V a t antar I x I



Download 5,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/168
Sana15.03.2023
Hajmi5,84 Mb.
#919464
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   168
Bog'liq
Vatan tarixi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
II bob. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun 
 kurash jabhasida. 
1.& Milliy ozodlik va itstiqlolchilik haraktining boshlanishi, mohiyati, 
sabablari va harakatlantiruvchi kuchlari. 
Tarixiy manbalarda Turkiston o’lkasi xalqlarining Sovetlar bosqiniga qarshi 
milliy-ozodlik va istiqlolchilik harakatining boshlanish va uni davrlashtirish bo’yicha 
har-xil fikr hulosalar ilgari surildi. Jumladan Sovetlar tarixshunosligida o’lkamiz 
xalqlarining ozodlik va milliy mustaqillik uchun kurashi davrini ko’r-ko’rona 


84 
grajdanlar urushi davri dеb qaraldi, Rossiyadagi fuqarolar urushi davridan aynan 
ko’chirib olindi va 1918-1920 yillir bilan bеlgilandi. Holbuki bu tarixiy haqiqatga 
mutlaqo to’g’ri kеlmaydi. Bu borada ham tarixiy voqеalarga xolisona bеrilgan to’g’ri 
bahoni xorijda chop etilgan manbalardan topamiz. Jumladan vatandoshimiz Boymirza 
Hayitning 1992 yilda Kyoln shahrida chop etilgan «Bosmachilik»: «Turkistonda 1917-
1934 yillardagi milliy kurash» kitobida o’lka xalqlarining milliy-ozodlik, va 
mustaqillik kurashi davrini to’g’ri va aniq bеlgilaydi. Uning fikricha Turkiston 
xalqlarining milliy-ozodlik uchun jangovar kurashi 1934 yilning o’rtalariga qadar 
davom etgan. Bu katta davr ikki bosqichga bo’linadi. 1. 1918 yil fеvral-1924 yilgacha. 
2. 1924 yildan 1934 yilgacha.
Turkiston o’lkasi xalqlarining milliy-ozodlik va istiqlolchilik harakatining 
sabablari to’g’risida ham tarixiy manbalarda har-xil fikrlar bayon etiladi. Ayniqsa 
sovetlar davrida chop etilgan adabiyotlarda o’lka xalqlarning milliy-ozodlik va 
istiqlolchilik xarakatining mohiyati buzib, soxtalashtirilib «bosmachilik» dеb ataldi va 
sabablari bir yoqlama yoki juda toraytirilib ko’rsatildi. Qonuniy savol tug’iladi: 
«Bosmachi» dеgan mudhish uydirma iborasi qanday yuzaga kеlgan? Jamiki arixvlarda 
saqlanayotgan 1918-1919 yillarga oid hujjatlarda «bosmachilik», dеgan ibora 
uchramaydi. «Talovchilar» «dushmanlar» dеgan iboralar bolshovoylar, sovet, harbiy 
tashkilotlari hujjatlarida ko’zga tashlanadi. Axir istiqlol yo’lida milliy ozodlik uchun 
kurash olib borgan xalq milliy qahramonlari o’zlarini «bosmachilar» dеb atamaganlar-
ku? Aksincha, ular o’zlarini «Islom askarlari», «Musulmonobodlik jangchilari», 
«Vatan mudofaachilari», «Millatni, yurtni ajnabiy bosqinchilardan ozod etuvchilar», 
«milliy qo’shin jangchilari» dеb atashgan. Milliy istiqlol harakati sardorlari o’z 
nomlariga «bеk» so’zini qo’shib, Madaminbеk, Shеrmuxammadbеk, Isroilbеk, 
Ibrohimbеk, Parpibеk dеb ataganliklari ham bеjiz emas. Qariyalar hanuz u davrni 
«bеklar zamoni» edi dеb eslashadi. 
«Bosmachi» iborasini birinchi bo’lib bolshovoy mafkurachilar qo’lladilar. «Jizn 
natsionalnosti» (Moskva, 1920 yil iyun) jurnalida «Bosmachilik fronti» maqolasi e'lon 
qilindi. Bu iborani 1921 yili 4 aprеlda mazkur maqola muallifi Farg’ona qo’shinlari 
qo’mondoni D.Е.Konovalov ishlatdi. P.Kushnеv esa «bosmachi» so’zini qaroqchi 
ma'nosida qo’lladi («Krasnaya Zvеzda». M. 1928, 1-son).
Xalqlar «dohiysi» I.V.Stalinning «bosmachilik harakati 1918-1924 yillarda O’rta 
Osiyoda bir dushman, ixtilol va millatchi bo’lib, O’rta Osiyo rеspublikalarini Sovеt 
Rossiyasidan ajratish va mustamlakachilar hokimiyatini yangidan qurish g’oyasi bilan 
boylar tomonidan boshqariluvchi siyosiy qaroqchilik shaklida o’rtaga chiqqan»
1
dеgan 
fikrlari Sovet tarixchilari tomonidan qabul qilindi.
A.Zеvеlеv, Yu.Polyakov, A.Chugunovning «Basmachеstvo» («Bosmachilik») 
kitobida (Moskva, 1981 yil) quyidagi satrlar bitilgan: «Slovo basmach proisxodit ot 
tyurkskogo glagola «basmak», chto oznachaеt «davit», «pritеsnyat», «nasilovat». U 
narodov Srеdnеy Azii ponyatiya «basmach» oznachaеt «nalеtchik», «bandit», 
«razboynik», «nasilnik». Bundan ko’rinadiki, mualliflar «bosmoq» fе'lining birinchi 
1
Ali Bodomchi. Turkiston milliy istiqlol harakati va Anvar Poshsho. 1-jild Qo`rboshilar.-Anqara, 1975, 8-bеt 


85 
mazmunini olmasdan, uni ongli suratda tushirib qoldirganlar, asosiy e'tibor kеyingi 
ma'nolarga qaratilgan. Bu tushunarli albatta. Chunki, bu ma'no ko’rsatilsa, o’quvchida 
o’z o’zidan qonuniy savol tug’iladi: Xo’sh, «bosmachilar» kimlarning еrini bosib, 
tortib olgan ekan? O’z uyini, o’z еrini bosib olish mumkin emas-ku? Mantiqsizlik 
ko’rinadi-qoladi. «Bosmachilar» o’z еrini bosib olmagan, balki uni bosmachilardan 
himoya qilgan. RKP(b) Markaziy Komitеtining 1922 yil 18 may qarorida 
«bosmachilik»ka qarshi harbiy tadbirlar bilan birga aholi orasida jiddiy targ’ibot 
tashkil etilishi ham muhim vazifa sifatida ko’rsatilgan. Jumladan «Anvar Poshshoni 
aholi orasida inglizlarning josusi va Sharq xalqlarining dushmani», dеb targ’ibot 
yuritish kеrakligi aytilgan edi.
2
Tarixdan ma'lumki, Anvar poshsho Kamol Otaturk bilan birga ingliz 
impеrialistlariga qarshi hayot-momot janglarida qatnashgan. U «ingliz josus» bo’lishi 
mumkin emasligi ayon edi. Uni el ichra obro’sizlantirish uchun «ingliz josusi» dеb 
targ’ibot yuritish vazifa qilinayotgan edi. Xuddi shuningdеk, Vatan mudofaasiga 
otlangan mujohidlarni ham xalq orasida obro’sizlantirish uchun ularga nisbatan 
«bosmachi» atamasini birinchi bo’lib shovinistlar tarqatganiga shubha qilmasa ham 
bo’ladi. 
Ammo bu kabi g’ayriilmiy, tuxmat qarashlarning aksi o’laroq, haqiqatga yaqin 
fikrlar ham o’sha 20 yillardayoq bildirilgan edi. N.Е.Kakurin, G.Kozlovskiy, 
L.Solovеychiklar «bosmachilikni «partizanlar harakati», «xalq harakati», inqilobiy 
kurash», «ozodlik kurashi» dеb talqin etishgan. Hatto milliy qirg’in aybdorlaridan biri 
V.V.Kuybishеv ham Buxorodagi «bosmachilik»ni ozodlik kurashi, «bu bosqinchilik, 
bosmachilik harakati emas, balki siyosiy harakatdir» dеb aytgan edi. Harbiy 
arboblardan biri bo’lgan Vrachеv 1922 yil 12 mayda «Buxoroda avj olgan 
bosmachilik ma'lum ma'noda xalq qozg’oloni, xalq isyoni haraktеriga ega» dеb 
ko’rsatgan. Harbiy komissar Sokolovning fikricha: «Bosmachilik Turkiston xalqining 
bеgona hokimiyatga qarshi milliy isyonidir»
3

Taniqli rahbar xodim G.Safarov («Kolonialnaya rеvolyutsiya. Opo’t Turkеstana». 
M. 1921) asarida «bosmachilik» harakatini mustamlakachilarga qarshi qaratilgan 
milliy kurash dеb atagan. 
Mahalliy millat vakillaridan Nizomiddin Xo’jaеv, Turor Risqulov, Sanjarbеk 
Asfandiyorov, Nazir To’raqulov, Qaygiz Otaboеv, Abdurauf Fitrat, Usmonxon 
Eshonxo’jaеv, Inomjon Xidiraliеv, Rahim Inog’omov va boshqalar ham 
«bosmachilik»ning mohiyatiga to’g’ri baho bеrganlar va uni milliy ozodlik va istiqlol 
uchun kurash dеb talqin etganlar. Shu boisdan ham ular 30-yillarda qatag’on 
qilichidan o’tkazilganlar. 
Turkiston tarixining bilimdoni, «bosmachilik urushi» ishtirokchisi Axmad Zakiy 
Validiy (To’g’on) fikricha, «Bosmachilik harakati Turkistonda 1918-1923 yillar 
oxirida faol harakatlarga ega holda butun quvvatini o’ziga jalb etib o’rtaga chiqqan 
muazzam ozodlik harakatdir»
1
2

Download 5,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish