Microsoft Word chingiz aytmatov hikoyalar lotin ziyouz com doc



Download 256,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/39
Sana18.04.2023
Hajmi256,11 Kb.
#929849
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Bog'liq
chingiz aytmatov. hikoyalar

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
28
unga maslahat solmagan edi. Avvalo joylashib, uy olish, keyin esa turmush qurish haqida so‘z bo‘lishi 
mumkin edi. 
Nurbekni kuzatayotib, Oynagul uyga o‘zining fotosuratini taqdim etdi: 
– Boraver, Nurbek, – dedi u zarda bilan lablarini cho‘chchaytirib. – Bilaman, agar hayolingga 
biron narsa kelib qoldimi, sira ham fikringdan qaytmaysan. Agar u yer yoqmay qolsa, o‘zingni qiynab 
o‘tirma, qaytib kelaver, men kutaman seni... Yana zavodda gap qilishadi, deb o‘ylama, buning uncha 
ahamiyati yo‘q... Ish hamma vaqt topiladi... Ha, aytganday, har ehtimolga qarshi, tentirab yurma, 
rayonda mening tog‘am ishlaydi, mana uning adresi. Tortinib o‘tirma, unga murojaat qilaver, 
hammasiga yordamlashadi u... 
Biroq ma’lum bo‘lishicha, Oynagul unga adashib boshqa adresni bergan ekan. Uning tog‘asi 
qo‘shni rayonda, janubdagi dovonda ishlar ekan. Nurbek buni keyinchalik mahalliy kishilardan so‘rab 
bilib oldi. 
Sovxoz kundan-kunga ko‘z o‘ngida yuksalib, obod bo‘lib bormoqda edi. Nurbek bo‘lsa hamon 
o‘sha kunni – Oynagul bilan o‘z taqdirini birlashtiruvchi porloq kunni orziqib kutayotgan edi. 
 

Toqqa bahor ancha kechikib keladi, uni orziqib kutish kerak, biroq, u o‘z husn-jamolidan nishona 
ko‘rsatdimi –darhol yer yuzini gul va ko‘katlar sepi qoplab oladi. 
Pastda, vodiyda maysalar unib chiqadi, nihollar qomatini rostlab yaproq yozib, soya tashlay 
boshlaydi. O‘shanda bahor navbatni yozga berib, o‘zi esa yer betini cho‘lg‘ab olgan ko‘k-yashil 
tusdagi guldor ko‘ylak barini ko‘tarib sudraganicha tog‘ sari yo‘l oladi. 
Tog‘ zonasining bahori o‘zgacha tabiatga, o‘zgacha go‘zallikka ega. 
Ertalabdan qor yog‘adi, tushdan so‘ng quyosh chiqib, qorlar erib bug‘lanadi, bir kunlik gullar 
gullaydi, kechga kelib esa yer selgib, ariq va jilg‘alar tun bo‘yi muzlab chiqadi. Ertasiga ertalab 
cho‘qqilardan qarasang, ko‘z ilg‘amas kenglikdagi naqadar musaffo tog‘ bahorinn ko‘rib, qalbing 
quvonchlarga to‘ladi. Charaqlab turgan osmon dengizida kichkinagina dog‘ ham ko‘rinmasdi. Yer esa 
yoshgina qiz kabi yasangan – yam-yashil, shabnam bilan yuvilib, go‘yo uyalib kulib turardi... Agar 
qiyqirsang, ovozing uzoq vaqt jaranglab cheksiz va yuksak tog‘ tizmalari bo‘ylab toza havoda yiroq-
yiroqlarga taralib ketadi... Hech qanday qor ham, tuman ham, yomg‘ir va shamol ham bahorni to‘xtata 
olmasdi, u yashil olov kabi alangalanib tog‘dan toqqa, cho‘qqidan cho‘qqiga yonib o‘tib, tobora 
yuksalib, mangu muzliklar sari bormoqda edi. 
Odamlar hamma yerda bahorgi ekishni ertaroq tugallash bilan band. Tog‘li yerlarda esa bu, 
yanada muhim edi,–muddatdan sal kechikdingmi, ekinlar pishib yetilmay qolardi yoki tungi sovuq urib 
ketardi. 
...Nurbek sovxozning uzoq uchastkalaridan biri – chegaradagi «Katta soyga» kechqurun yetib 
keldi. U mototsikldan tushmasdanoq, qiya tepalikda to‘xtab qolgan traktorni ko‘rdi. Nurbek 
achchiqlanib tupurib, mototsiklni o‘chirdi va traktor tomon yugurib ketdi. Olisdan jahli chiqib baqirdi. 
– Ey, sen traktorni nega yotqizib qo‘yding! Yana sindirdingmi? 
Yosh traktorchi Juman qo‘lidagi papirosni oyoq ostiga olib tepkilab tashladi. 
– Traktorning hamma yeri taxt! – o‘zini oqlamoqchi bo‘lganday javob berdi u. – Biroq bu yerda 
haydash xavfli, og‘a. 
– Nima deyapsan? – Nurbek unga tomon tashlandi. Sal bo‘lmasa mushti bilan solib yuborguday 
bo‘lib. – Aqling joyidami seni? 

E-e... O‘rtoq mexanik, tushunasizmi...
– Ha, aniqroq qilib gapir! Traktor qachondan beri yurmay turibdi? Senga aytyapman! 
– Bir soatdan beri... 
Nurbek mushti bilan havoni kesib: 


Chingiz Aytmatov. Hikoyalar 

Download 256,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish