www.ziyouz.com
kutubxonasi
26
– Gidrologiya punkti deysizmi?
– Ha! Siz Baydamtol daryosi haqida eshitgandirsiz? Sizni Bektemir og‘a topdi. Siz uni
taniysizmi?
– Yo‘q, eslayolmayman!..
– U bizning gidrotexnigimiz.
– Bu yerda odam yashaydimi?
– Ha, yashaydi. Lekin juda ozmiz – Bektemir og‘aning oilasi va men, xolos.
– Siz bu yerda ishlaysizmi?
– Ha, gidrologman.
– Menga qilgan yaxshiliklaringiz uchun rahmat, singlim, biroq... – Nurbek gapirolmay tutilib
qoldi. So‘ngra sir boy bermay, so‘radi: – Sizning ismingiz nima?
– Asya. Sizning nomingiz – Nurbek-a, shunday emasmi? Siz Baydamtolga biron-bir muhim ish
bilan kelgan bo‘lsangiz kerak?
Nurbek Asyaning so‘zlariga javob bermadi. Teskari qarab boshini ko‘rpaga o‘rab oldi, lekin shu
zahotiyoq qo‘rpani irg‘itib tashlab, qizga ho‘mrayib qaragan holda:
– Men jinoyatchiman! – dedi. Asya qo‘lidagi choynakni sekin yerga qo‘ydi.
– Siz jinoyatchi?! Qanday jinoyatchi, qanaqasiga? Demak, siz qochib kelib, tog‘da berkinib
yotibsizmi?!
– Ha, singlim! Siz odamni qutqardik deb o‘ylarsiz... Bu to‘g‘ri, mening o‘rnimda boshqa har
qanday kishi bo‘lganda ham umrining oxirigacha o‘zini sizdan qarzdor deb bilardi... Ammo, men dom-
daraksiz yo‘qolib ketganimda, agar toshqin daryo mening suyaklarimni uzoq-uzoqlarga oqizib
ketganida, men o‘zimning mana shu achchiq taqdirimdan juda xursand bo‘lardim.
Asyani qo‘rquv bosgan edi, lekin u o‘zini darrov qo‘lga olib, bemorni tezroq tinchitishga harakat
qildi.
– Qo‘ying, tinchlaning? Siz hayajonlanmasligingiz kerak. O‘rningizdan qo‘zg‘almang!
– Ketmang, singlim! Sizdan o‘tinib so‘rayman, gaplarimga quloq soling! – Aftidan u Asyani
o‘zining gaplarini eshitmay ketib qolishidan qo‘rqardi. – To‘xtang, Asya, men sizga hammasini aytib
beraman yashirmasdan...
III
Ilk bahor kunlaridan birida Nurbek zavod darvozasidan tashqariga chiqdi, bo‘ynidagi jundan
to‘qilgan sharfini olib cho‘ntagiga soldi-da, keng yelkalarini rostlab, ko‘kragini to‘ldirib-to‘ldirib
chuqur nafas ola boshladi. U ko‘rish mumkin bo‘lgan hamma narsaga: ko‘chalarni, zavod korpuslarini,
havo va parklarni – jamiki narsaga quvonch bilan nazar tashlardi.
Nurbek bo‘ychan, kelishgan yigit edi, hozir ham boshini yuqori ko‘tarib, lablarini qisib atrofga
mag‘rur boqib turishi o‘tkinchilarning ko‘ziga, ayniqsa, yaqqol tashlanib turardi.
U, ayniqsa, bugun bahorning yaqinlab kelayotganini yaxshi his qilayotgan edi. Havo nam va
yopishqoq osmon sarg‘ish bulutlar bilan qoplanib, quyosh ko‘rinmayotgan bo‘lsa ham, asfaltlarda
qorlar erib ketayotgan edi. Pastqam o‘tloqlardan esa suvlar jildirab oqib, ariqlarga borib quyilayotgan
edi. Bahor darakchisi – o‘rik, uning devorlar orqali ko‘chalarga yoyilib ketgan shoxlaridagi to‘lishgan
kurtaklari nozik hid tarqatardi.
Nurbek trolleybusga o‘tirdi. Uning bahor haqidagi o‘y-xayollari hali tarqamagan. Yaqinlashib
kelayotgan kunlar Nurbek uchun qiziqarli va alohida ahamiyatt ega. U qo‘riq yerlarda tashkil etilgan
olisdagi baland tog‘li sovxozlarga mexanik bo‘lib boradi. Zavod partiya tashkilotining sekretari uning
xarakteristikasiga: «Malakali, aqlli mexanik, shuning uchun ham zavod partiya tashkiloti unga zavod
ishonchini oqlashiga to‘la ishonch bildiradi», deb yozgan edi.
Obkomning putyovkasi qo‘lida, erta-indin klubda xayrlashish marosimi o‘tkaziladi, unda qancha
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |