294
o‘ziga xos xususiyatlari alohida yoritilganlikni talab qilmaydigan, ish o‘rinlari va
tovarlar bir-biriga yaqin joylashtirilgan hollarda foydalanish maqsadga muvofiq.
Mahalliy yoritishda yoritgichdan chiqadigan butun yorug‘lik oqimi belgilangan
maydonga yo‘naltiriladi. Bu tizim ispolzuetsya dlya osveщeniya vitrinalarni, alohida
tovarlarni, savdo zalidagi tovar joylashtirilgan qiya yoki vertikal stendlarni yoritish
uchun foydalaniladi.
Butun magazinda etarli darajada yoritilganlikni ta’minlaydigan aralash tizim eng
ko‘p qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamizki, savdo uchun mo‘ljallangan binolar savdo zallari, kafeteriy va
aholiga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish
hududlarini, namoyish zalini o‘z ichiga oladi.
Ko‘pchilik magazinlarda yorug‘likni taqsimlashning pog‘onasimon tizimi
foydalaniladi. Agar savdo zalining o‘rtacha gorizontal yoritilganligini birlik deb qabul
qiladigan bo‘lsak, magazinga kiraverish, peshtaxta, tokcha
va stellajlardagi tovar
ekspozitsiyalarining yoritilganligi 1,5-2 birlikni, tovarlar reklama ekspozitsiyasi 2-3
birlikni tashkil qilishi lozim. Bunday magazin ichkarisida yoritish tizimi tejamkor
bo‘lib, xaridorlarning savdo zali bo‘ylab harakatlanishida ma’lum bir yorug‘likni his
qilish ritmini yaratadi va ularning e’tiborini sotuvda bo‘gan tovarlarga mujassam etadi.
Savdo uchun mo‘ljallangan binolarni oqilona yoritish xaridorlar e’tiborini aynan
magazin ularni kuchli reklama qilish zarur deb hisoblaydigan
tovarlarga qaratishga
yordam beradi. Savdo zalining alohida hududlarini yoritish rangini vaqti-vaqti bilan
o‘zgartirish ham xaridorlarni jalb qiladi va shu tariqa magazinning tijorat
muvaffaqiyatlariga erishishiga xizmat qiladi.
YOrug‘lik oqimini shakllantirish va uni savdo binolari
va vitrinalarni yoritish
umumiy rejasiga muvofiq taqsimlash uchun dekorator turli yoritish uskunalaridan
foydalanadi. Umumiy yoritish uskunalari yorug‘lik oqimini taqsimlash xarakteri
bo‘yicha to‘g‘ri, qaytarilgan va tarqoq nur yoritgichlariga ajratilishi mumkin. Bundan
tashqari, yorug‘likni keskin ifodalangan yo‘nalishli
taqsimlash uskunalari
foydalaniladi. Projektor turidagi bu uskunalar tor va uzun yorug‘lik oqimini beradi.
2-rasmda yoritish uskunalarining ayrim turalri aks ettirilgan. YOritish uskunalari
ixcham, unchalik sezilmaydigan bo‘lishi, ular yaratadigan yorug‘lik samarasini oson
295
o‘zgartira olishi lozim.
Savdo reklamasi ob’ektlarini yoritish yakuniy sxemasini izlashda bir nechta
variantlardan foydalanib ko‘rish, uskunalarning o‘rnini almashtirish, ularning ta’sir
yo‘nalishini o‘zgartirish, bir qator holatlarda esa, agarda bunga yorug‘lik uskunalari
imkon beradigan bo‘lsa, yaratiladigan yorug‘lik oqimi xarakterini ham o‘zgartirish
zarur. Biroq bunda yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga amal qilish lozim, chunki
yorug‘lik uskunalarining ortiqcha qizib ketishi yong‘inga sababchi bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, katta quvvatli yorug‘lik oqimlari tovarlarning rangi o‘chishi va
buzilishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: