Farmokognoziya oxiri p65


DORIVOR O‘SIMLIKLARNI TAYYORLASH



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

DORIVOR O‘SIMLIKLARNI TAYYORLASH
Kimyo-farmatsevtika sanoati, Galen laboratoriyalari va do-
rixonalar ehtiyojini qondirish maqsadida har yili katta miq-
dorda dorivor o‘simliklar mahsuloti tayyorlanadi. Mahsulotlar,
asosan, yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklardan yig‘iladi.
Yil sayin dorivor o‘simliklar mahsulotiga bo‘lgan talab osh-
moqda. Shuning uchun tayyorlanadigan mahsulotning miqdori
ham ko‘paymoqda.
Yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklarning zaxirasi har
qancha ko‘p bo‘lmasin, yildan yilga o‘sib borayotgan talabni
qondirish hamda tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simliklarni saqlab
qolish uchun ularni yig‘ish to‘g‘ri uyushtirilishi kerak hamda
mahsulotlarni tayyorlashni ilmiy asoslangan qat’iy rejaga rioya
qilingan holda olib borish zarurdir.
Dorivor o‘simliklarni tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi:
1. Dorivor o‘simliklarni tayyorlash ishini uyushtirish.
2. Mahsulotni yig‘ish.
3. Yig‘ilgan mahsulotni quritish.
4. Yig‘ilgan mahsulotni standart holiga keltirish.
5. Mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (upakovka qilish).
6. Mahsulotlarni transport vositalari bilan jo‘natish.
7. Dorivor mahsulotlarni saqlash.
Dorivor o‘simliklarni tayyorlashni o‘z vaqtida to‘g‘ri uyush-
tirish juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, odatda, bu ish bilan
tuman markaziy dorixonasi (TMD — SRA) shug‘ullanadi. Tu-
man hududida dorivor o‘simliklar mahsulotini tayyorlash ish-
larini uyushtirish bilan TMD da katta provizor-farmakognost
lavozimidagi mutaxassis, agarda bunday lavozim bo‘lmasa, u
holda dorixona mudirining o‘rinbosari yoki shu vazifani bajarish
yuklangan biror boshqa mutaxassis shug‘ullanadi.
DORIVOR O‘SIMLIKLARNI TAYYORLASH,
O‘STIRISH VA ULARNI MUHOFAZA QILISH
III BOB


13
TMDda tuman bo‘yicha dorivor o‘simliklarni tayyorlashni
uyushtirishga javobgar mutaxassis quyidagilarni bajaradi va
tashkil qiladi:
— tuman bo‘yicha dorivor o‘simliklarni tayyorlash rejasini
bilish va uni tumanda yig‘ish mumkin bo‘lgan dorivor mahsulot
miqdoriga solishtirgan holda aniqlash;
— dorixona qoshida dorivor o‘simliklar tayyorlovchilar
uchun qisqa muddatli o‘qish (tushuntirish) tashkil etish;
— dorivor o‘simliklar ko‘p o‘sadigan joyni va ularning za-
xirasini aniqlash; dorivor mahsulot yig‘iladigan yerni aniqlash;
dorivor mahsulot yig‘ish uchun tanlangan joy iloji boricha
transport vositasi (avtomashina) boradigan va aholi yashaydigan
yerdan olis bo‘lmasligi kerakligini hisobga olish kerak bo‘ladi.
Chunki dorivor mahsulotlarni yig‘ishga ishdan bo‘sh bo‘lgan
yerli aholi, maktab o‘quvchilari, nafaqaxo‘rlar jalb etiladi;
— dorivor mahsulotlarni tayyorlashni tashkil etish;
— yig‘ilgan dorivor mahsulotni tayyorlangan joyda quri-
tishni tashkil qilish. Agar mahsulotni yig‘ilgan joyida quri-
tishning iloji bo‘lmasa, u holda uni zudlik bilan quritiladigan
yerga transport vositasida yetkazish va quritishni tashkil etish.
Dorivor o‘simliklar mahsulotini tayyorlash tegishli, vako-
latli mahkamalar tasdiqlagan qat’iy reja asosida olib boriladi. Bu
ishni rejalashda dorivor o‘simliklarni tabiiy o‘sish joyida yo‘q
bo‘lib ketmasligini va ularni muhofaza qilish boshqa tadbirlari
hisobga olingan bo‘lishi kerak:
— rejalangan miqdordan ortiqcha tayyorlamaslik;
— dorivor o‘simlik mahsulotini faqat ko‘rsatilgan va reja-
langan daladan yig‘ish hamda yig‘iladigan dalani har yili qoi-
daga binoan almashtirib turish;
— dorivor mahsulotni yig‘ish rejasi uni ekspluatatsion
zaxirasidan ortiqcha bo‘lmasligiga rioya qilish;
— ko‘p yillik o‘tli o‘simliklarning yerustki qismini tayyor-
laganda uni ildizi bilan sug‘urib olmaslik va dorivor o‘simlikni
tabiiy sharoitda yo‘q bo‘lib ketishidan saqlab qolish va boshqalar.
Hozirgi vaqtda dorivor o‘simliklar hamma hududlarda tay-
yorlanadi. Avvalda bu ishlar Ukraina, Belorus respublikalari,
Kavkaz va Rossiyaning Yevropa qismidagi viloyatlar, muxtor
respublikalar va o‘lkalarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Dorivor o‘simliklarni tayyorlash, qayta ishlash hamda o‘sti-
rish bilan quyidagi idoralar shug‘ullanadi:


14
1. O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi vazirligi qoshida tashkil
etilgan „Shifobaxsh“ uyushmasi. Bu idora respublikadagi do-
rivor o‘simliklar mahsulotini yig‘ishni rejalaydi, tashkil qiladi,
yig‘adi, quritadi va qadoqlab, sotishga chiqaradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi va viloyatlari „Farmatsiya“
ishlab chiqarish birlashmasi. Bu idora o‘zining tumanlardagi
Markaziy dorixonalarida (TMD) har yili 21 tur dorivor o‘sim-
liklardan 60—70 tonnaga yaqin mahsulotlar tayyorlaydi. Jum-
ladan, dalachoy, achchiq shuvoq, bo‘yimodaron, zubturum,
oqqaldirmoq, gazanda, dala qirqbo‘g‘imi, mayda gulli tog‘-
rayhon, makkajo‘xori onalik ustunchasi, na’matak mevasi va
boshqalar.
3. Dorivor o‘simliklarni yig‘ish bilan O‘zbekiston Qishloq
xo‘jaligi vazirligi, ovchilik xo‘jaligi va boshqa idoralarning te-
gishli boshqarmalari ham shug‘ullanadi. Bu idoralar o‘zlariga
biriktirilgan hududlarda o‘sadigan dorivor o‘simlik mahsulot-
larini yig‘adi va tegishli korxonalar (farmatsevtika sanoati, do-
rixonalar boshqarmasi va boshqalar)ga topshiradi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish