104“Davra egalari shundagina yengil nafas oldi. Bo‘ri polvon yosh polvonga mensimay-
mensimay qaradi. «Laylakning yurishini qilaman deb, chumchuqning puti yirtilgan ekan! – deb
28
o‘yladi Bo‘ri polvon. – Bu yosh bola-ku! O‘ylab ish qilyaptimi? Yo kayfi bormi?» Bir yosh bola
Bo‘ri polvon shon-shavkatini nazarga ilmay qurga yugurib chiqishi Bo‘ri polvon izzat-nafsiga
tegdi. Bo‘ri polvon darg‘azab bo‘lib davraga kirdi”.
“Yulduzlar mangu yonadi” asaridan olingan
parchani o‘qing va frazeologik birliklarni aniqlang hamda tahlil qiling.
105“Chinor” romani haqida ma’lumot bering.
106Said Ahmadning “Qorako‘z majnun” hikoyasi haqida ma’lumot bering.
J: Jannatga kiradigan o‘n nafar hayvondan biri bu «As’hobi Kahfning vafodor itidir”.Qur’oni
karimdan:
“Sizlardan qaysi biringiz o‘z dinidan qaytsa va shu kofirligicha o‘lsa, bas, ana o‘shalarning
(qilgan savobli) amallari xabata (bekor) bo‘lur, ular do‘zax ahlidurlar va u yerda mangu qolurlar”
O'zbek adabiyotining zabardast vakili Said Ahmad qalamiga mansub "Qorako'z majnun" asari
o'ziga xos mahorat va ta'sirchanlik bilan yozilgan Insonning dindan chiqishi ,O'z ona tilisini
unutishi ma'naviyO'lim bilan barobar .Garchi Bo'rivoy tirik qolgan bo'lsa -da aslida O'lib bo'lgan
edi.Xo'sh Said Ahmod bu bilan nima demoqchi Insonlarning ma'nan o'limi uning jismonan
o'limidan ayanchliroq ekanligi menimcha ogohlantirib qo'ymoqchi.Ona timsoli esa g'oyat
ta'sirchan ifodalangan Ayniqsa uning o'limi juda ta'sirli Inson o'zligini Vatanini tilini Oilasini
yo'qotsa ham yashayveradi Xuddi Bo'rivoyga o'xshab Ammo bu xaqiqiy yashash bo'lmaydi Ona
nima uchun farzandidan kechdi Shuncha kutgan farzandi axir bag'riga sog' omon keldiku Lekin
Bo'rivoy iymoni bilan birga Vatanni tilini oilasini O'zbekligini unutib bo'lgandi Axir Inson
hayotida ikkita muhim kun bor birinchisi dunyoda kelgan kuni ikkinchisi Dunyoga nima uchun
kelganini anglagan kuni Aynan Shu ikkinchi kun bo'rivoyda bo'lmadi Anglolmadi Tafakkur qila
olmadi.
Saodat aya barcha farzandlariga birdek mehribon edi,baxti ochilmagan qizi Qumriga ham har
duosida baxt tiladi.Saodat ayaning iti- Qorako'z Majnun doim onaxonga ergashib,bir zum ham
yolg'iz qoldirmaydi,hatto onaxonning farzandlarining uyini ham yaxshi eslab qolgan.Mana shu
Qorako'z Majnun,onasini unutib yuborgan -Bo'rixondan ming marta mehrliroq edi Saodat
ayaga.Saodat aya kunlab shifoxonada qolib ketganida ham bir on ham shifoxona derazasi yonidan
ketmagan-Qorako'z Majnun edi.Saodat ayaning o'limidan so'ng Qorako'z Majnunning qilgan
harakatlari inson qalbini o'rtab yuboradi.Oylab onaxonning barcha farzandlarini uyidan Saodat
ayani qidirishni bas qilmadi.Bechora Qorako'z Majnun,odamlarning o'ylamasdan quturgan it deb
o'ylashlari oqibati qurboni bo'lib,ko'ksini miltiq o'qlari kemirdi...Vaholanki u egasini qanchalar
yaxshi ko'rishini isbotlab berdi
107“Chinor” romani voqealarini bayon qiling.
J: Chinor romaninig voqealari.
Chinor romani Ochil buvaning sarguzashtlari bilan boshlanadi.Romanning chinor deb atalganida
ham bir maʼnoni koʻrishimiz mumkin, chunki chinor koʻp yillik daraxt yillar oʻtgan sari keng ildiz
otib oʻsadi.Chinor romanida Azimjonning hali umuman tanimaydigan qarindosh urugʻlarini izlab
yoʻlga chiqishi davomida koʻp voqea hodisalarni guvohi boʻladi.Masalan Orif
amakisi,Azimjon,Komila,Onabibi va Umidalarning hayoti davomida qanday qiyinchilik,sinov
oʻtganligini asar davomida bilib olishimiz mumkin.Obrazlar talqinida shuni guvohi
boʻlamizki,Orif obrazi orqali haqiqiy oʻz ishiga sodiq inson gavdalanadi,oʻsha urush davrlarini
boshidan kechirgan Qizimka yani Mariya ikkalasi qiyinchilik bilan katta boʻlganligini asar
tarkibida ochib Akbarali obraziga kelsak,Ochil buva tarifini toʻligʻicha qoʻllab quvvatlasak
boʻladi yaʼni"Oʻzi bir moʻrt barg edi,uchdi ketdi...."deyishida albatta jon bor edi
29
108Said Ahmadning “Qorako‘z majnun” hikoyasi voqealarini bayon qiling.
J: Qorako‘z Majnun"hikoyasida Saodat aya, Qorako‘z, Qumri, Bo‘rixon asosiy qahramonlardir.
Hikoya hayotdan kelib chiqqan bo'lib, unda ma‘nolar ko‘pki u qahramonlardan faqat yaxshi
fazilatlarni olishingiz keladi. Saodat aya 5farzandning onasi bo'lib hech ham namozni qo'ymagan
"Hoji buva "bo'lish niyati edi. Uning farzanlari yani Bo‘rixon armiyadan so'ng uyiga qaytmagan.
Onaning mushtoq ko'zlari o‘g‘lini o'ylab tunlari uxlamay namozlarida qaytib kelishini istardi. U
esa armiyadan so'ng bir qizni sevib qolgan, qiz xristian dinidan bo'lib, qizning otasi Bo‘rixonni
xristian diniga o'tishini aytgan. Bo‘rixon O‘z sevgisi deb dinidan kechgan uyiga ham qaytmagan.
Saodatning naberasi Anvar borib qidirib ketganida Bo‘rixonni yaxshi yashayotganni eshitgan ona
quvonib ketdi. Saodat ayaning Qumri qizi bechora turmushidan qaytib kelgan, onasi tun -u kun
qizini baxti ochilishi haqida yaratgandan badat so'raydi. Uning Qorako‘z nomli iti farzandlaridan
ham yaxshiroq manimcha, u kasal bo'lganda ham tun-u kun yonida bo'lgan. U Saodat ayaga
sadoqatli it edi. Qayerga borsa Qorako‘z Saodat ayaning orqasidan tushardi. Bo‘rixon ona tilini
ham unatgan edi. Opa ukalari ham nima qilishni bilmasdilar. Saodat aya Makkaga borganlarga
pensiyasidan pul berardi. U o‘glini kuzatishga ham chiqmadi. Namozida ham o‘glini tilga olmadi.
Uning yoshligidagi narsalarni yondirib tashladi. Qumri ga qarab meni bunday o'g'lim yo‘q derdi.
Bechora ona qalbi o‘kinchga to‘la edi. Mazasi qochdi. Qorako‘z ham uning oldida eshikdan kirib
kelganlar Saodat ayaga Hoji buva bo‘ldingiz deyishdi .U quvonib ketdi. Uning tilagi amalga
oshdi. O‘z farzandlarini chaqirib vaziyatini aytib Qorako‘zni tag‘in meni aqtarib bormasin deb
joni uzuldi. Uning janozasiga Qorako‘z ni bog'lab qo'yishdi. .
U o'limidan so'ng Qorako‘z ko'chalardan ko‘p yuradigan bo'lib qoldi. Saodat aya qayyoqqa
kelganini bilmas, farzandlarini uyini aylanib chiqardi, Qumri Qorako‘z bilan hech kelishmagan
bo‘lsa ham uyda yosh to‘kishdi. Qorako‘z Saodat ayaning farzandini uyidan Saodat ayaning
ovozini eshitdi u magnitafon edi. Qorako‘z ovoz chiqayotgan qarab akkillardi. Uning xayolida
egam meni eshitib yonimga chiqadi deb o'ylardi go'yo. Odamlar uning ovozini eshitaverib dod -
voy solishdi. Keyinroq Qorako‘zni o‘q bilan o‘ldirishdi . Qorako‘z yerda murdadek jim yotardi.
Qorako‘zdek vafodor, mehribon va aqlli it barchaning yuragidan joy oladi. U oddiy itdir lekin
unda yurak bor edi. Insonlarnikidek yurak
109O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”romani haqida ma’lumot bering
JAVOB: Ikki eshik orasi» romani 1986-yilda yozilgan bo‘lib, O‘tkir Hoshimov adabiy merosida
asosiy o‘rinlardan birini
egallaydi. Romanda insonlar taqdiri va inson umrining murak- kabligi zo‘r mahorat bilan
tasvirlanadi. Adib, birinchi navbat-
da, tinchlikka rahna solgan urushni qoralaydi; uning g‘ayri- insoniy mohiyatiga urg‘u beradi.
Ayniqsa, urush voqeligining
har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, ko‘ngilla riga ozor yet- kazgani romanning umuminsoniy
pafosini tashkil etadi. Adib
qalamga olgan obrazlari vositasida oddiy odamlarning fazilat- lari – mardligi, matonati,
vatanparvarligi va sabr-bardoshini
ko‘rsatadi. Tajribali yozuvchi roman hodisalarini teran o‘rgangani uchun har bir epizod
o‘quvchini ishontiradi; qalbiga jiddiy
ta’sir qiladi. Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlar- aro munosabatlar, ularning
diologlari, shuningdek, yozuvchi-
ning o‘ziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib turadi. Yetti qism, qirq
yetti bobdan tarkib topgan
30
roman kompozitsion qurilishi jihatidan ham o‘ziga xoslik kasb etadi. Undagi voqea-hodisalar
bayonida qatnashgan to‘qqizta
personaj hikoyalarini adib bir-biriga ustalik bilan bog‘laydi. Tasvir uchun tanlangan bunday
poetik usul yozuvchidan yuk-
sak mahorat talab qiladi, albatta. Aks holda, syujet zanjirida uzilish yuz berib, voqealar sochilib
ketgan bo‘lar edi. Biroq
romanning ta’sir quvvati, ichki intizomi o‘quvchida juda yax- shi taassurot qoldiradi.
«Ikki eshik orasi» romanidagi Orif oqsoqol, Husan Duma, Komil tabib kabi obrazlar o‘z
individual qiyofasi bilan ajralib
turadi. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga ko‘rk bag‘ishlay- di. Unin g insonparvarligi,
odamlar orasida qozongan obro‘-e’ti-
bori, eng og‘ir damlarda qiyinchiliklarni yengib o‘tishga kuch topishi bilan o‘quvchi xotirasiga
muhrlanadi. U donishmand,
tajribali, hayotning achchiq- chuchugini tatib ko‘rgan o‘zbek qariyalariga o‘xshab har bir ishda
tashabbuskorlikni o‘z qo‘li-
ga oladi. Orif oqsoqol haqiqatgo‘yligi bois o‘zi anglab yetgan bor haqiqatni yuzga aytishdan
cho‘chimaydi. Undagi jasorat va
shijoat boshqalarga ilhom beradi. U odamlarga baho berganida xalqona ta’bir bilan «mard
odamning belida belbog‘i bo‘lishi
kerak» degan taomilga rioya qiladi. Atrofidagi odamlarning ruhiy butunligini, jo‘mardligi va
odamiyligini sadoqat, va’daga
vafo, ezgu amallar bilan o‘lchaydi. Ba’zan ayollarga ham shu o‘lchov bilan yondashadi.
Romanda ayollar obrazi ham zo‘r mahorat bilan tasvirlan- gan bo‘lib, ular orasida Qora amma
o‘ziga xos tabiati bilan
ajralib turadi. Qora amma obrazining aksariyat sifatlari roman- ning «Qora amma hikoyasi»
qismida namoyon bo‘ladi. Qora
amma – mehribon, sodda, bardoshli va jafokash ayol. Uning obrazida urush davridagi o‘zbek
onalarining siymosi mujassam
topgan. U boshiga tushgan barcha ko‘rgiliklarni sabr-
bardosh bilan yengib, o‘zida yashashga kuch-qudrat topadi. Ukasi Shomurodning xotini Ra’no
eriga xiyonat qilib,
Umar zakunchining hiyla-nayrangiga uchadi. Ukasining oilaviy tashvishlari ham Qora ammaning
yelkasiga tushadi. Kelini
Ra’noning qilmishlaridan norizo bo‘lgan Qora amma uni aslo kechira olmaydi. «Juvongina
o‘lgur, noinsof! Bolaning uvo-
li tutgur imonsiz! Eringni birovdan kam joyi yo‘q edi-ku! Cho‘loq bo‘lsa devor oshib o‘g‘rilik
qilib bo‘lmagandir! To‘rt
yil qon kechib keldi-ku! Eri urushda o‘lgan qanchadan qancha gulday juvonlar yuribdi sabr qilib.
Aqal
li bolangni o‘ylasang bo‘lmasmidi, imonfurush!» – Qora amma shu zaylda yozg‘ira-
di. Asarda Ra’noning taqdiri badbaxtlikka borib taqaladi, u baxtsiz bo‘ladi. Aziz o‘quvchi!
Shunday o‘rinlarda adib bu dunyoning
kayf-u safosiga uchmasdan, har kim o‘z qalbiga nazar solib, insof bilan yashamog‘i kerak degan
ta’lim-tarbiyani berayot-
gandek tuyuladi.
31
Bir tasavvur qiling: Qora amma olti farzandini yerga berib, bittagina Kimsanini yer-u ko‘kka
ishonmasdan katta qildi
110O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”romani voqealarini bayon qiling.
JAVOB: O‘zbek mentalitetini ochib bera olgan, insoniy qarashlarga, mehr madaniyatiga ega
bo‘lgan oliyjanob o‘zbek xalqining turmush tarzini, nasriy chizgilar bilan ko‘z oldimizda
jonlanishiga sabab bo‘lgan asar. Asarda to‘qqiz qahramonning tilidan yozuvchi davr
qiyinchiliklarini yengib o‘tayotgan xalqning o‘tmishini, provardida urushni qoralab yorita oladi.
Asar so‘ngidagi baxtsiz tasodif tufayli, sut bir akasini yaxshi ko‘rib xato qilib qo‘ygan qiz taqdiri.
O‘z 0sevgisini jilovlay olmagan yigitning, o‘z singlisini yoqtirishi tasvirlanadi. Ikki yosh to‘ydan
avval gunoh qilib qo‘yishgani, va bu gunohning badali og‘ir bo‘lishini bilishmas edilar. Lekin
baribir bosh aybdor urush bo‘lgani bilan, ikkinchisi ularning shoshqoloqliklari edi.Asar so‘ngida
qahramonlar ikki eshik orasida qolib ketishadi. Uylanmaslikka iloj yo‘q, uylanay desa sut bir
singlisi… Ikki eshik orasi.
Ummuman har bir taqdir, bir qahramonni shu eshiklar orasida bo‘ladigan taqdiri.Kirishdan
chiqishgacha bosajak yo‘liva o‘sha yo‘ldagi umri…
Muzaffar menda bebosh qahramon tasurotini qoldirdi. To‘g‘ri yoqimtoy, lekin bezori. Munavvar
esa taqdir Muzaffarga yo‘liqtirgan qiz sifatida tassurot qoldirdi. Asarda menga eng yoqqan
qahramonlar Kimsan va Ochilboy edi O‘z ahdiga sobit qolib, qahramonlarcha halok
bo‘lishganlari,(Albatta halok bo‘lishganlari yoqmadi.) va sof o‘zbek yigitlarining ahdi, shijoati va
muhabbatini yoqtirdim. O‘zbek onasi obrazida, Qora amma va Robiyani ko‘rdim. Ular o‘zbek
ayoli nomiga munosib insonlar bo‘lib xotiramda qoldi. Umar Zakunchi va Raʼnolar bir birlariga
munosib qilib yaratildi. Zakunchi shu ayolga ilakishib o‘z amalidan judo bo‘lgan bo‘lsa, Raʼno
ahdga xiyonati tufayli, zolim erning qo‘lida umr kechirdi.
Orif oqsoqqol va Duma chol,Orifboy, Komil tabib, Lazakat xola, Fotima Zuhra kelinlar, Xolposh
xola… Umumman asar qahramonlari har biri qahramonlarga o‘zgacha konstrast berib turibdi.
Shomurot esa urushdan bitmagan yaralarini tan va qalbda ko‘tarib yurgan yagona tirik
qahramon…Ikki eshik orasini ikkinchi bor o‘qishim. O‘tkir Hoshimov asarlari o‘zbekona lutfga
burkanganligi va insonni tarbiyalay olish kabi qudratga ega bo‘lgan, asrlar oshishi mumkun
bo‘lgan asarlardir. Asarni o‘qigach o‘z taningizda bir o‘ylab ko‘ring. Urish bo‘lmagan zamonda
ikki eshik orasida biz umrimizga qanday dasxat yozib ketmoqdamiz….Ikki eshik orasi~urush
ofatlarining tasirnini his qilmoqchi bo‘lgan kitobxonlar uchun…
111T.Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi haqida ma’lumot bering.
JAVOB: Tog'ay Murodning "Yulduzlar mangu yonadi" asari uning nomini mashhur qilgan ilk
asari hisoblanadi. Ushbu qissa 1976 - yil yozilgan.
Asarda kurash , kurashchi polvonlar , ular o'rtasidagi munosabatlar xalqimizning azaliy urf
odatlari, to'y - hashamlari aks ettirilgan.
Asar bosh qahramoni - Bo'ri polvon obrazi orqali haqiqiy er yigit qanday bo'lishi , or - nomus ,
vijdon , mardlik tuyg'ulari ulug'lanadi. Asarda Bo'ri polvonning samimiy muhabbati , bu
muhabbatning do'sti Nasim tomonidan toptalishi ham aks etgan
32
Ushbu qissada Bo'ri polvon tilidan " Farzandlar hayotga beparvo qaraydi. Musibat bilan
xursandchilik farqiga bormaydi. Farzandlar o'zlari minayotgan mashinaga o'xshaydi! Odam kim,
mashina kim bilib bo'lmay qolyapti " - kabi jumlalar orqali hozirgi zamon va yoshlar haqidagi
fikr mulohaza, tashvishlari bayon qilinadi.
Asarda Tog'ay Murodgagina xos bo'lgan o'ziga xoslik - shevalardan , xalq maqol va iboralaridan
unumli foydalanishining guvohi bo'lasiz. Polvonlarning samimiy suhbati , or - nomus uchun
kurashi juda jonli tasvirlangan.
Bir umr kuragi yerga tegmagan polvon - Bo'ri polvonning ilk mag'lubiyati va undan so'nggi
kechinmalari sizni befarq qoldirmaydi. Ushbu asarda yigit kishi uchun mardlik , or nomus , qadr
qimmat naqadar yuqori qiymatga ega ekani , insoniylik, tuyg'ular sofligi, chin do'stlik kabilar
ulug'lanadi.
Asarda Nasim obrazi orqali sotqinlik, do'stiga xiyonat , birovning tuyg'ulari ustidan kulish,
sevgisini toptash kabilar aks etgan.
Ushbu mo'jazgina qissada juda katta masalalar ko'tarilgan. Asar milliy- urf odatlarimiz ,
an'analarimizga hurmat uyg'otadi, do'st tanlashda adashmaslik, inson doimo vijdoniga , qalbiga
quloq solib yashashi kerakligi chiroyli tarzda ifodalanadi.
112Ch.Aytmatovning “Oq kema” qissasi haqida ma’lumot bering.
JAVOB: Insonni tug'ish va o'stirish qanchalar qiyin,o'ldirish esa oson" Ch.Aytmatovning "Oq
kema" asari samimiyligi bilan kitobxonni o'ziga tortadi. Uslub ham o‘ziga xos. Bolaning o‘y-
fikrlari shunchalik hissiyotga boy tarzda tasvirlanadiki, beixtiyor o‘zimizni o‘sha vaziyatga tushib
qolganday his qilamiz. Asarni necha martalab o‘qiganim sari obrazlar haqida o‘ylayveraman.
Asarda oila masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. (Bolaning yolg'izligi-yu, o‘z otasiga sog'inch
bilan intilishi, O‘rozqulning farzandsizligi-yu, Mo‘min cholning iztiroblari) Mazkur asar butunlay
hayotimni o‘zgartirib yuborgan asar. Oq kema asaridagi bola va uning atrofidagi obrazlarni
insonga o‘xshataman. Bola obrazi qalbdir. U yomonliklar va qabihliklarni ko‘rsa, kirlanadi, o‘lib
boradi. To‘g'ri, butunlay yo‘q bo‘lmasligi mumkin, ammo endi uni kimsasiz hovli joydan farqi
yo‘q, hisob. Oq kema mehr-muhabbat ramzi. Bola shuning uchun ham doim Oq kemaga intiladi.
Mo‘min chol - mehnatkash, aqlli inson tanasi. Unda oliyjanob fazilatlar mavjud, biroq har doim
ham to‘g'ri yo‘ldan yura olmaydi. Bunga sabab esa O‘rozqul - dunyo tashvishlari. Bola (qalb)
tabiatga oshufta, yaxshiliklar, mehr-oqibatga muhtoj. U O‘rozqulga yordam berishini so‘rab Ona
bug'uga iltijo qiladi . Ona bug'u - e'tiqod. Insonning o‘z e'tiqodida sobit turolmasligi qalbning
jarohatlanishiga sabab bo‘ldi. Ch.Aytmatov e‘tiqod masalasidagi sustkashlik juda katta fojiaga,
insonning insoniyligini yo‘qotishiga sabab bo‘lishini ta‘kidlaydi. Asar hayotda har bir jabhada
alohida e'tibor bilan yashashga o‘rgatadi. Birinchi masala: qalb pokligi; Ikkinchisi: halol rizq;
Uchinchisi; e'tiqod sobitligi; Shu uch masala bir bola hayoti misolida ramziylashtirib berilgan.
Ch.Aytmatov insonlarda qalbni asrab-avaylashga, unga g'oyatda ehtiyot bo‘lib muomala qilishga
undayotganday, nazarimda... Ch.Aytmatov tavallud kuni ushbu taqrizimni yozayapman va buyuk
adibning cheksiz mahoratiga qayta-qayta tan beryapman. Hamma o‘zi dunyoqarashidan kelib
chiqib asarni tushunadi.Meni esa xulosam: qalbingizni o‘ldirib qo'ymang, uni pok saqlan
113“Yulduzlar mangu yonadi” qissasi voqealarini bayon qiling.
JAVOB: Tog'ay Murodning "Yulduzlar mangu yonadi" asari uning nomini mashhur qilgan ilk
asari hisoblanadi. Ushbu qissa 1976 - yil yozilgan.
33
Asarda kurash , kurashchi polvonlar , ular o'rtasidagi munosabatlar xalqimizning azaliy urf
odatlari, to'y - hashamlari aks ettirilgan.
Asar bosh qahramoni - Bo'ri polvon obrazi orqali haqiqiy er yigit qanday bo'lishi , or - nomus ,
vijdon , mardlik tuyg'ulari ulug'lanadi. Asarda Bo'ri polvonning samimiy muhabbati , bu
muhabbatning do'sti Nasim tomonidan toptalishi ham aks etgan
Ushbu qissada Bo'ri polvon tilidan " Farzandlar hayotga beparvo qaraydi. Musibat bilan
xursandchilik farqiga bormaydi. Farzandlar o'zlari minayotgan mashinaga o'xshaydi! Odam kim,
mashina kim bilib bo'lmay qolyapti " - kabi jumlalar orqali hozirgi zamon va yoshlar haqidagi
fikr mulohaza, tashvishlari bayon qilinadi.
Asarda Tog'ay Murodgagina xos bo'lgan o'ziga xoslik - shevalardan , xalq maqol va iboralaridan
unumli foydalanishining guvohi bo'lasiz. Polvonlarning samimiy suhbati , or - nomus uchun
kurashi juda jonli tasvirlangan.
Bir umr kuragi yerga tegmagan polvon - Bo'ri polvonning ilk mag'lubiyati va undan so'nggi
kechinmalari sizni befarq qoldirmaydi. Ushbu asarda yigit kishi uchun mardlik , or nomus , qadr
qimmat naqadar yuqori qiymatga ega ekani , insoniylik, tuyg'ular sofligi, chin do'stlik kabilar
ulug'lanadi.
Asarda Nasim obrazi orqali sotqinlik, do'stiga xiyonat , birovning tuyg'ulari ustidan kulish,
sevgisini toptash kabilar aks etgan.
Ushbu mo'jazgina qissada juda katta masalalar ko'tarilgan. Asar milliy- urf odatlarimiz ,
an'analarimizga hurmat uyg'otadi, do'st tanlashda adashmaslik, inson doimo vijdoniga , qalbiga
quloq solib yashashi kerakligi chiroyli tarzda ifodalanadi.
114Ch.Aytmatovning “Oq kema” qissasi voqealarini bayon qiling.
JAVOB: Insonni tug'ish va o'stirish qanchalar qiyin,o'ldirish esa oson" Ch.Aytmatovning "Oq
kema" asari samimiyligi bilan kitobxonni o'ziga tortadi. Uslub ham o‘ziga xos. Bolaning o‘y-
fikrlari shunchalik hissiyotga boy tarzda tasvirlanadiki, beixtiyor o‘zimizni o‘sha vaziyatga tushib
qolganday his qilamiz. Asarni necha martalab o‘qiganim sari obrazlar haqida o‘ylayveraman.
Asarda oila masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. (Bolaning yolg'izligi-yu, o‘z otasiga sog'inch
bilan intilishi, O‘rozqulning farzandsizligi-yu, Mo‘min cholning iztiroblari) Mazkur asar butunlay
hayotimni o‘zgartirib yuborgan asar. Oq kema asaridagi bola va uning atrofidagi obrazlarni
insonga o‘xshataman. Bola obrazi qalbdir. U yomonliklar va qabihliklarni ko‘rsa, kirlanadi, o‘lib
boradi. To‘g'ri, butunlay yo‘q bo‘lmasligi mumkin, ammo endi uni kimsasiz hovli joydan farqi
yo‘q, hisob. Oq kema mehr-muhabbat ramzi. Bola shuning uchun ham doim Oq kemaga intiladi.
Mo‘min chol - mehnatkash, aqlli inson tanasi. Unda oliyjanob fazilatlar mavjud, biroq har doim
ham to‘g'ri yo‘ldan yura olmaydi. Bunga sabab esa O‘rozqul - dunyo tashvishlari. Bola (qalb)
tabiatga oshufta, yaxshiliklar, mehr-oqibatga muhtoj. U O‘rozqulga yordam berishini so‘rab Ona
bug'uga iltijo qiladi . Ona bug'u - e'tiqod. Insonning o‘z e'tiqodida sobit turolmasligi qalbning
jarohatlanishiga sabab bo‘ldi. Ch.Aytmatov e‘tiqod masalasidagi sustkashlik juda katta fojiaga,
insonning insoniyligini yo‘qotishiga sabab bo‘lishini ta‘kidlaydi. Asar hayotda har bir jabhada
alohida e'tibor bilan yashashga o‘rgatadi. Birinchi masala: qalb pokligi; Ikkinchisi: halol rizq;
34
Uchinchisi; e'tiqod sobitligi; Shu uch masala bir bola hayoti misolida ramziylashtirib berilgan.
Ch.Aytmatov insonlarda qalbni asrab-avaylashga, unga g'oyatda ehtiyot bo‘lib muomala qilishga
undayotganday, nazarimda... Ch.Aytmatov tavallud kuni ushbu taqrizimni yozayapman va buyuk
adibning cheksiz mahoratiga qayta-qayta tan beryapman. Hamma o‘zi dunyoqarashidan kelib
chiqib asarni tushunadi.Meni esa xulosam: qalbingizni o‘ldirib qo'ymang, uni pok saqlan
115Ch.Aytmatovning“Asrga tatigulik kun” romani haqida ma’lumot bering.
JAVOB: Chingiz Aytmatov o’zining adabiyotdagi faoliyatini qissa yozishdan boshlardi.1957-
1958-yillarda Chingiz Aytmatovning “Yuzma-yuz” va “Jamila” qissalari chop etiladi.Chingiz
Aytmatov asarlari 191 tilga tarjima qilingan va jahon klassik asarlar durdonalari safidan joy
olgan.Yozuvchining yana bir asari borki,unda faqat bir millatga emas butun insoniyatga daxldor
ma’naviy-axloqiy muammolar haqda so’z boradi. Bu asar “Asrga tatiguik kun” romanidir.”Asrga
tatigulik kun” romani 1980-yilda yozilgan.”Asrga tatigulik kun “ romani Asil Rashidov
tomonidan o’zbek tilliga o’grilgan.Bu romanda Chingiz Aytmatov inson qadrini ,inson uchun
insoniylik fazilatlari qanchalik muhim ekanligini Nayman ona fojiasi timsolida tengsiz tarzda
ifodalab bergan.
Bu romanda shunday ikkita obraz borki ular bir-biri bilan o’xshash jihatlar namoyon
qiladi.Bular:Sobitjon va Jo’lomon obrazlaridir.Bu ikkala obraz ham asarda manqurt sifatida
tasvirlanadi.Jo’lomon shunday manqurt-ki unda faqat odamlarnikiga o’xshagan tashqi ko’rinish
bor xolos ammo insoniylik fazilatlari unga begona .Jo’lomon hatto uni dunyoga keltirgan onasini
ham tanimaydi,Jo’lomonni jonidan ortiq ko’rgan otasini bilmaydi hatto o’zini ismini ham eslay
olmaydi.Bundaylar manqurt deyiladi.Manqurt esa qul hisoblanadi.Jo’lomon hech qachon o’z
erkini talab qilmaydi.Unga oila , ota-ona so’zlari begona.Manqurtlar huddi ko’chadagi daydi
hayvonlardek ,faqat qorin g’ami bilan yashashadi.Sobitjonga kelsak u Jo’lomondek xotirasini
yo’qotgan emas.U zamonaviy manqurt.U o’z tarixini bilmaydi,insoniy tuyg’ulardan
mahrum,milliy-urf odatlarni mensimaydigan o’ta darajada xavfli manqurt.Sobitjon o’z otasining
o’lganini eshitgandan keyin ham otasiga hurmati oshmaydi.Aksincha,u otasining janozasiga faqat
qarzini uzish uchun boradi.Sobitjonning otasi Kazangapning vasiyatini oyoqosti qilib:”Otamni
shuncha uzoqqa olib borib yuramizmi?Shunday katta cho’lda bitta odamga joy topiladi”, - degani
uni Jo’lomondan ham yomonroq darajada xavfli manqurt ekanini ko’rsatadi.
Bu asarda yana bir obraz bor-ki ,bu obrazdan xar bir kitobxon o’zi uchun foydali bo’lgan
fazilatlarni olishi mumkin. Bu Edigey obrazi.Edigey “Asrga tatigulik kun” romanida
oqko’ngil,milliy
urf-odatlarga
hurmati
cheksiz,kamtar,sadoqatli
do’st
timsolida
gavdalantirilgan.Edigey sal qo’rsroq va qiziqqonroq bo’lgani uchun xalq orasida uni “Edigey
Bo’ron” deb atashardi.Edigey do’sti Kazangapga uning o’gli Sobitjondan ko’ra yaqinroq
bo’ladi.Kazangapning janozasida ham Edigey Kazangapga Sobitjondan ko’ra yaqinroq ekanini
ko’rinadi.Kazangapning vasiyatini Sobitjon bajargisi kelmaydi,ammo Edigey bu vasiyatni
bajaradi.Bu hodisadan biz Edigeyning sadoqatli do’st ekanini ko’rishimiz mumkin.
“Asrga tatigulik kun” romanida eng asosiy obrazlardan biri bu Nayman ona obrazi
hisoblanadi.Nayman ona bu asarda erining o’limi va o’g’lining bedarak yo’qolganidan keyin
tushkunlikka tushib qoladi.O’g’lini hamma o’lgan deb o’ylasa ham Nayman onaning qalbida o’gli
tirikligiga ishonch bo’ladi.Nayman ona irodali va kuchli bo’lgani uchun ham o’g’lini qidirishga
yo’lga chiqadi.Nayman ona yo’lga chiqayotganida jungjanglar uni tutib olishi haqda o’ylamaydi
35
, u faqat o’g’lini manqurt holida bo’lsa ham o’z qishlog’iga olib kelish haqda o’ylaydi.Nayman
ona o’g’lining hayotini o’zinikidan azizroq deb biladi.
“Asrga tatigulik kun” romanida aytilganidek hozirgi kunda Sobitjonga o’xshagan zamonaviy
manqurtlar ham bor.Bunday odamlar faqat o’zini o’ylaydi.Ular milliy urf-odatlarni
mensishmaydi.Agar inson xudbin bo’lsa u ham manqurtga aylana boshlaydi.Manqurtlikdan
qutulishning yagona yo’li bu yaxshilik qilishdir.Agar siz kimgadir kerakli paytda,kerakli joyda
yordam ko’rsatsangiz ,demak siz insonsiz.Agar siz kimgadir yordam bera olsangiz-u ,ammo
yordam bermasangiz ,demak siz manqurtsiz.
116Ch.Aytmatovning“Asrga tatigulik kun” romani voqealarini bayon qiling.

36

Do'stlaringiz bilan baham: |