(10-15 foiz) bo‘lsa, siyenit kvarsli siyenit deb yuritiladi. Siyenit pushti,
kulrang, ko‘kimtir ranglarda bo‘ladi.
Diorit
dala shpati (45-50 foiz), kvars (20-25 foiz), rangli minerallardan
iborat. Rangli minerallardan soxta muguz (роговая обманка) ko‘proq
bo‘ladi. Diorit mustahkam (150-300 MPa), sovuqqa chidamli, zarb
va yedirilishga qarshitigi yuqori jinsdir.
Shu sababli koshinlashda, y o ‘l
qoplamalarida va h ayki^roshlikda ishlatiladi.
Gabbro
dala shpati (plagioklaz), kulrang va qoramtir (avgit, olivin) mi
nerallardan iborat. Gabbro zichligi 2,9-3,0 g/sm3, siqilishdagi mustahkam
ligi 200-300 MPa. Gabbro jilolanganda juda chiroyli ko‘ringani uchun u
koshinlashda ishlatiladi.
Labrodorit
- asosan dala shpati va labrodor mineralidan iborat bo‘lib,
gabbroning bir turi hisoblanadi. U ko‘k, yashil, sariq va boshqa ranglarda
bo‘ladi va jilolanganda toblanadi. Labrodorit koshinlashda, haykaltarosh-
likda ishlatiladi.
Porfirlar
- mayda kristalli strukturada nisbatan yirikroq kristallar
mavjudligi bilan xarakterlidir. Ular kvarsli va kvarssiz (dala shpati) xillari
mavjud. Kvarsli porfirlar mineral tarkibga ko‘ra granitga yaqin bo‘lgani
uchun uning xossalari granitnikiga o ‘xshaydi.
Kvarssiz porfirlar tarkibi
jihatidan siyenitga o‘xshaydi, ammo xossalari siyenitning xossalari kabi
bo‘lmaydi. Porfirlar qizil, qo‘ng‘ir, kulrangida toblanadi, zichligi 2,4-2,5
g/sm3, siqilishdagi mustahkamligi 120-180 MPa. Ular bezak plitalari, yo‘l
bordyurlarni tayyorlashda ishlatiladi.
Andezit
— plagioklaz, rogovaya obmanka, piroksenlar va biotitdan
iborat, dioritning o‘xshashidir. Odatda, kulrang, sarg‘ish kulrang boMadi.
Uning zichligi 2,7—3,1 g/sm3, siqilishdagi mustahkamligi
140-250 MPa. Andezit kislotaga chidamli plitalar, dispers to‘ldiruvchi-
lar olishda ishlatiladi.
Bazalt
- zich, gohida porfirsimon strukturaga ega bo‘lib, gabbroning
o ‘xshashidir. Uning zichligi 2,7-3,3 g/sm3
siqilishdagi mustahkamligi
110-500 MPa. Bazalt xarsangtosh, maydalangan holatda beton uchun
to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Bazaltni yuqori haroratda eritib, juda nozik
tolalar va ulardan issiqlik izolyatsiyalovchi matolar olish mumkin.
Diabaz
- gabbroning o‘xshashi bo‘lib, mayda kristall strukturalidir.
Tarkibi plagioklaz va rangli (qora) minerallardan iborat. Diabaz mustahkam
(300-400 MPa), zich material.
23
Pemza
- g‘ovak vulkanik shisha, oq yoki kulrang bo‘ladi. G‘ovakligi
60 foiz, zichligi 2-2,5 g/sm3, o ‘rtacha zichligi 0 ,3 - 0,9 g/sm3 siqilishdagi
mustahkamligi
2-4
MPa. Pemzadan
issiqlik izolyatsiyalovchi, yengil
betonlar uchun to‘ldiruvchi, sement va ohak ishlab chiqarishda gidravlik
qo‘shimchalar olish mumkin.
Vulqon tufi
- vulqon kuli, pemza va boshqa jinslaming sementlashishi
va zichlashishidan hosil boigan. Tuflar pushti, to‘q sariq, qizil, jigarrang
bo‘ladi. Yetarli g‘ovakligi, mustahkamligi va chidamliligi ulardan issiqlik
izolyatsiyasi materiallari olishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: