2- Mavzu: Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Faoliyat xavfsizligini
ta’minlashning ergonomika va psixologik asoslari
Reja:
1. Inson mehnat faoliyatining turlari.
2. Mehnatning fiziologik asoslari.
3. Mehnatni muhofaza qilishda ergonomikaning ahamiyati.
4. Xavfsizlikni ta’minlashda psixologiyaning ahamiyati.
5. Mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillar.
Inson mehnat faoliyatining turlari:
1. Jismoniy faollikni talab qiluvchi mehnat turi.
Mehnat faoliyati turlari ichida eng ko‘p uchraydigan mehnat turi bo‘lib, maxsus
mehnat vositalari etarli bo‘lmagan vaziyatlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bunda katta
energetik kuch talab qilinadi, ya’ni sutkasiga 4000-6000 kkal va undan ortiq
energiya sarflanadi. Ushbu mehnat turi ko‘p hollarda qo‘llanilishi bilan bir vaqtda,
bir qancha kamchiliklarga ega. Hususan, ish unumdorligining past bo‘lishi,
mahsulotning oz miqdorda ishlab chiqarilishi, tez toliqish oqibatida ish kunining
ko‘p vaqtini dam olishga sarflanishi (50%ga yaqin) va boshqalar.
2. Mexanizatsiyalashgan mehnat turi.
Bu mehnat faoliyati turida ishchilarning mehnatga sarf qiladigan energiyasi
3000-4000 kkal atrofida bo‘ladi. Mexanizatsiyalashgan mehnat turida asosan ishchi
kuchi energiyasi tejaladi va asosiy ish texnika va texnik vositalar yordamida
bajariladi. Bunday mehnat turida maxsus bilim va malaka talab etiladi.
Mexanizatsiyalashgan mehnat turida ishchi kuchining samaradorligi pasayadi,
ammo masofadan turib qo‘l harakatidan foydalanish oqibatida yuqori ish
unumdorligiga erishiladi. Demak, bu mehnat turida, kichik qismda qabul qilingan
ma’lumotlar asosida muayyan ishlarning takrorlanishi mehnat unumdorligining
oshishiga olib keladi.
3. YArim avtomatlashgan ishlab chiqarish turi.
Bu mehnat turida insonning uzluksiz ishlashiga chek qo‘yiladi va ish faoliyatini
avtomatlashtirilgan mexanizmlar boshqaradi. Insonning vazifasi avtomatlashgan
liniyalarga xizmat ko‘rsatish va elektron texnikalarni boshqarish bilan cheklanadi.
Ushbu mehnat faoliyatida – ish qismining kattaligi, ish unumdorligining yuqoriligi,
lekin inson asabining turli darajadagi tarangligi bilan xarakterlanadi.
4. Avtomatlashgan mehnat turi.
Fiziologik jihatdan ishchining ishga doimiy tayyorgarligi va yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan noxushliklarni darhol bartaraf etishni taqozo etadi. Bunday
funksional holat “operativ kutish” deyiladi. Ish unumdorligi ishchining ishga
bo‘lgan munosabati uning tezlik bilan ish ko‘rishi, vazifasiga masuliyat bilan
yondashishi va boshqa holatlarga bog‘liq.
5. Konveer mehnat turi.
Ushbu mehnat turining e’tiborli jihati - umumiy ish jarayonining alohida ish
turlariga, ketma-ketlikda ish bajarilishi, konveer tasmasi orqali biron-bir detalning
har bir ish joyiga avtomatik tarzda etkazib berilishidan iborat. Bunday mehnat shakli
ishchilardan bir maromda va berilgan ish su’ratida ishlashni talab qiladi. Bunda
ishchi boshqaradigan ish operatsiyasiga qancha kam vaqt sarflansa, uning mehnat
unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Monotoniya
-
bu konveyer mehnat shaklidan kelib chiqqan salbiy oqibatlardan
biri bo‘lib, o‘z navbatida tez-tez toliqishga va asabiylashishga olib keladi. Buning
oqibatida ish jarayonida orqaga ketish kuzatiladi, har kungi asabiylashishlarning
qaytarilishi oqibatida parishonxotirlik, mehnat faoliyatining sekinlashishi yuzaga
kelib, oqibatda ishchi ishlash qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
6. Ishlab chiqarish jarayonini boshqarish bilan bog‘liq mehnat turi
Inson avtomatlashgan mehnat jarayonida qancha kam ishtirok etsa, uning
hissasi shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunga fiziologik nuqtai nazardan qaralsa, ishlab
chiqarish jarayonini boshqarish ikkita asosiy shaklga bo‘linadi: birinchisida
masofadan turib boshqarish, ya’ni ishchidan tez va faol harakatlanishni talab qilsa,
ikkinchisi esa kam hollarda harakatlanishni taqozo etadi. Boshqarishning birinchi
shaklida ishchi faqat bir operatsiyaga emas, balki boshqa jarayonlarga ham e’tiborini
qaratishi talab etiladi, ikkinchi shaklda esa ishchi harakat qilishga tayyor bo‘lib
turadi, lekin uning tezligi kamroq bo‘ladi.
7. Aqliy mehnat turi
Bu mehnat shakli alohida bir kasb bo‘lib, unga ham moddiy ishlab chiqarishga
aloqador sifatida qaralmoqda. Masalan, muhandislar, dispetcherlar, konstruktorlar,
olimlar, vrachlar, o‘qituvchilar, artistlar, rassomlar, yozuvchilar va boshqalar.
Aqliy mehnatda turli xil ma’lumotlarning tahlil qilinishi inson xotirasi va
e’tiborining susayishiga olib keladi. Bunday mehnat shaklida jismoniy harakat juda
katta ahamiyat kasb etmaydi va bir kunlik energiya sarfi 2000-2400 kkal bo‘ladi.
Aqliy mehnat uchun “gipokenziya
”
xarakterli xisoblanib, bu nafaqat inson
faoliyatining salmoqli darajada pasayishiga, o‘z navbatida, inson organizmining
buzilishiga va haddan ziyod his-hayajonga berilishiga olib keladi.
Gipokeneziya -
ishlab chiqarishdagi noxush omillardan xisoblanadi. SHuning
uchun aqliy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kishilarda yurak xastaligi kelib
chiqishi ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Aqliy mehnat shaklining bir necha turlari mavjud:
Operator ishi -
zamonaviy ishlab chiqarish asoslari sharoitida jarayonni
boshqarish vazifasini, har bir operatsiya ishini nazorat qilish, mahsulotning
liniyadagi harakatlanishini va uni xaridorlarga etkazish jarayonlarini o‘z ichiga
oladi.
Boshqaruv mehnati -
korxona va tashkilot rahbarlarining mehnati bo‘lib, katta
hajmdagi muammolarni, ma’lumotlarni tahlil qilish, tezkor qaror qabul qilish,
shaxsiy javobgarlikni his etish, yuzaga keladigan salbiy muammolar echimini
topishni o‘z ichiga oladi.
Ijodiy mehnat -
anchagina murakkab mehnat shakllaridan biri bo‘lib, bunda
xotira va e’tibor kuchli bo‘lishi talab etiladi, bu asabiy hayajonlanishning oshishiga
olib keladi. Bu turdagi mehnat faoliyatiga pedagoglar, dastur tuzuvchilar,
dizaynerlar, arxitektorlar, ilmiy xodimlar, yozuvchilar, bastakorlar, artistlar,
rassomlar, konstruktor va boshqalar kiradi. Bunday mehnat turlari juda katta
emotsional va asabiy zo‘riqishlarni talab qiladi. Bunday mehnat faoliyatidagilarda
qon bosimi, tana xaroratining oshishi, organizning kislorodga bo‘lgan tanqisligi
oshishi kabi funksional o‘zgarishlar kuzatiladi.
O‘qituvchilar, savdo va tibbiyot xodimlari mehnati
- ular har doim odamlar
bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishlari sababli, ularda javobgarlikning oshishi, vaqt
etishmasligi, ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qilmasligi natijasida asabiy hayajonning
oshishiga olib keladi.
O‘quvchilar va talabalar mehnati –
bilim va ko‘nikmalarni egallash, o‘z ustida
mustaqil ishlash psixologik funksiyalarni: xotira, e’tibor, qabul qilish susayishiga,
asabiy holatlarga tushib qolishga, zo‘riqishlarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |