1. Ma’ruza Beton haqida asosiy ma’lumotlar beton va temir-beton buyumlarining texnologik asoslarining rivojlanish tendensiyalari. Fanning vazifalari. O‘zbekistonda maxsus beton va temirbetondan foydalanish holati va istiqbollari.
Reja:
1.Beton haqida asosiy ma’lumotlar beton va temir-beton buyumlarining texnologik asoslarining rivojlanish tendensiyalari.
2.Fanning vazifalari. O‘zbekistonda maxsus beton va temirbetondan foydalanish holati va istiqbollari
3.Temir beton ishlab chiqarish va foydalanoshning yo’nalishlari va istiqbollari.
Beton va temir beton qurilishning barcha tarmoqlarida ishlatiladigan asosiy materiallardir. Ushbu materiallar barcha mamlakatlarda turli xil ob'ektlarni qurish uchun keng qo'llaniladi. Dunyoda yillik beton ishlab chiqarish hajmi 2 milliard m3 dan oshadi va doimiy ravishda oshib bormoqda.
Betonlardan keng foydalanishning umumiy shartlari bog’lovchi va beton to’ldiruvchilarni ishlab chiqarish uchun xom ashyoning amalda bitmas-tuganmas zaxiralarining mavjudligi; turli sanoat korxonalarining chiqindilarini bog’lovchi va to’ldiruvchilar uchun xom ashyo sifatida ishlatishning ekologik maqsadga muvofiqligi; betonning zichligini kamaytirishda tabiiy to’ldiruvchilarni sun'iy govaklik bilan almashtirish imkoniyati borligi; fuqaro va sanoat qurilishining o'sib borayotgan va xilma-xil talablarini qondirish, shu jumladan er osti, suv osti va suzuvchi inshootlarni yaratish; konstruksiyalar ishlab chiqarish texnologik jarayonining kam energiya sarfidigi; texnologiyaning qiyosiy soddaligi; beton qorishmasidan buyumga har qanday shaklni berish va pardozlash imkoniyatliligi; temir-beton konstruktsiyalarga talab qilinadigan ekspluatatsion va me'moriy xususiyatlarni berish uchun betonning ko'plab qurilish va pardozlash materiallari bilan konstruktiv mosligi; turli xil modifikatorlar yordamida qurilish va texnik xususiyatlarni tartibga solishi.
Kapital qurilishda sarf qilingan moddiy resurslarning umumiy narxida beton va temir-beton konstruksiyalarning narxi taxminan 25% ni tashkil etadi, bu boshqa turdagi qurilish inshootlari narxidan va hajmidan sezilarli darajada oshib ketadi. Beton va temir-beton o’zining fizik-mexanik xususiyatlari, chidamliligi, texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlari va yaqin kelajakda xom ashyoning mavjudligi tufayli kapital qurilishda katta salohiyatga ega ommaviy materiallar sifatida yetakchi o’rinni egallaydi.
Ishlatish maqsadiga yoki qo'llanilish sohasiga ko'ra barcha betonlarni ikkita katta guruhga bo'lish mumkin: umumiy beton va maxsus beton.
Umumqurilish maqsadlari uchun betonlar guruhiga ko’p maqsadli konstruksiyalar ishlab chiqarish uchun betonlar kiradi. Ushbu betonlarga, birinchi navbatda, sinfi B10 ... B25 bo’lgan og'ir betonlari ya’ni qurilish buyumlari va konstruksiyalari uchun ko’plab ishlab chiqarilgan beton turlari kiradi.To’siq konstruksiyalar uchun zichligi 800 dan 1500 kg / m3 gacha bo'lgan sun'iy g’ovak to’ldiruvchi asosida olingan engil betonlardan keng foydalaniladi. yengil beton turlari uyali betonlardir (avtoklav va avtoklavsiz qotirilgan ko'pikli va gazbetonli betonlari), ular ko’plab buyum turlarini ishlab chiqarish uchun ham keng qo'llaniladi.
Qurilish amaliyotida umumiy qurilish maqsadlari uchun beton bilan bir qatorda maxsus betonlardan tobora ko'proq foydalanilmoqda, ular tarkibiga maxsus texnologik usullar yordamida olingan betonlarni yoki muayyan sharoitlarda ishlaydigan betonlarni ham kiritish mumkin.
Bunday sharoitlar, shuningdek, beton va ular asosida konstruktsiyalar va buyumlarlar ishlab chiqarishda, ma'lum texnologik usullarga rioya qilishni ham nazarda tutadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, betonlarni turli mezonlarga ko'ra klasifikatsiyasi shartli va turli manbalarda turli mualliflarning fikrlari bir-biriga mos kelmasligi mumkin.
Shu bilan birga, ushbu qo'llanmada, biron bir xususiyatlariga ko'ra, hali ham maxsus deb tasniflanadigan betonlar ko'rib chiqiladi, chunki ular ma'lum texnologik xususiyatlari, xom ashyo tanlash va o'ziga xos xususiyatlarning mavjudligi bilan ajralib turadi.
Ushbu guruhga yuqori mustahkamli beton, dekorativ, issiqqa chidamli, dispersiyali temirbeton va uch turdagi beton polimer asosida tayyorlangan-polimer-tsement betonlar, polimer betonlar va beton polimerlar kiradi.
Ushbu beton guruhidan foydalanish quruvchilar, konstruktorlar, me'morlarning o'sib borayotgan ehtiyojlari bilan bog'liq ravishda doimiy ravishda kengayib bormoqda.
Shuning uchun ularni ishlab chiqarish texnologiyasi va ulardan oqilona foydalanish soha yo'nalishlarini tanlash haqidagi bilimlarni o'zlashtirish "Beton texnologiyasi" fanining asosiy yo'nalishiga zaruriy qo'shimcha hisoblanadi.
Beton va temirbeton konstruksiyalari hozirgi zamonaviy bino va inshootlarning ajralmas qismidir.
Beton deb, mineral yoki organik bog‘lovchi, suv, mayda va yirik to‘ldiruvchilarni ma'lum bir miqdordagisini aralashtirib, zichlangandan so‘ng qotgan sun'iy tosh materialga aytiladi. Qotgungacha bo‘lgan aralashma beton qorishmasi deyiladi.
Qurilishda sement yoki boshqa noorganik bog‘lovchi asosida tayyorlangan betonlar ishlatiladi. Sement va suv betonning aktiv tashkil etuvchalari bo‘lib, ular orasidagi reaksiya natijasida sement toshi hosil bo‘lib, u mayda va yirik to‘ldiruvchilarni o‘zaro birlashtirib turadi.
Sement va to‘ldiruvchi orasida hech qanday kimyoviy reaksiya sodir bo‘lmaydi (avtoklav ishlov berish orqali olinadigan silikat betonlardan boshqa), shuning uchun to‘ldiruvchilarni inert material deyiladi, lekin to‘ldiruvchilar beton tarkibi va xossasiga ta'sir ko‘rsatadi, to‘ldiruvchi sifatida tog‘ jinslari yoki sanoat chiqindilari (shlak va boshqalar) qo‘llaniladi.
Biroq, ular beton xususiyati va tarkibiga ta'sir qiladi va bu ta'sirni beton tarkibini loyihalashda hisobga olish taqazo etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |