1
1
1
7
7
7
hissiyot va qiziqishlarini qo’zg’atuvchi ta‘sirlarga e‘tibor beradilar, muhim bo’lsa ham hayajon uyg’otmaydigan
narsalarga e‘tibor bermaydilar. Bolalarning kattalar e‘tibor bermaydigan narsalar tafsilotini payqab olishlari shu
bilan tushuntiriladi, chunki ular uchun bu jiddiy ahamiyatga ega. Shunga ko’ra bolalarni tabiatshunoslik ob‘ektlari
bilan tanishtirib borishda ularning jozibaliligiga, go’zalligiga alohida e‘tibor bermoq zarur.
Tabiatga ekskursiyalar, olingan materiallarni to’plash va ishlash, tirik burchakdagi mashg’ulotlar, sinfdan
tashqari o’qishlar tabiatshunoslik darslarida boshlangan o’quvchilarning estetik tarbiyasini to’ldirishi hamda
chuqurlashtirishi kerak.
Estetik tarbiyada ko’rgazmali qurollarni (suratlar, sxemalar, jadvallar, mulyajlar, maketlar, gerbariylar,
hayvonlar tuxumlarini) to’g’ri tanlash katta ahamiyatga ega. Ular chiroyli, jozibador, qiziqishni qo’zg’atuvchan
bo’lishi kerak. Bunday qurollardan foydalanish badiiy didu farosatni rivojlantiradi, materialni yaxshiroq
o’zlashtirish va esda saqlab qolishga yordam beradi.
Estetik tarbiyaning samarali vositalaridan biri tabiatshunoslik darslarida mashhur rassomlar chizgan
suratlarning nusxalaridan foydalanish va o’qituvchining badiiy asarlaridan parchalarni sharhlab o’qishidir, chunki
tabiatni shoirona qabul qilish, uni chuqurrok tushunish hamda go’zalligini his etishga yordam beradi.
Bolalarning estetik hislarini rivojlantirishga, didu farosatlarini shakllantirishga va bilim doiralarini
kengaytirishga tabiatga ekskursiyalar o’tkazish katta ta‘sir ko’rsatadi. Tabiatni o’rganish uni estetik qabul qilish
bilan uyg’unlashishi kerak, chunki kishi tabiatni qancha chuqurroq idrok qilsa, shuncha u insonga shodlik
bagishlaydi, uning oldida tabiat har tomonlama namoyon bo’ladi.
Bolalarda tabiatdagi mehnatga ijodiy munosabatni (maysazorlar, xiyobonlar, istirohat bog’larini
shakllantirish) tarbiyalash kerak. Jonli tabiat burchagi, o’quv-tajriba uchastkasidagi ishlar, uy vazifasi va yozgi
topshiriqlarni rasmiylashtirish, sinfdan tashqari ishlar (sinfdan tashqari o’qish uchun kitoblar tanlash, ko’rgazma,
ertaliklar tashkil qilish va h. q) shunga xizmat qilishi mumkin. Biroq barcha e‘tibor faqat tabiat ob‘ektlari bilan
zavqlanishga qaratilsa, estetik tarbiya ta‘sirli bo’lmaydi. Estetik tarbiyaning vazifasi:
- tabiatda go’zallikni ko’rishgina emas, balki uni idrok etishga, ya‘ni estetik qabul qilishni idrok etish
bilan bog’lashga;
- tabiatda go’zallikni bunyodga keltirish va uni muhofaza qilishga, ya‘ni estetika bilan mehnat
madaniyatini bog’lashga;
— tabiatda hamda jamiyatda xulq-atvor hamda muomala madaniyati qoidalariga rioya qilishga, ya‘ni
estetika bilan etikani bog’lashga o’rgatishdir.
Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida estetik tarbiya har tomonlama, rejali ravishda, o’quvchilarning
tabiat bilan muloqotda bo’lishlarining barcha shakllarini hisobga olgan holda olib borilmog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: