Shag‘al. Shag‘al cho‘kindi tog‘ jinslami elab fraksiyalarga ajratib, gil
va changdan tozalash uchun yuvib olinadi.
Chaqiqtosh.
Xarsangtoshlami 5-70 mm. (150 mm. gacha) fraksiyada
maydalab, chaqiqtosh olinadi. Mayda fraksiyadagi chaqiqtoshlami olish
uchun xarsangtosh bir necha marta maydalanadi.
Qum . Qum 0,15-5 mm. fraksiyadagi barcha tabiiy tosh materiallari
ning qismidir. Qum tarkibida gil va chang miqdori me’yorlangan bo‘lib,
m e’yor-dan o rtig‘i beton va qorishmalar xossalarini yomonlashtiradi.
Shag‘al, chaqiqtosh va qum beton uchun to‘ldiruvchilar sifatida ishlatiladi.
Bu materiallar tarkibida tabiiy radionuklidlar
borligi haqida sertifikat
bo‘lishi shart.
Devor toshlari va plitalari.
Devor toshlari va bloklari, asosan, tuf
hamda g ‘ovak ohaktoshlardan mexanizmlar vositasida arralab layyorlanadi.
Devor toshlari 390* 190* 188; 490x240* 188; 390x 190x288 mm. o ‘lcham-
larda ishlab chiqariladi. Devorbop bloklar tuf,
ohaktosh, dolomit, qumtosh,
andezit kabi toshlardan hajmi 0,1 m3 kam bo‘lmagan holda tayyorlanishi
maqsadga muvofiqdir.
Devor toshlari tashqi devor uchun o‘rtacha zichligi 2300 kg/m3 kam
bo‘lgan tog‘ jinslaridan tayyorlanadi. Toshlaming suv shimuvchanligi 30
foizgacha, sovuqqa chidainliligi F 15.
Plitalar qurilishda keng miqyosda ishlatiladi. Yuqori mustahkamlik,
qattiqlik va sovuqqa chidam lilikka ega b o ‘lgan
granitsim onlar va
boshqa magmatik tog‘ jinslari monumental bino poydevorlarida, daryo
qirg‘oqlarini mustahkamlashda, ko‘prik qoplamlarida ishlatiladi.
Marmar, chig‘anoqli ohaktosh, gips, angidrit kabi toshlar asosidagi
plitalar m a’muriy bino va inshootlaming ichki bezagi uchun ishlatiladi.
Bino va inshootlaming tashqi bezagi uchun atmosfera muhitiga chidamli
ohaktosh, dolomit, qumtosh, vulqon tuflari,
marmar kabi tosh plitalar
ishlatiladi. Tashqi bezak plitalari qalinligi 4-8 sm. ichki bezak plitalari
qalinligi esa 1,2-4 sm. boiadi. Olmos arralar yordamida kesilgan 5-10 mm.
qalinlikdagi tejamli tosh plitalar binolaming ichki bezagi uchun ishlatiladi.
Granit, andezit, diabaz, kvarsit kabi kislotaga chidamli toshlar asosida
gi plitalar kimyo sanoatida, mineral o‘g ‘itlarni
saqlaydigan binolami va
shu kabilar korroziyadan muhofaza etishda ishlatiladi.
Bino va inshootlar pollari va zinapoyalarida ishlatiladigan toshlar
bezak sifatidan tashqari, yedirilishga chidamli va sirpanmaslik talablariga
28
javob berishi kerak. Trotuar plitalari zich,
sovuqqa chidamli qumtosh,
gneys, ohaktosh Jcabi toshlardan tayyorlanadi. Ular tomonlari 20-80 sm.,
qalinligi 4-15 sm. bo‘lgan kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘ladi.
Bruschatka va bqrt toshlari, asosan, zich, sovuqqa chidamli magmatik
to g‘ jinslaridan m e)(anizatsiyalashgan usulda tayyorlanadi va y o ‘l
qurilishida qoplama
m a terial
sifatida ishlatiladi. Bort toshlari balandligi
30-40 sm. eni va uzunligi turlicha bo‘lishi mumkin.
Tabiiy toshlarni tashish
hamda saqlashda ularni mexanik, ob-havo
ta’sirlaridan asrash zarur. Ayniqsa, jilolangan plitalar tashilayotganda,
tushirilayotganda ehtiyot choralari yuqori bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: