Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet228/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Geografik tarqalishi.
Aloyning har xil turlari Janubiy va
Sharqiy Afrikaning yarimcho‘llarida uchraydigan kserofit
o‘simlikdir. Tibbiyotda ishlatish maqsadida yuqorida ko‘rsatib
o‘tilgan aloyning 1 turi — daraxtsimon aloy Gruziyada bir yillik
o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Odatda, aloyning yon kurtaklarini yoz


255
bo‘yi qirqib olib, parniklarga o‘tqaziladi. Bahorda esa ularni ochiq
yerga o‘tqizib, kuzda yig‘ib olinadi. Aloy xonalarda o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash.
Aloy turlaridan sabur olinadi. Daraxt-
simon aloyning quritilmagan va quritilgan barglari hamda quritil-
magan yon novdalari tayyorlanadi.
Ochiq dalaga o‘tqizilgan aloydan apreldan to noyabr oyiga-
cha o‘sib chiqqan barglari va yon novdalari yig‘iladi. Yig‘ilgan
barglardan biogen stimulaterlarga boy barglar tayyorlanib, ke-
yinchalik ulardan ekstraktlar, suyuq surtma — liniment va bir
qismini quritib, tabletka tayyorlanadi. Yon novdalardan aloy
shirasi va sharbati, sharbatidan esa temirli aloy sharbati (ane-
miya—kamqonlik kasalligida ishlatiladi) olinadi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Quritilmagan barglar sershi-
ra, poyani o‘rab oluvchi qinli, qilichsimon, ustki tomoni botiq,
pastki tomonidan bo‘rtib chiqqan, cheti tikanli tishsimon qirrali
bo‘lib, uzunligi 15—45 sm, eni 2—5,5 sm, qalinligi 0,7—1,5 sm.
Bargi yashil, qini och jigarrang, tishlari yashil-sariq, kuchsiz
hidli va achchiq mazali. Yon novdalari 3—12 bargli bo‘ladi.
Poyasining yo‘g‘onligi 6—12 mm, novdaning uzunligi 3—15 sm,
barglarniki 5—25 sm, eni 1—2,5 sm. Mahsulot och yashil-
qo‘ng‘irrangli, hidi kuchsiz, mazasi — achchiq. Aloy bargi va
yon novdalaridan quyidagi preparatlar olinadi:
1. Sabur
— aloy turlari bargning quritilgan shirasi. O‘stiri-
ladigan aloy bargini yig‘ib olib, presslash usuli bilan shirasi
ajratiladi va bu shirani bug‘latib, sabur olinadi.
Afrikada va Amerikada aloy turlarining katta va sersuv barg-
larini kesib, kesilgan tomoni bilan chuqurchalarga solib qo‘yiladi.
Oqib chiqqan suyuqlik chuqurcha tagiga solib qo‘yilgan narsa
(mol terisi yoki taxta) ustida qurib, saburga aylanadi. Bu jarayon
6 soatgacha davom etadi.
Sabur har xil shakldagi qora-qo‘ng‘ir bo‘lakchalardan
iborat bo‘lib, yoqimsiz hidi va achchiq mazasi bor. Sabur 60%
li spirtda yaxshi, efirda kam eriydi, xloroformda erimaydi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish