1 . Faqat koʻmakchilar berilgan qatorni toping.
A ) Bilan, chunki, uchun B) Agar, qarab, tufayli
C) Tufayli, bilan, chunki D) Yaʼni, ehtimol, sababli
2. Sof modal soʻzlar berilgan qatorni toping.
A ) Ehtimol, chamasi, aftidan B) Albatta, attang, afsus
C) Xullas, chamasi, demak D) Demak, attang, ehtimol
3. Bitishuv usulida birikkan soʻz birikmasini toping.
A) Xat yozmoq B) Mendan katta C) Birga yurmoq D) Tarvuz suvi
4. Otlashgan taqlid soʻz qatnashgan gapni aniqlang.
A) Buvining dod-voyiga odam tez toʻplandi
B) Quyosh botishiga yaqin qushlarning chugʻur-chugʻuri avjiga chiqdi.
C) Akbarjon tongda otlarning dupur-dupur ovozidan uygʻonib ketdi.
D) Hammasi notoʻgʻri.
5. Quyidagi birikmalardan nechtasi boshqaruv usulida birikkan?
1. Mening doʻstim 2. Birdan sakramoq 3. Koʻrpa qavimoq 4. Uydan chiqmoq
5. Koʻchada yurmoq. A) 2 tasi B) 3 tasi C) 4 tasi D) 5 tasi
6. Quyidagilardan qaysi qatorda boshqaruv usulida birikmagan birliklar berilgan?
A) Oʻqigan bola, favqulodda isteʼdod
B) Kashta tikmoq, ovqat pishirmoq
C) Hammasidan koʻp, maktabga qatnamoq
D) Darsni tugatmoq, kursida oʻtirmoq
7. Qaysi gapda modal soʻz ishtirok etmagan?
A) Biz ertaga, albatta, yoningizda boʻlamiz.
B) Afsus, hammasi tugab bitdi.
C) Demak, bularning hammasiga siz aybdorsiz.
D) Bugun yomgʻir yogʻish ehtimoli yuqori.
8. Bitishuvli soʻz birikma berilgan qatorni toping
A) Baqirib gapirmoq B) Sendan yaxshi C) Piyoz poʻsti D) Toʻgʻri javob yoʻq.
9. Faqat undov soʻzlar berilgan qatorni toping.
A) Oh, albatta, dup-dup
B) Jimir-jimir, voy, ur-e-e
C) Pisht, hay, voyboʻ
D) Obbo, rahmat, afsus
10. Birikish usullarining barchasi qatnashgan qatorni toping.
A) Katta yoʻl, bizning uy, oʻqish haqida
B) Yorugʻ xona, telefon orqali gaplashmoq, sening gaping
C) Keng koʻcha, akasi bilan bormoq, maktabda oʻqimoq
D) Issiq havo, mening uyim, kechasi bormoq
11. Qaysi hukm notoʻgʻri?
A) Undov soʻzlar otlashish xususiyatiga ega
B) Taqlid va undov soʻzlardan feʼl yasaladi
C) Koʻmakchilar boshqaruvli birikmani yuzga keltiradi
D) Har qanday kelishik bilan bogʻlanish boshqaruvli birikma deyiladi
12. Vazifadosh modal soʻzlarni belgilang.
A) Chamasi, aftidan, balki
B) Albatta, ehtimol, shubhasiz
C) Aftidan, ehtimol, shubhasiz
D) Ehtimol, aftidan, attang
13. Holatga taqlid soʻzlar berilgan qatorni aniqlang.
A) Jimir-jimir, yalt-yult, vijir-vijir
B) Yilt-yilt, moʻlt-moʻlt, vagʻ-vugʻ
C) Dir,-dir, shivir-shivir, dagʻ-dagʻ
D) Dagʻ-dagʻ, visir-visir, pichir-pichir
14. Axir men ham bolangizman-ku, oyi! Nega indamaysiz? Yo anavi qizchangiz hammasini aytib berdimi?
Gapda yordamchilarga oid nechta birlik bor?
A ) 3 B) 4 C) 5 D) 6
15. Quyidagi vositalardan qay biri boshqaruvli birikmani hosil qilmaydi?
A) Koʻmakchilar B) Yuklamalar C) Kelishiklar D) Hammasi boshqaruvni yuzaga keltiradi.
16.
Do'stlaringiz bilan baham: |