61
Darsning
vazifasi
:
talabalarda
shaxs
psixologiyasi
nazariy
ma‘lumotlariga oid bilimlarini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar:
biogenetik qonun, sotsiogenetik nazariya,
psixodinamik nazariya, shaxs shakllanishi.
1.
Shaxs shakllanishi haqidagi nazariyalar
Jahon psixologiya fanida shaxsning
kamoloti uning rivojlanishi
to‘g‘risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo‘lib, tadqiqotchilar inson
shaxsini o‘rganishda turlicha pozisiyadan turib yondoshadilar va
muammoning mohiyatini yoritishda ham o‘ziga xos yondashuvlarga
egadirlar.
Mazkur
nazariyalar
qatoriga
biogenetik,
sosiogenetik,
psixogenetik, kognitiv,
psixoanalitik, bixevioristik nazariyalarni kiritish
mumkin.
Biogenetik nazariyaning
negizida yetilish bosh omil sifatida qabul
qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb
etib, ular bilan o‘zaro
aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan,
taraqqiyotning bosh omili biologik determinantlarga (aniqlovchilarga)
qaratiladi va ularning mohiyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib
chiqariladi. Taraqqiyot jarayonining o‘zi biologik etilishning universal
bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller
va Gekkellar kashf qilishgan. Biologik qonunga ko‘ra , shaxs
psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez)
butun insoniyat tarixiy
taraqqiyoti (filogenez)ning asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi. Bu
yo‗nalish tarafdorlarining fikriga ko‗ra, insonning barcha psixik
xususiyatlari, holatlari va o‗ziga xosligi uning biologik tuzilishi bilan bo-
liqdir, ularning rivojlanishi esa bevosita biologik qonuniyatlar ta‘siri ositida
ro‗y beradi. Ular bu borada hayvonlarga tegishli xulq bilan insonlar
o‗rtasidagi xulq ko‗rinishlariga chegara qo‗ymaydi. Bu yo‗nalish
tarafdorlarining aksariyati shaxs rivojlanishini asoslashda biologik qonun
bo‗lgan – rekaputilyatsiya (filogenezni qisqacha takrorlanishini)
qonuniga
tayanadilar. Jumladan, biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan
bo‘lmish amerikalik psixolog S.Xoll ham psixologik taraqqiyotning
"rekapitulasiya qonuni"ni shaxs rivojlanishining bosh qonuni deb hisoblaydi.
Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot
filogenezning muhim
bosqichlarini takrorlaydi. Qayd etish lozim, bu yo‗nalish asosan fiziologlar
orasida keng tarqalgan va I. P. Pavlov ham shu asosga tayangan
11
.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir yonalishi nemis "konstitusion
psixologiyasi" (inson tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari
tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasi negizida bir
qancha biologik omillarni (masalan tana tuzilishining tipi va boshqalarni)
kiritib, insonning jismoniy tipi bilan psixologik xususiyati o‘rtasida
uzviy
11
А.Г.Маклаков Общая психология Спб- 2001- 405 бет (mazmunidan foydalanildi)
62
bog‘liqlik mavjud deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta
guruhga ajratadi va uning bir boshida sikloid toifasiga xos (tez qo‘zg‘aluvchi,
his-tuyg‘usi o‘ta barqaror) odamlar, ikkinchi uchida shizoid toifasiga
(odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg‘usi cheklangan) xos
odamlar turishini aytadi. Bu taxminni u shaxs rivojlanishi davriga
ko‘chirishga
harakat qiladi, natijada o‘smirlarda sikloid xususiyatlar - o‘ta
qo‘zg‘aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o‘spirinlarda esa
shizoidlik xususiyatlari bo‘ladi degan xulosa chiqaradi. Biogenetik
nazariyaning namoyondalari amerikalik psixologlar A.Gezell, S.Xoll
taraqqiyotning biologik modeliga asoslanib ish ko‘radilar va bu jarayonda
muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o‘zaro o‘rin almashinib turadi,
degan xulosaga keladilar. Psixologiya tarixida biologizm
nazariyasining eng
yaqqol ko‘rinishi Zigmund Freyd
nazariyasida aks etgan. U shaxsning barcha
xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan
shartlangan, ayniqsa, birinchi navbatda u jinsiy maylga (libidoga) bog‘liqdir,
degan fikrni asoslashga harakat qiladi va shaxs xususiyatlarining
rivojlanishini ham shu omillarga bog‗laydi
12
.
Biologik nazariyaga qarama-qarshi bo‘lgan nazariya
Do'stlaringiz bilan baham: