariyasi bilan ob‘ektiv munosabatlar nazariyasini birgalikda 
rivojlanishini ta‘minladi.
U ikkita tayanch g‗oyadan kelib chiqdi: birinchisi – insonda 
ikkita mayl mavjud - libido va agressiya; ikkinchisi - Menreprezentatsiya 
ob‘ekt-reprezentatsiya bilan ma‘lum munosabatlarda mavjud.
Kernberg psixoterapevtning psixik buzilishlar bilan ishlash 
yo‗nalishini izohlashga xizmat qiladi. Cheklangan shaxslar bilan ishlash 
uchun ekspressiv psixoterapiyani va mashhur tuzilmaviy intervyuni ishlab 
chiqdi.
O. Kernbergning tuzilmaviy yondashuvi quyidagilarni yoritishga xizmat 
qiladi:
1) ob‘ektiv munosabatning sifatini,
2) Super-ego integrallashganlik darajasini,
3) primitiv ko‗chish tabiatini.
U uch xil tipdagi shaxs tuzilmasini aniqlash orqali muhim vazifalarni hal 
qiladi:
1.
Identiklikni integratsiya darajasini aniqlash;
2.
Himoya mexanizm tiplarini yoritish;
3.
Voqelikni testlashtirishga qobiliyatini aniqlash
Bu vazifalarni bajarish uchun maxsus tuzilmaviy intervyu ishlab 
chiqildi. Tuzilmaviy intervyu patsient bilan klient o‗zaro ta‘sirlashuviga 
asoslangan. Bu usul muammoni shaffof o‗rganish imkonini beradi. Uning 
oqibatida patsientning motivatsiyasi, psixoterapiyaga shayligi, qarshilik 
ko‗rsatish shakli, psixoterapiya tipini baholashga imkon beradi. U yordamida 
klientning ijobiy sifatlari yoritiladi.
Kernberg tomonidan ishlab chiqilgan yondashuv psixoterapevt bilan 
muomala vaziyatida namoyon bo‗ladigan patsientning qiyinlashuvi, 
simptomlari va nizolariga alohida e‘tibor qaratgan. Tuzilmaviy intervyu 
uchta fazaga ajratiladi: boshlang‗ich, o‗rta va yakunlovchi.


46
1.
Boshlang‗ich fazada terapevt patsientga asosiy simptomlar, 
patsientning kutilmalari va qiyinchiliklari haqidagi sovallaridan iborat. Bu 
fazada patsient qanchalik savollarni tushunishi va o‗zining xatolarini 
anglaganligini, uning kutilmalar voqelikka qanchalik mos kelishini
yoritishga xizmat qiladi.
Strukturali intervyuning birinchi fazadayoq shaxs tuzilmasi darajasini 
aniqlash mumkin. Agar patsient simptomlarni aniq va to‗liq tasvirini 
berishga maqbul bo‗lsa, u holda terapevt quyidagi qo‗shimcha savollarni 
berishi mumkin bo‗ladi: O‗zingizni simptomlaringizni alohida jihatini 
izohlay olishingiz mumkinmi?, ―ular qanday rivojlandi, ular bilan bog‗liq 
qanday hodisalar mavjud?‖ Aynan ushbu bosqichda voqelikni testlashtirish 
darajasi tekshiriladi.
2.
Intervyuning o‗rta fazasida klientning identikligini baholash 
vazifalari shakllantiriladi. Men qirralari yoki patsient timsoliga ziddiyatli 
bo‗lgan timsol haqidagi ma‘lumotlar olish bilan bog‗liq diffuz identiklik 
aniqlanadi. Oqibatda Men-reprezentativlik bilan ziddiyatli bo‗lgan diffuz 
identiklik yoki to‗liq Men konsepsiyasi aniqlanadi. Ego-identiklikni 
o‗rganish bilan bir qatorda patsientning reprezentlashuv qobiliyati 
tekshiriladi va uning uchun ahamiyatli boshqalar izohlanadi.
Patsienning muammosi o‗rganilayotgan vaqtda unda xavotirlanish 
orttishi,
bezovtalanishning
o‗sib ketishi,
himoya 
mexanizmlari 
faollashishi mumkin. Terapevt ularning yetukligini baholaydi. Menning ego-
o‗ziga xoslik jiahtlarini yoritadi.
Menning
nospesifik jihatlari- bezovtalikni ko‗chirish qobiliyati, 
impulslar ustida nazoratning mavjud/mavjud emasligi va yetuk sublimatsiya 
qiladigan usulni mavjud va mavjud emasligi tekshiriladi
Bezovtalikni 
ko‗chirish 
qobiliyati 
patsientning 
emotsional 
zo‗riqshlarga bardosh qilishi mumkinligi darajasini tavsiflaydi. Impulslar 
ustidan nazorat patsientning instiktiv xohishlarni kechirishi mumkinlik 
darajasini va impulsiv harakat qilmasligi darajasini tavsiflaydi. 
Sublimatsiyaning samaradorligi patsientning qanchalik tarbiya va ta‘lim 
bilan bog‗liq bo‗lmagan holda ijodiy qobiliyatni rivojlanitirishini belgilaydi.
Bu fazada Super-egoni to‗liq yoki xususiy integratsiyasining mavjud 
emasligi testlashtiriladi. Buning uchun quyidagi mezonlardan foydalaniladi: 
1) 
patsient 
qanday 
darajada 
etikaviy 
qadriyatlar 
bilan 
identifikatsiyalashganligi mumkinligi va 2) aybdorlikning me‘yordagi 
tuyg‗usi uning xulq-atvorini ahamiyatli regulyatori ekanligi.
Haddan tashqari kuchli aybdorlik hissini kechirish va keskin Super-
ego 
nevrotiklar 
uchun, 
integratsiyaning 
buzilishi 
va 
Super-ego 
integrallashmagan o‗tmishdoshlarining mavjudligi –cheklangan va psixotik 
patsientlar uchun xarakterli.


47
Me‘yordagi insonda Super-ego integrallashgan, ya‘ni 1) individ 
etikaviy prinsiplar asosida o‗zining xatti-harakatlarini tartibga soladi, 2) 
ekspluatatsiya va manipulisatsiyalashdan tiyiladi, 3) tashqi majburlash 
mavjud 
bo‗lmaganda pok va axloqiy qimmatli bo‗lib qoladi.
Strukturalashgan intervyuning o‗rta fazasida nevrotik simptomlar va 
xarakterning patologik qirralari, asosiy himoya mexanizmlari, diffuz 
indentiklik sindromi, voqelikni testlashtirish darajalari o‗rganiladi.
3. Strukturalashgan intervyuning yakuniy fazasida patsientga 
psixoterapevtga ma‘lum qilmagan unga muhim bo‗lgan nimanidir taklif 
qilishi so‗raladi. Quyidagi tartibda savol beriladi: ― Sizning fikringizcha 
sizdan so‗ramagan yana nimani so‗rashim mumkin?‖
Bu bosqichda terapevt patsientning svollariga javob beradi, 
kutilmagan bezovtalik va boshqa qiyinchiliklarga e‘tibor qaratadi.
Intervyuning har bir bosqichda terapevt patsient bilan o‗zaro aloqada 
bo‗ladi: u bilan holati, terapiya, diagnoz haqidagi yakuniy xulosalarni 
muhokama qiladi.
Butun intervyu uchun 1,5 soat (10-15 daqiqali intervalli 2 ta 45 
daqiqali seans)ni tashkil etadi. Terapevt uchta muhim vazifani hal etadi:
1) Patsientning sub‘ektiv olamini tadqiq qilish, 2) patsient bilan o‗zaro 
munosabat vaqtida xulq-atvorini kuzatish, 3) patsientga shaxsiy emotsional 
reaksiyasi orqali e‘tibor qaratish
Terapevt patsientning xulq-atvori va tafakkuri, emotsiyasidagi 
noadekvat namoyon bo‗lishlarni baholash, ubilan o‗z kuzatishlarini 
muhokama qilish, o‗zini taktik tutish, patsientning unga qanchalik empatiya 
bilan munosabatga egaligini kuzatish.
N. Mak-Vilyams modelidagi , xarakter diagnostikasi va uning 
buzilishiga doir O. Kernbergning strukturali yondashuvi ikki asosga ko‗rib 
chiqiladi: shaxs taraqqiyot darajasi va inson xarakter tipi. Patsientning 
birinchi asos bilan muvofiqligida shaxs taraqqiyot darajasi va buzilganlik 
darajalariga 
ko‗ra tafovutlanadi: psixotiklika, cheklanganlikka va 
nevrotiklikka. Bu darajalari o‗zida diskret birliklarni emas, balki qandaydir 
xususiyatlar kontinuumini ifodalaydi.
Ikkinchi asos – xarakter tipi inson uchun ma‘lum darajadagi ichki 
himoya stilini aniqlaydi. Xarakter tiplarini muhokama qilish - psixopatik, 
narsiss, shizoid, paranoid, depressiv, mazoxistik, obsessiv/kompulsiv 
differensial psixologiyaga aloqadorligi sababli bizning muhokamiz vazifasi 
hisoblanmaydi.
Ma‘lum ma‘noda xarakter tipi quyidagi tartibda baholanadi:
1.
Yetakchi mayllar, affektlar, temperament.
2.
Mening adaptiv va himoya funksiyasi.


48
3.
O‗zaro ta‘sirlashuvning internallashtirilgan patternlari yoki 
ob‘ektiv munosabatlari.
4.
Shaxsiy Menning sub‘ektiv tajribasi: chegara, qadriyatlar, o‗zini 
idrok etishi .
5.
Ko‗chish va ko‗chishga qarshilikda o‗zi haqidagi tasavvurni 
namoyon qilish.
6.
Davolanishga tavsiyalar.
7.
Differesial tahlil uchun asos.
Sanab o‗tilgan xarakter tiplari sog‗lom kishilarda ham uchrashi 
mumkin, ammo bemorlardan farqli ravishda sog‗lom inson xarakteri uning 
psixik taraqqiyoti va moslashuviga to‗sqinlik qilmaydi.
Obsessiv inson tafakkur atrofida o‗z hayotini tashkil qiladi: ta‘lim 
olishga, mantiqiy tahlilga, atroflicha rejalashtirishga va sog‗lom qaror qabul 
qilishga intiladi
9
. Patologik obsessiv inson aqliy saqich bilan mashg‗ul 
bo‗ladi, xulq-atvorini tartibga sola olmaydi doira atrofidan cheksiz aylanadi.
―O‗ylangan va bajarilgan‖ joyda harakatlantiruvchi psixologik motivlar 
sifatida eshitish, o‗ynash, orzu qilish, sezish, san‘atdan qoniqish olish 
qobiliyati bilan disproporsiya vujudga keladi. Bu obsessiv-kompulsiv 
strukturali shaxslar bilan ish olib borishga olib keladi
10
.
Shaxs tiplari va ularning jarajalarini qiyoslashni terapiya diagnozi, uning 
turlari va natijalarining barqarorligi aniqlaydi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish