65
4)
Proeksiya (vaziyatga nisbatan hayolda tasavvur qilish) – shaxsni
ta‘qib etuvchi tahlikali impulslarni boshqalarga ko‗chirish. Freydning
fikricha o‘g‘ri hammani o‘g‘ri deb hisoblaydi. Bunda shaxs o‘z impulslarini
boshqalarga ko‘chirib fikrlaydi.
5)
Ratsionalizatsiya – bunda shaxs qilayotgan hatti-harakatlarini
oqlash uchun ongli ravishda bahonalar to‗qiydi.
Buning natijasida haqiqiy
sabablarni bekitib, boshqa sabablar keltiradi. Masalan, imtixondan yiqilgan
talaba «Men yaxshi o‘qigan edim, lekino‘qituvchi menga past baho qoydi», -
deb o‗zini oqlaydi.
6)
Boshqasiga almashtirish (o‗rnini to‗ldirish) – shaxsning o‗z
jinsiy yoki agressiv impulslarini unda impuls hosil qilgan ob‘ektga nisbatan
ma‘qulroq bo‗lgan boshqa ob‘ektga ko‗chirish yoki qaratish. Masalan,
boshlig‘idan jahli chiqqan er xotinidan alamini oladi. Yoki imtihondan o‗ta
olmagan talaba o‗z alamini xonadoshi yoki guruhdoshiga sochishi mumkin.
7)
Qarshilik ko‘rsatish – masalan, o‘layotgan bemor o‘z kasalligini
rad etadi. Ichkilikka berilgan o‘g‘lining qilmishlarini ota-ona tan olmaydi.
Taniqli psixolog olim Karl Yung Ollport nazariyalariga o‘xshab
yagonalikka hos bo‘lgan mulohaza va savollarga javob bergan. Yung
ishonadiki, har bir insonning alohida tushunadigan yoshlari, timsoli
bo‘ladi
14
.
15
L.N.Tolstoy ro‗parasidagi odamga chuqur ma‘noga
ega va ajoyib bir
fikrni bayon qilgan edi: «... men sizni birinchi marta ko‘rib
turibman,
boshingiz, qo‘llaringiz, oyoqlaringiz barcha odamlarnikiday, yuzingiz
bichimi ham shunaqa yohud o‘zgacha. Buni men ham ko‘rib turibman,
hamma ham ko‘radi. Ammo, agar men ko‘nglingizga yo‘l topolsam, shu
joyga qo‘l sola olsam (u bir qo‗lini ro‗parsidagi shaxsning yelkasiga, ikkinchi
qo‘lini esa ko‘ksiga qoydi), agar o‘sha joyda bor bo‘lgan narsani oshkora qila
olsam (tashqariga chiqara olsam) men kishini hayajonlantira olaman, ko‘ziga
yosh oldira olaman, barcha hislarini qo‘zg‘atib yubora olaman, ko‘zga
ko‘rinmas odamni ana shunday yaqqol shaklda ko‘rsata
olaman va u holda
men chinakam sa‘natkor bo‘laman‖, degan edi.
Rossiyalik psixofiziolog Ivan Pavlov shaxs xulq-atvorini tasvirlab
berishda o‘z nazariyasini ilgari suradi. Uning nazariyasiga ko‘ra xulq-atvor
shaxslarni bir-biriga yaqinlashtiradi deb ta‘kidlagan. Bu holatda insonlar
atrof-muhitga nima berayotganlarini osongina
tushunib yetadi va javob
beradi. Uning nazariyasida faollik va ishyoqmaslik to‘g‘risida savollarga
javoblar berilgan.
16
14
David G.Myers – Psychology NY – 2010 Worth Publishers -572 бет (mazmunidan foydalanildi)
15
David Martin ―Human Behaviours‖ USA, 2010(mazmunidan foydalanildi)
16
David G.Myers ―Psyxology ninth edition in modules‖ . 2010/ 4-5 pajes (mazmunidan foydalanildi)