O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi


 Shaxs taraqqiyotining psixotik, cheklangan va nevrotik



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/167
Sana19.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#930261
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   167
Bog'liq
25111 (1)

5. Shaxs taraqqiyotining psixotik, cheklangan va nevrotik 
darajalari 
5.1. Xarakter tuzilmasi va uning diagnostikasi mezonlari 
Xarakter bilan bog‗liq muammolari bilan bog‗liq hal etiladigan 
masalalardan biri uning buzilish bilan bog‗liqligi, uni qanday mezonlar orqali 
baholash bilan bog‗liq. Xarakterga bag‗ishlangan jahon psixologik 
adabiyotlarda xarakter shaxs xususiyatlarini tizimlashuviga ko‗ra aniqlanadi 
va unga quyidagilar kiradi:
1)
barqaror ehtiyojlar va motivlar ,
2)
shaxsning irodaviy sifatlari (maqsadga intiluvchanlik, qat‘iylik, 
tashabbuskorlik va boshqalar),
3)
barqaror emotsional reaksiyalar. Barqaror ehtiyojlar va motivlar ,
shaxsning irodaviy sifatlari psixikaning mazmuniy xossasini, emotsional 
reaksiyalar esa psixikaning dinamik xossasini tashkil etadi.
Psixoanalitik adabiyotlarda xarakter muammosi quyidagi nuqtai 
nazardan qaraladi: Z.Freyd bo‗yicha drayv nazariyasiga ko‗ra natija sifatida
libidoning rivojlanishini bir necha bosqichi qayd etiladi; 2) ego-psixologiya 
pozitsiyasidan xarakter himoya mexanizmi, ya‘ni xavotirdan qochish sifatida 
namoyon bo‗ladi
5
.
Xarakter diagnostikasiga va shaxs buzilish darajasi ham Z.Freydning drayv 
nazariyasi asosida shakllantirilgan. N. Mak Vilyamsning modeliga ko‗ra 
xarakter modeli va uning diagnostikasi bo‗yicha o‗ziga xos yondashuv 
mavjud.
Mak-Vilyamsning xarakter tuzilmasi mazmuni ikki mezon asosida 
aniqlanadi:
1)
shaxs tuzilmasini rivojlanish darajasini baholash (Freyd 
bo‗yicha), shaxs individuatsiyasi yoki patologiya darajasini aks ettiradi.
Mak-Vilyams taraqqiyotni to‗rt darajaga ajradi: psixotik, cheklangan, 
nevrotik va normal.
2)
shaxsning himoya uslubi yoki xarakter tipi diagnostikasi 
(masalan, paranoid, shizoid, depressiv va boshqalar.).
Mak-Vilyams modeli vujudga kelishi bilan odatdagi psixologiya 
xarakterga nisbatan chetdan qarashni to‗xtatdi. Ammo birdaniga yuz 
bermasdan, balki unga qadar kundalik ongda ikki kategoriyadagi insonlarga 
ajratiladigan odamlarni ajratuvchi mulohazalarga olib kelgan: bemorlar
("psixlar") va sog‗lomlar (" psix emaslar"). Differensial nuqtai nazardan 
o‗tkazilgan diagnozda amaliy jihatdan bunday yondashish qat‘iyan shart 
emas.
5
Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 554.


42
Bu yo‗nalishga bog‗liq diagnostik maqsadlarda uzoq vaqt davomida 
standart baholash uslubidan foydalanilgan. Bu psixiatr va psixoterapevtlarni 
qoniqtirib kelgan.
Ushbu sxemaga ko‗ra real voqelikda sohlom yoki normal insonlar 
degan xulosaga olib keluvchi holat. Unga nisbatan og‗ishni aks ettiruvchi 
boshqa bir munosabat esa reallik haqidagi ma‘lumotlarga zid munosabatni 
aks ettiruvchi bemorlar guruhiga ajratishga olib keldi.
Odatda isterik, fobiyali, kompulsiv, maniakalli yoki depressivli
tendensiyalilarga ma‘lum psixologik qiyinchiliklarga uchraganlarga 
patsienlar deb murojaat qilishadi. Asotsial patsientlar esa axloqiy jihatdan 
aqlsiz patsientlar sifatida tansiflanadi.
20-asrning o‗rtaalariga qadar nevrotik va psixotik darajali patologiya 
o‗rtasidagi farqlarni tahlilchilar shaxs buzilishidagi oraliq shakllardan 
foydalanmasdan tafovutlashga olib keldilar.
Nevrotik voqelikni tushunishi, ammo shaxsiy muammolari borasida 
shaxsiy qiyinchilikka duch keladiganlar hisoblangan. Uning tayanch 
xususiyatlari hatdan tashqari mexanik va qayishqoq bo‗lmagan psixologik 
himoya mexanizmlardan iborat. N. Mak-Vilyams nevrotiklarni qopqog‗i 
mahkam berkitilib, qaynatilayotgan xumchaga o‗xshatadi.
Psixotiklar esa voqelikdan munosabatni ajratib qo‗ygan va kuch himoya 
mexanizmga ega bo‗lganlar sanaladi.
19-asrdayoq salomatlik bilan bemorlik o‗rtasidagi ―cheklangan 
maydonga‖ ega patsientlarga ajratishga olib kelgan edi. 20-asrning o‗rtasiga 
kelib, nevrozlar va psixozlar o‗rtasidagi oraliq zona haqidagi g‗oya paydo 
bo‗ldi.
Xelen Doych buni ―go‗yoki shaxslar deb‖ nomladi . Xox va Polatin 
"psevdonevrotik shizofreniya" kategoriyasi olib kirishdi. 1953 yilda Nayt 
cheklangan holarlar haqidagi esseni e‘lon qildi. 1968 ymlda Grinker 
cheklangan sindromning asoslovchi tadqiqot o‗tkazdilar 1980 yillarda 
umumqabul qilingan DSM-IV (Diagnostics and Statistics of Mental 
Disorders atama paydo bo‗ldi.
Bemorlarning 
ajratilgan 
guruhi 
xususiyatlari 
psixotiklarda 
gallyusinatsiy yoki alahsirash mavjud emas, ammo nevrotiklarda nostabil va 
aytib bo‗lmaydigan xulq-atvor mavjud. Patsientlarning psixoanalitik 
davolash vaqtida patsienlar vaqtinchalik psixotik bo‗lib, psixoanalitikdan 
tashqari holatda barqarorlikni namoyon qiladi
6
.
Mak-Vilyams psixotik, cheklangan va nevrotik darajalari E.Erikson
bo‗yicha shaxs taraqqiyot darajasiga to‗g‗ri keladi.
Psixotiklar Erikson bo‗yicha taraqqiyotning birinchi darajasiga to‗g‗ri 
keladi. 
Ular 
ishonish 
yoki 
ishonmaslik, 
cheklangan 
shaxslarda 
6
Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 597. 


43
separatsiya/individuatsiyalar, nevrotiklar – tashabbuskorlik yoki aybdorlik 
tuyg‗usini kechirish bilan identefikatsiyalashgan.
Uch darajadagi shaxs taraqqiyotiga mansub kishilar o‗rtasidagi 
tafovutlarni aniqlash uchun maxsus standartlashgan so‗rovnomalar 
patsientlar o‗rtasida o‗tkazilgan.
U quyidagi savollar bilan yoritiladi:
• 
Ustuvor sanaladigan himoyalar;
• 
Identiklik integratsiyalashgan darajasi;
• 
Testlashtirishning voqelikka mosligi va o‗zining patologiyasini 
kuzatishga qobiliyatli;
• 
Asosiy nizolar tabiati;
• 
Ko‗chish va ko‗chishga qarshi xususiyatlar .
• 
Ushbu sxema oqibatida shaxsning alohida darajasi haqidagi xulosaga 
kelinadi: psixotik, cheklangan va nevrotik
7

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish