Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

FARMAKOGNOZIYA FANINING
QISQACHA TARIXI
II BOB


8
nadigan dorilarni to‘liq tavsiflaydi. Galen o‘simlik va hayvon
organlaridan tayyorlangan (tarkibida ta’sir etuvchi modda
bo‘lgan) dori turlari bilan bemorlarni davolashni birinchi bo‘lib
taklif etdi. Bu dorilar hozirgi kunda ham „Galen preparatlari“
nomi bilan yuritiladi. Galenning tibbiyot va farmatsiya sohasida
yozgan asarlari hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlatlarda qadim
zamonlardan bemorlar, asosan, dorivor o‘simliklar bilan davo-
lab kelinadi. Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab tabobatchiligida
ishlatiladigan dorivor o‘simliklar, ayniqsa, diqqatga sazovordir.
Buxorolik mashhur hakim Abu Ali ibn Sino 1020-yilda
5 jildlik „Al-qonun“ („Tib qonunlari“) kitobini yozdi. Bu ki-
tobning II jildi oddiy, V jildi esa murakkab dorilarga bag‘ish-
langan. Kitobning II jildida o‘sha zamonda tibbiyotda ishlatil-
gan 811 ta dorivor o‘simliklar, ulardan va hayvonlardan olingan
mahsulotlar hamda mineral dorivor vositalar bayon etilgan.
Kitobda keltirilgan dorivor o‘simliklar soni 500 tadan, o‘sim-
liklardan olingan dorivor vositalar soni 40 tadan oshadi. „Al-
qonun“ ko‘pgina Yevropa tillariga tarjima qilingan, faqat lotin
tilida 16 marta chop etilgan va u XVI asrgacha Yevropa shi-
fokorlarining qo‘llanmasi bo‘lgan. Osiyo mamlakatlarida, ay-
niqsa, tabobatda va an’anaviy tibbiyotda hozirgi kunda ham „Al-
qonun“ dan keng foydalaniladi.
Qomuschi olim Abu Rayhon Beruniy umrining oxirgi yilla-
rida „Kitob as-saydana fi-t-tibb“, ya’ni „Tibbiyotda farma-
kognoziya“ asarini yaratdi. Bu asarda o‘sha davrning sharq
tabobatida qo‘llanilgan 675 ta dorivor o‘simlik va 90 ta o‘simlik
mahsulotlari to‘g‘risida fikr yuritiladi. Bulardan tashqari, „Say-
dana“ da yana 104 ta hayvonlardan olingan mahsulotlar hamda
shu vaqtgacha to‘g‘ri aniqlanmagan 113 ta dorivor o‘simliklar
haqida ma’lumotlar bor.
Ibn Sino va Al-Beruniyning bu asarlarida farmakognoziyaga
tegishli qator masalalar ham (dorivor o‘simlik mahsulotlarini
yig‘ish, quritish, saqlash muddati, ulardan dori turlari tayyor-
lash masalalari va boshqalar) o‘z ifodasini topgan.
XIII asrda birinchi marta arab farmakopeyasi „Qarabadini“
nomi bilan (xorazmlik mashhur hakim Ismoil Jurjoniy o‘zi-
ning „Xorazmshoh Karabadini“ kitobini XII asrning boshlari-
da yozgan edi) bosilib chiqdi. Shu davrga kelib dastlabki do-
rixonalar ham ochildi.


9
Arab tibbiyoti XII asrdan boshlab asta-sekin Yevropaga o‘ta
boshladi. Shu davrda Yevropada ham arab dorixonalari tiðidagi
dorixonalar ochildi. Yevropada sharq dorilaridan tashqari, ma-
halliy dorivor o‘simliklardan foydalana boshladilar, dorivor
o‘simliklar haqida kitoblar yozildi. XV asrda Amerika qit’asi
ochilishi munosabati bilan Yevropa tibbiyotida ishlatiladigan
dorivor o‘simlik turlari Amerika o‘simliklari (masalan, koka,
tamaki, kakao, xin daraxti va boshqalar) hisobiga ko‘paydi.
Rossiya bilan G‘arbiy Yevropa davlatlari o‘rtasida aloqa
o‘rnatilgandan so‘ng XVI asrda Moskvada birinchi dorixona
ochildi. Dorixonadagi dorilarning deyarli hammasi G‘arbiy
Yevropadan keltirilgan bo‘lib, ularda chet eldan kelgan kishi-
largina xizmat qilar edi. Keyinchalik Sharq davlatlari, xususan,
Xitoy va Hindiston savdogarlari Moskvaga dorivor mahsulotlar
keltirib sota boshladilar. Shu bilan birga, Rossiyada mahalliy
dorivor o‘simliklarni yig‘ish ishi ham avj olib ketdi.
XVII asrning oxirlarida rus tilida yozilgan kitoblar ham
paydo bo‘la boshladi. D. Gurchining „Äîìàøíÿÿ àïòåêà“,
„Ôàðìàêîðåÿ èëè àïòåêà“ kitoblari shular jumlasidandir.
Moskvada va uning atrofida dorivor o‘simliklar o‘stiriladigan
maxsus dorixona polizlari tashkil etildi.
XVIII asr oxirida dorivor o‘simliklar to‘g‘risida bir qancha
yangi ma’lumotlar matbuotda e’lon qilindi va kitob bo‘lib bosi-
lib chiqdi. A. T. Bolotovning maqolalari va tibbiyot fanlari dok-
tori, professor N. M. Maksimovich-Ambodikning ko‘p jildlik
kitobi shular jumlasidandir. XIX asrning birinchi yarmida bosi-
lib chiqqan dorivor o‘simliklarga oid muhim kitoblardan pro-
fessor I. A. Dvigubskiy asari hamda professor A. P. Nelyu-
binning 2 jildlik „Farmakografiya“ kitobi diqqatga sazovor.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida davlatlar
o‘rtasida savdo-sotiq ishlari keng yo‘lga qo‘yilganligi tufayli
butun qit’alardan Yevropa bozoriga dorivor o‘simliklar kelti-
rila boshlandi. Ular ko‘pincha qirqilgan holda bo‘lar edi. Bu
mahsulotlarning tozaligini, tarkibida aralashma bor-yo‘qligini
aniqlash lozim edi. Shu sababli farmakognoziya boshqa far-
matsiya fanlaridan mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va bu
ishlar bilan shug‘ullana boshladi. Oradan ko‘p o‘tmay turli
tillarda farmakognoziyadan qo‘llanmalar chop etildi. Dorivor
o‘simliklar mahsulotlarining anatomik tuzilishini rus olim-
lari mikroskop yordamida o‘rgana boshladilar. Moskva univer-


10
sitetining farmatsiya professori A. V. Tixomirov 1900-yilda
bosilib chiqqan kitobida ko‘pgina dorivor o‘simlik mahsu-
lotlarining anatomik tuzilishini birinchi bo‘lib tasvirlab berdi.
1899-yilda professor Varlix Rossiyada o‘sadigan dorivor
o‘simliklar atlasini va shu davrda rus olimi N. I. Annenkov
botanika lug‘atini tuzdi. Bu kitoblar hozir ham o‘z qimmatini
saqlab kelmoqda.
1921-yilda dorivor o‘simliklarni yig‘ish va ekish to‘g‘risida
maxsus Dekret chiqdi. Dekret asosida yangi ilmiy tekshirish
muassasalari ochish, dorivor mahsulotlar sifatini aniqlab be-
ruvchi qo‘llanmalar va standartlar tuzish hamda mutaxassislar
tayyorlash uchun darsliklar yaratish zarur edi. Shu maqsadda
1931-yilda Butunittifoq dorivor va xushbo‘y o‘simliklar ilmiy
tekshirish instituti ochildi. Keyinchalik respublikalarning turli
iqlimli hududlarida uning tajriba stansiyalari tashkil etildi.
Bundan tashqari, Butunittifoq o‘simlikshunoslik instituti
(BO‘I—VIR) ochildi. Bu institutning asosiy vazifasi chet eldan
keltirilgan dorivor va boshqa foydali o‘simliklarni ekish usul-
larini va agrotexnika qoidalarini o‘rganishdan iborat edi.
Dorivor o‘simliklarni ekish va agrotexnika usullarini o‘rga-
nish bilan ularga bo‘lgan ehtiyojni qondirish qiyin edi. Shu
sababli respublikalarning boy florasini o‘rganish va dorivor
o‘simliklarni qidirib topish maqsadida tashkil etilgan ekspe-
ditsiyalar Kavkaz, O‘rta Osiyo, Sibir, Uzoq Sharq va boshqa
tumanlar florasini o‘rgana boshladi. Bunday ekspeditsiyalar Bu-
tunittifoq dorivor o‘simliklar instituti (BDO‘I — VILR), res-
publikalar fanlar akademiyalariga qarashli botanika institutlari,
botanika bog‘lari, farmatsevtika institutlari, fakultetlari va
boshqa oliy o‘quv yurtlari hamda ilmiy tekshirish institutlari-
ning ayrim laboratoriyalari tomonidan muntazam uyushtiril-
moqda. Ayniqsa bu sohada BDO‘I va sobiq Ittifoq Fanlar akade-
miyasining botanika bog‘lari tomonidan (L. A. Utkin,
P. S. Massagetov va boshqalar rahbarligida) o‘tkazilgan ekspe-
ditsiyalar diqqatga sazovordir. Ekspeditsiyalar natijasida yangi,
ayniqsa, chet eldan keltiriladigan dorivor o‘simliklar o‘rnini
bosadigan juda ko‘p dorivor o‘simliklar topildi. Shu bilan birga,
qator dorivor o‘simliklarning ko‘p o‘sadigan joylari, ularning
zaxiralari aniqlandi va maxsus xaritalarga chizildi. Kam uch-
raydigan muhim dorivor o‘simliklarni ma’lum miqdorda tay-
yorlash va ularni saqlab qolish tadbirlari ishlab chiqildi.


11
Sobiq Ittifoq florasidagi tarkibida alkaloidlar bo‘lgan
o‘simliklarni tekshirish ishi akademik A. P. Orexov rahbarli-
gida Butunittifoq kimyo-farmatsevtika ilmiy tekshirish institu-
tida boshlangan. O‘zbekistonda esa bu ishlar akademiklardan
O. S. Sodiqov va S. Y. Yunusovlar hamda ularning shogird-
lari tomonidan keng ko‘lamda davom ettirilmoqda.
1950-yildan keyin O‘zbekistonda farmakognoziya fanini
o‘qitish va mutaxassislar tayyorlash ishlari keng yo‘lga qo‘yildi.
Professor A. F. Gammerman sobiq Ittifoqda farmakogno-
ziya fanining asoschilaridan biridir. Uning „Farmakogno-
ziya“ darsligi 1978-yilgacha sobiq Ittifoqda shu fanga oid yagona
darslik bo‘lgan va olti marta qayta nashr etildi. Farmakogno-
ziyaning amaliy mashg‘uloti bo‘yicha qo‘llanmani ham 1926-
yilda shu olim yozgan edi. Bundan tashqari, A. F. Gammerman
butun, qirqilgan va poroshok (kukun) holidagi o‘simlik
mahsulotlarining „Aniqlagich kalit“ ini ham tuzdi.
1978-yilda professor D. A. Muravyevaning „Farmakogno-
ziya“ darsligi chop etilgandan so‘ng farmakognoziyaning na-
zariy qismi shu darslik, amaliy mashg‘ulot qismi esa A. A. Dol-
gova va Y. Y. Ladigina — „Ðóêîâîäñòâî ê ïðàêòè÷åñêèì
çàíÿòèÿì ïî ôàðìàêîãíîçèè“ (1966-ó.) va Y. Y. Ladigina,
L. N. Safronich va boshqalarning „Õèìè÷åñêèé àíàëèç
ëåêàðñòâåííûõ ðàñòåíèé“ (1983-ó.) qo‘llanmalari bo‘yicha
rus tilida (boshqa tillarda chop etilgan darsliklardan ayrim res-
publikalarda foydalaniladi) o‘qila boshlanadi.
O‘zbekistonda respublika dorivor o‘simliklarini o‘rganish,
ularning zaxirasini aniqlash, tayyorlash, o‘stirish va xorijiy
mamlakatlardan keltirilgan turlarini ekib, ko‘paytirish ishlari
bilan Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent, Andijon,
Samarqand, Buxoro tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqa insti-
tutlar, Toshkent, Samarqand, Nukus va viloyatlar universitet-
lari hamda Respublika Fanlar akademiyasiga qarashli O‘sim-
lik moddalari kimyosi, Bioorganik, Botanika va boshqa ilmiy-
tekshirish institutlari hamda Botanika bog‘ining tegishli ka-
fedralari va laboratoriya xodimlari shug‘ullanib kelmoqdalar.
Bu borada S. Y. Yunusov, O. S. Sodiqov, Q. Z. Zokirov,
X. A. Abduazimov, P. X. Yo‘ldoshev, N. K. Abubakirov,
R. L. Xazanovich, A. Y. Butkov, I. I. Granitov, I. P. Sukervanik,
I. K. Komilov, N. S. Kelginboyev, M. B. Sultonov hamda ular-
ning shogirdlari olib borayotgan ishlari diqqatga sazovordir.


12
Tibbiyotda qo‘llaniladigan dorivor vositalarning 38—40 %
ini o‘simliklardan olinadigan preparatlar tashkil qiladi. Ba’zi
og‘ir kasalliklarni davolashda ishlatiladigan ayrim dorivor
preparatlar (yurak glikozidlari, steroid va fenolli birikmalar va
boshqa biologik faol moddalar)ni shu vaqtgacha sintez yo‘li bi-
lan olib bo‘lmadi. Ularni olish manbayi faqat o‘simliklar bo‘lib
qolmoqda.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish