281
tavsiya etiladi: qora
rang sariq yoki oq rang bilan, qizil rang oq yoki yashil rang bilan,
oq rang yashil rang bilan. Yorug‘likni aks ettiradigan va qorong‘uda yonib turadigan
turli rangdagi lyuminessent bo‘yoqlar foydalanilishi mumkin.
Badiiy bezalish usullari bo‘yicha ko‘cha plakatlari chizilgan, fotosuratlar
yordamida bajarilgan bo‘lishi, shuningdek, fotosuratlar va rasmlar kompozitsiyasini
ifodalashi mumkin.
Tuzilishi bo‘yicha
reklama taxtalari
tekis (yassi) va bo‘rtma (yaqqol) ko‘rinishda
bajariladi. Tekis reklama taxtalari fanera yoki ingichka tunuka bilan qoplanadi. Ba’zida
ramkaga tortildan matodan foydalaniladi. Bo‘rtma
reklama taxtalari prizma, kub va
boshqa ko‘peqliklar shaklida bajariladi. Bunday reklama taxtalari aylanib turadigan
bo‘lishi mumkin. Ular magazinga kiraverish oldidagi keng yo‘laklarda joylashtiriladi.
Bunday reklama taxtalari o‘rnatishdan maqsad – o‘tib ketayotgan yo‘lovchilar
e’tiborini jalb qilish va bironta tovar xarid qilishga undashdir.
Potensial xaridorlar e’tiborini magazin oldida o‘rnatilgan, sotilayotgan tovarlar
assortimenti qisqacha ko‘rsatilgan, yangi tovarlarni tatib ko‘rish haqidagi e’lonlardan
iborat bo‘lgan kichik ko‘chma reklama taxtalari ham jalb qiladi. Mustahkamroq
bo‘lishi uchun ular ikkiyoqlama qilinadi va yo‘lakka chayla ko‘rinishida o‘rnatiladi.
Matn ikkala tomondan shunday beriladiki, magazin yonidan o‘tib
ketayotgan va
yo‘laning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan odamlar uni bemalol ko‘ra oladi.
Bunday statsionar va ko‘chma reklama taxtalari ixtisoslashgan magazinlar uchun
samaraliroq bo‘ladi («Ehtiyot qismlar», «Xo‘jalik mollari» va h.k.).
Shunday qilib, ko‘chadagi reklama taxtalarida
joylashtiriladigan reklama
e’tiborni o‘ziga jalb qilishi, qisqa, tushunarli va oson o‘qiladigan bo‘lishi lozim.
Ko‘chadagi reklama taxtalariga yopishtirilgan plakatlar va afishalar yomg‘irli
kunlarda qanday bo‘lishi, ularni avtomobillar, daraxtlar va to‘sib qo‘ymasligiga e’tibor
qaratish kerak.
Transparantlar
– vaqtinchalik reklamasi. Ular magazinga kiraverishda yoki
ko‘chadagi ustunlarda
biron-bir reklama kampaniyasi, ko‘rgazma-savdo o‘tkazilishi
yoki yangi magazin ochilishida joylashtiriladi. Magazinga tashrif buyurish murojaati
yozilgan transparant chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim. Bu maqsadda qoidaga
282
ko‘ra, oq, sariq yoki qizil rangdagi matolar tanlanadi, chunki bu ranglar stidan yozilgan
boshqa rangdagi harflar aniq ko‘rinib turadi.
Reklama xabarlari matnining bir necha xil turi mavjud: axborot beruvchi, eslatib
turuvchi, ta’sir ko‘rsatuvchi va ishontiruvchi.
Axborot beruvchi matnlar oddiy, qisqa
va aniq, eslatib turuvchi matnlar – qisqa, ta’sir ko‘rsatuvchi matnlar – tovar nomini
ko‘p marta takrorlaydigan bo‘lishi lozim. Ishontiruvchi matnlar emotsional shaklda
e’tiborni tovarning afzalliklariga qaratadi.
Reklama taxtalarida ham, reklama varaqalarida ham joylashtiriladigan reklama
elementlarining asosiy elementlari matn va rasmlar sanalib, ularning vositasida
reklama ma’lum bir g‘oya va axborotni odamlarga etkazadi. Matn taklifning
mohiyatini bayon qiladi, rasm esa uni ko‘rish orqali qabul
qilinadigan obraz bilan
to‘ldiradi, lekin aslo uning mazmunini takrorlamaydi. Reklama e’lonlarining
elementlari qatoriga reklamaga emotsional ruh baxsh etadigan, uning ta’sirini
kuchaytiradigan shrift va rang ham kiradi. Reklama taxtalarida bu elementlarning
barchasi birgalikda yoki alohida holatda foydalanilishi mumkin.
Reklama matni, qoidaga ko‘ra, sarlavha, izoh va xulosadan iborat bo‘ladi.
Sarlavha (slogan) matnga e’tiborni jalb qiladi, xaridorni qiziqtirib qo‘yadi. Izohdan
maqsad – reklama qilinayotgan ob’ektni uning foydaliligi
isbotlarini keltirgan holda
ko‘rsatishdir. Xulosa xaridorlarni taklif etilayotgan tovarni xarid qilishga ishonch bilan
ko‘ndirishi lozim.
Aniqlanishicha, odamlar sarlavhani matndan ko‘ra besh marta ko‘proq o‘qiydi,
ko‘pchilik esa faqat sarlavhaga ko‘z yugurtirib chiqadi, xolos. Reklama qilinayotgan
tovardan foyda olishni (sog‘liqni mustahkamlash, oshxona mehnatini engillashtirish va
h.k.) va’da qiladigan sarlavhalar doimo boshqalardan samaraliroq bo‘ladi. Sarlavhadan
nima haqida gap ketayotganini tushunib bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yish mumkin emas.
Sarlavha nuqta bilan yakunlanmasligi lozim.
Eksperimentlar shuni ko‘rsatadiki, 10 va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lgan
sarlavhalar qisqa sarlavhalardan yomonroq bo‘ladi. Agar sarlavha sitatadan iborat
bo‘lsa va qo‘shtironoq ichida berilsa, uning esda qolinarligi 28%ga ortadi. Noodatiy
sarlavhalar muvaffaqiyatli bo‘ladi. Masalan: «Agar siz o‘zingiz nima qilishni
283
bilmasangiz, keling, bizda bu narsa bor».
Do'stlaringiz bilan baham: