287
tovarlar, masalan, kiyim-kechak reklamasida foydalanish eng samarali hisoblanadi.
Reklama maqsadlarida uning yordamida predmetning real bo‘yoqlari va tusini
ifodalash mumkin bo‘lgan rangli fotosuratlardan foydalanish ayniqsa unumli bo‘ladi.
Magazin tomonidan reklama maqsadlari uchun foydalaniladigan
fotosurat va
rasmli plakatlarni shunday joylashtirish kerakki, ular yog‘in-sochinlardan, quyosh
nuridan aziyat chekmasin.
Aniqlanishicha, rasmlarga berilgan izohlarni o‘qiydiganlar soni matn o‘qiydigan
kishilardan ikki baravar ko‘p ekan. Har bir rasm izohida tovar xaridor uchun keltirishi
mumkin bo‘lgan foyda asoslab berilishi lozim.
Tasvirlarga qo‘yiladigan talablar:
• tasvir o‘quvchida qiziqish uyg‘otishi kerak;
• fotosuratlar, rasmlarda telereklama orqali yaxshi tanish bo‘lgan tipajlardan
foydalanish reklamaning esda qolarligini ta’minlaydi;
• tasvirlar oddiy bo‘lishi va detallar bilan ortiqcha to‘ldirib yuborilgan bo‘lmasligi
lozim;
• agar reklama xabari ayollar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa,
rasmda erkak emas,
ayol tasvirlangan bo‘lishi lozim;
• rangli fotosurat 50%ga oq-qora bo‘lsa ham, uning esda qolarligi 100% yuqori
bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini reklama qilishda tayyor taomni reklama qilish kreak,
uning tarkibidagi elementlarni emas.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, birinchi bo‘lib rasmlar ko‘rib chiqiladi, so‘ngra
sarlavha va shundan keyingina matn o‘qiladi. Materalni ham shunday tartibda
taqsimlash kerak: eng yuqorida rasm, uning ostida sarlavha, undan keyin esa – matn.
Agar sarlavha rasmdan tepada bo‘lsa, matnni qabul qilish 10%ga pasayadi.
Matnni
hamma ham o‘qimaydi, lekin hamma rasm ostidagi yozuvlarni o‘qiydi. SHu sababli
tagida yozuvsiz rasmlar bo‘lmasligi kerak.
Magazinning tashqi ko‘rinishi, rang va yorug‘lik bilan bezalishi potensial
xaridorlar e’tiborini va ularning sonini oshiradigan muhim omillar sanaladi. YOrqin,
ko‘zga tashlanib turadigan, yaltirab turadigan, top-toza
vitrina beixtiyor odamlar
288
e’tiborini jalb qiladi va ularda magazinga kirish istagini uyg‘otadi.
Hozirgi paytda yo‘lovchilar e’tiborini jalb qilish uchun ko‘pincha quyida usul
foydalaniladi: mayda, kam quvvatli lampochkalar magazin yonida o‘sadigan daraxtga
tashlub qo‘yiladi va bu beixtiyor odamlarda bayramona kayfiya uyg‘otadi. Bunday
girlyandalar narxi 1 metri o‘rtacha 3 dollar, tayyor girlyanda setkalari - 90 dollar,
yorug‘lik «yomg‘iri» - 1 kv.metri 40 dollar turadi.
Magazinlar viveskalarini bezash borasida ma’lum bir talablar mavjud. Viveskalar
savdo korxonasi tashqi reklamasining turlaridan biri hisoblanadi. Ular magazin
joylashuvi va uning tovar profili bilib olinadigan mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi.
Joylagan joyi bo‘yicha viveskalar old tomonda (fasadda), tomning tepasida, bino
burchagida, frontonga oid, bino qismlarini bir-biridan ajratuvchi yonmaydigan g‘ov-
devorda joylashtiriladi. Viveska turi bino turiga, uning arxitektura echimiga, yondagi
binolarga
nisbatan joylashuviga, odamlar oqimi yo‘nalishiga, shuningdek, magazin
faoliyati va uning moliyaviy holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Fasad viveskasi qoidaga ko‘ra, yorug‘lik reklamasi bo‘ladi va binoning old
tomonida joylashtiriladi. Viveska bevosita magazinga kiraverish
ustida yoki devor
bo‘ylab uning frontonida yoki kronshteynga perpendikulyar ravishda joylashtirilishi
mumkin.
Magazin viveskasi kam so‘zli bo‘lishi va uning tovar profilini aniq aks ettirishi
lozim. Viveska karkasini (fonini) tayyorlash uchun materiallar metall, shisha,
plastmassa bo‘lishi mumkin. Harflar va dekorativ elementlar karkas sirtiga bo‘yoqlar
bilan chiziladi yoki yog‘och, gips, polistirol, penoplast,
metalldan qoplama detallar
bilan mstahkamlanadi. Viveska bezalishi jalb etuvchan bo‘lishi lozim, bunda metall va
yog‘ochga naqsh berishdan foydalaniladi. Kichik ixtisoslashgan magazin devoriga
perpendikulyar o‘rnatilgan va etik ko‘rinishidagi (oyoq kiyim do‘koni uchun), patir
ko‘rinishidagi (non do‘koni uchun), yo‘lakning har tomonidan yaxshi ko‘rinib
turadigan, hajmli viveska original ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bunday viveskalar savdo
korxonasining individualligini ko‘rsatishga imkon beradi va xaridorlar e’tiborini jalb
etishga xizmat qiladi.
Viveskadagi matn yaqin masofadan ham, uzoqdan ham oson o‘qiladigan bo‘lishi
289
lozim. SHu sababli harflar hajmi, shuningdek, viveskaning o‘lchami uni yo‘lovchilar
ko‘rishi mumkin bo‘lgan masofani hisobga olgan holda tanlanadi. Harflar va rasmlar
rangi fonga nisbatan keskin ajralib turadigan darajada tanlanadi. Viveska uchun shrift
oddiy va aniq bo‘lishi lozim. Bosh harflar, ayniqsa, qiya yoziladigan shriftlar tafsiya
etilmaydi. Viveska matnini butun fasad bo‘ylab cho‘zmaslik kerak, chunki bu holatda
harflar bir-biridan uzoqlashib ketadi, matnni esa o‘qish qiyinlashadi.
Savdo korxonalarining viveskalari namunaviy va individual bo‘lishi mumkin.
Magazin nomining
Do'stlaringiz bilan baham: