tovarlar sifatini ko„tarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb
muammolardan biridir.
Bozor iqtisodieti sharoitida raqobat alohida faollikkka ega bo„ladi.
Tovar raqobatbardoshligini o„rganish murakkab va o„z
ichiga quyidagi
bosqichlarni oladi:
- tovarni sotish bozorni o„rganish;
- raqiblar haqida ma‟lumotlar yig„ish;
- iste‟molchilar talablarini o„rganish;
- raqobatbardoshligini oshirish bo„yicha tadbirlar ishlab chiqish;
- ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror.
Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini
baholashning o„zluksiz tizimini yaratishni talab qiladi.
Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanok o„z raqobat qobiliyatini yo„qota
boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum
raqobat qobiliyatini to„la yo„qotish paytigacha bozorga
yangi tovar bilan chiqish
imkoniyatini beradi.
Raqobat so„zi lotinchadan olingan bo„lib, maqsadga erishish uchun ko„rashni
bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi xaridorni tovarni xarid qilishga jalb
qilishdan iborat.
Tovarning raqobatbardoshliligini baholash quyidagi bosqichlarni o„z
ichiga
oladi:
- bozorni tahlil qilib, o„zimizning tovarimizga o„xshash
namunasini topib
olish;
- bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko„rsatkichlarni
belgilash;
- o„zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash.
Raqobatning asosiy quroli bo„lib, talabni shakllantirish va sotishni
rag„batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni
xaridorlar tovar ishlab
chiqaruvchilardan olishadi. Xaridorlarni asosan tovarning iste‟mol qiymati
qiziqtiradi. Raqobat asosan quyidagi ko„rinishlarda bo„lishi mumkin:
tovarlarning
xizmatlari bo„yicha, bir xil extiyojni qondirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovarni
har xil firmalar ishlab chiqarish orqali bo„ladigan raqobat; yoki bir xil firma
tomonidan har xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish.
P.S.Zavyalov fikricha «Raqobatbardoshlik deganda,
tovarning bozorda
xaridorgirligini ta‟minlaydigan iste‟mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya‟ni
o„xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo„lgan
sharoitlarda
xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmok lozim».
Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat
ko„rashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi.
Bu omillarga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: