87
izogemagglyutinatsiyalovchi zardoblari, a-H o‘tli buzina ekstrakti yordamida
absorbtsiya-elyutsiya reaksiyasi usuli bilan aniqlash.
Tajriba o‘tkazish uchun
dastlab sochlar sovunli suvda yuvib, chayqaladi, filtrlovchi qog‘ozda
quritiladi. Agglyutinatsion probirkalarning tashqi yuzasi
va predmet oynasi etil
spirti bilan aritiladi. Sochlar predmet oynasida agglyutinatsion probirkalar
yordamida eziladi. Ezilgan sochlar taxminan 0,5-0,6 sm uzunlikda 9 ta bo‘lakka
taqsimlanadi. Planshet o‘yiqchalari belgilanadi: β zardob uchun; “ob.№…(β),
A(β), B(β), AB(β), O(β)”. α zardob uchun; “ob.№…(α), A(α), B(α), A(α), O(α)”.
A-H o‘tli buzina ekstrakti uchun “ob.№…(a-H), A(a-H), (a-H), A(a-H), O(a-N)”.
Ezilgan tekshiriluvchi soch va ma’lum guruhli soch namunalari 3tadan qilib
belgilangan tarzda o‘yiqchalarga solib chiqiladi. β bilan belgilangan o‘yiqchalarga
titri 1:128 dan kam bo‘lmagan β zardobi 2 tomchidan tomiziladi. α bilan
belgilangan o‘yiqchalarga titri 1:128 dan kam bo‘lmagan α zardobi 2
tomchidan
tomiziladi. a-H bilan belgilangan o‘yiqchalarga titri 1:64 bo‘lgan a-H, buzina
ekstrakti 2 tomchidan tomiziladi. Planshet +4-6
0
C ga 20 soat absorbtsiya uchun
qo‘yiladi. Zardobli o‘yiqchalardan ob’ektlar pintset yordamida filtr qog‘ozga
chiqariladi. Muzli maxsus idishga chuqur o‘yiqchali planshet va sovutilgan
fiziologik eritma qo‘yiladi. Har bir ob’ekt uchun zardobni titri va predmet
tashuvchining ta’siriga qarab, o‘yiqchalarning 3-5 qatori
sovutilgan fiziologik
eritma bilan
2
/
3
qismigacha to‘ldirib chiqiladi. Tekshiriluvchi ob’ektlar pintset
yordamida, 2 daqiqa taymer nazorati ostida birinchi o‘yiqchalar qatoriga
joylashtiriladi. 2 daqiqadan so‘ng ob’ekt pintset yordamida ikkinchi o‘yiqchaga
o‘tkaziladi va boshq. Yuvish tugagandan so‘ng ob’ektlar toza filtr qog‘ozga
o‘tkaziladi va quritiladi. AB(IV) guruhli qon zardobidan 1% albumin eritmasi
tayyorlanadi (0,1 ml AB(IV) guruhli qon zardobi va 9,9
ml fiziologik eritma
aralashtiriladi). Aβ(II), Bα(III) va Oαβ(I) guruhli eritrotsitlar yuviladi: eritrotsit-
larga fiziologik eritma qo‘shiladi, 15 daqiqa davomida tsentrifugalanadi, ustidagi
suyuqlik olib tashlanadi, yana fiziologik eritma qo‘shiladi va 15 daqiqa davomida
tsentrifugalanadi. Yuvish 3 marta takrorlanadi. Yuvish tugagandan so‘ng barcha
fiziologik eritma olib tashlanadi. Albumin eritmasida 0,2-0,3% uch marta yuvilgan
88
Aβ(II), Bα(III) va Oαβ(I) guruhli eritrotsitlar aralashmasini tayyorlash (10 ml 1%
albumin eritmasiga 0,05 ml suyultirilmagan eritrotsitlar qo‘shiladi).
Eritrotsitlar
aralashmasi spontan agglyutinatsiyaga tekshiriladi. Predmet oynasi etil spirti bilan
artilib, ular absorbtsiya o‘tkazilgan planshetdagi o‘yiqlar kabi belgilab chiqiladi,
predmet oynalari namli kameraga joylashtiriladi. “Ob.№…(β), A(β), B(β), AB(β),
O(β)” bilan belgilangan predmet oynalariga 2 tomchidan 0,2-0,3% Bα(III) guruhli
eritrotsitlar aralashmasi tomiziladi va tomchilarga β
zardob bilan absorbtsiyalab,
yuvilgan sochlar 3tadan o‘tkaziladi. “Ob.№…(α), A(α), B(α), AB(α), O(α)” bilan
belgilangan predmet oynalariga 2 tomchidan 0,2-0,3% Aβ(II) guruhli eritrotsitlar
aralashmasi tomiziladi va tomchilarga α zardob bilan absorbtsiyalab, yuvilgan
sochlar 3tadan o‘tkaziladi. “Ob.№…(a-H), A(a-H), B(a-H), AB(a-H), O(a-H)”
bilan belgilangan predmet oynalariga 2 tomchidan 0,01% Oαβ(I) guruhli
eritrotsitlar aralashmasi tomiziladi va tomchilarga a-H o‘tli buzina ekstrakti bilan
absorbtsiyalab,
yuvilgan
sochlar
3tadan
o‘tkaziladi. Predmet oynalar
joylashtirilgan namli kamera termostatga +48-52
0
С ga 30 daqiqa qo‘yiladi.
Termostatdan olingach predmet oynalar joylashtirilgan namli kamera 2
soat stol
ustida ushlanadi. Mikroskopda tekshiriladi. “β” bilan belgilangan predmet
oynalarida agglyutinatsiya kuzatilsa, B antigen; “α” bilan belgilangan predmet
oynalarida agglyutinatsiya
kuzatilsa A antigen; “a-H” bilan belgilangan predmet
oynalarida agglyutinatsiya kuzatilsa H antigen aniqlanganidan dalolat beradi. Agar
ma’lum guruhli soch namunalari va ularga mos keluvchi eritrotsitlar joylashtirilgan
predmet oynalarida agglyutinatsiya kuzatilsa (β va B, AB hamda α va A, AB
shuningdek a-H va O orasida), reaksiya tegishli tarzda o‘tkazilgan va sochlarning
guruhiy mansubligi aniqlangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: