O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


II  b o b. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/87
Sana30.12.2021
Hajmi1,2 Mb.
#91909
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87
Bog'liq
tabiatshunoslikni oqitish metodikasi

II  b o b. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining 
nazariy asoslari 
 


 
 
 
1
1
1
4
4
4
 
 
 
3-mavzu. Tabiatshunoslikni o’qitishning ta‘lim-tarbiyaviy 
vazifalari 
  R E J A : 
 
1.  Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash. 
2.  Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarning moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish. 
3.  Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash.  
4.  Ta‘lim jarayonida o’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash.  
 
Tayanch  iboralar:  «bilish»,  «kuzatuvchanlik»,  «vatanparvarlik»,  «baynalmilalchilik»,  «mantiqiy  tafakkur», 
«ijodiy faoliyat», «moddiy dunyoqarash», «amaliy faoliyat», «ekologik tarbiya», 
axloqiy tarbiya», «estetik tarbiya». 
 
Bolalarning  atrofimizdagi  olamni  muntazam  o’rganib  borishlariga  asoslanib,  kichik  yoshdagi 
o’quvchilarda tabiat to’g’risida, o’z joyi va barcha mamlakatning tabiiy boyliklari to’g’risida bir butun tasavvur 
shakllantirish  kerak.  O’quvchilar  Vatanimizning  tabiiy  boyliklaridan  odamlar  o’zlarining  mehnat  faoliyatlarida 
qanday  foydalanayotganliklari  bilan  tanishishlari  lozim.  Bunda  bolalarga  odamlar  mehnati  atrof  tabiat  bilan 
chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsatish g’oyat muhimdir. 
SHu talablarga ko’ra kichik yoshdagi o’quvchilarga: 

 
jonli va jonsiz tabiat to’g’risida aniq bilimlar berish, ylarning o’zaro bog’liqligini ochib berish; 

 
odam organizmi va uning salomatligini saqlash to’g’risida ma‘lumotlar berish; 

 
tabiatda  kuzatishlar o’tkazish o’quvi va  ko’nikmalari bilan qurollantirish; 

 
tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyligini ko’paytirishga qaratilgan insonning mehnat faoliyati bilan 
tanishtirish; 

  jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash. 
Umumta‘lim  va  hunar  maktablarini  isloh  qilishning  asosiy  yo’nalishlariga  muvofiq  tabiatshunoslik 
dasturiga  kiritilgan  o’zgarishlar  ko’rsatilgan  vazifalar  bilan  bir  qatorda  tabiatshunoslik  kursida  o’quvchilarning 
ekologiya, mehnat va gigiena tarbiyasiga e‘tiborni yanada kuchaytirishni, «har bir o’quvchi gigiena va meditsina 
sohalarida  minimum  bilimni  egallash,  yoshligidan  o’z  organizmini  bilishi,  uni  tartibli  saqlay  olishi»  uchun 
sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi. 
Tabiatshunoslikni  o’qitish  jarayonida  dunyoni  ilmiy  tushunish  asoslarini  shakllantirish  uchun  tabiatga 
insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go’zallikni tushunishni tarbiyalash kerak. 
Zamonaviy  pedagogika  ta‘lim  va  tarbiyaga  tarbiyalovchi  ta‘lim  deb  atalmish  yagona  jarayonning  ikki 
tomoni deb qaraydi. Ta‘limning tarbiyalovchilik harakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham 
tabiatshunoslikni  o’qitish  o’qituvchiga  o’quvchilar  tafakkurini,  ularning  ijodiy  va  bilish  faolligini  rivojlantirish 
uchun boy material beradi. Tabiatshunoslik bo’yicha barcha mavzular kompleks tarbiya masalarini aks ettiradi. 
O’quvchilarga  bilimni  bayon  qilish  metodlari  ham  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega,  o’quvchilarning  barcha 
faoliyatlari bilimlarni o’zlashtirish jarayoni bilan bog’liqdir. 


 
 
 
1
1
1
5
5
5
 
 
 
SHu  munosabat  bilan  ham  tabiatshunoslikni  o’qitish  o’qituvchi  uchun  tarbiyaviy  ishlarga  katta 
imkoniyatlar  beradi.  Tabiatshunoslikni  o’qitishda  og’zaki,  ko’rgazmali,  amaliy  va  boshqa  metodlardan 
foydalaniladi. Bolalarning ijodiy faolligi, individual  qobiliyatlarini ochishga  qaratilgan  metodlar tobora  ko’proq 
qo’llanilmoqda. 
Tabiatshunoslik  bo’yicha  mashg’ulotlarni  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  tadbirlar:  ochiq  havodagi 
o’yinlar, o’lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas bog’lamoq zarur. 
Bularning  hammasi  o’qituvchiga  tabiatshunoslik  bo’yicha  o’quvchilar  bilan  shug’ullana  borib,  ularni 
faqat  yaxshi  bilim  olishgagina  emas,  balki  ular  shaxsini  shakllanishiga  ta‘sir  ko’rsatishga  ham  imkon  beradi. 
Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishning maqsadi — botanika, zoologiya, ekologiya, anatomiya, fi-
ziologiya, gigiena, jo’g’rofiya fanlarining elementar asoslarini berishdir. 
Tabiatshunoslik    darslari  —  bu  mehnat  tarbiyasi  maktabi  hamdir.  Aniq  misollarda  o’quvchilarni  odam 
mehnati  —  uning  jismoniy  va  ma‘naviy  sihatligining  manbai  ekanligiga  ishontirib,  o’qituvchi  mehnatga 
muhabbatni, astoydil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatini tarbiyalaydi. Bu 1-sinfda «Maktab xodimlari 
mehnatiga  hurmat»,  «Maktaboldi  uchastkasidagi  ishlarda  qatnashish»,  «Ishlab  chiqarishda  band  odamlarning 
kasblari»;  2-sinfda  «Kun  tartibidagi  mehnatning  turlari»,  «Maktab  mulkiga  ehtiyotlik  munosabati»,  «Xona 
o’simliklarini  parvarish  qilish»,  «Qurilishlarda,  zavod  va  fabrikalarda  ishlovchi  odamlarning  kasblari», 
«Mavsumlar bo’yicha maktaboldi uchastkasidagi ishlar»; 3-sinfda «Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish 
bo’yicha odamlar mehnati», «Mehnat va dam olish rejimi (tartibi)», «Dalada, borda, polizda odamlar mehnati», 
«Maktaboldi  uchastkasida  odamlar  mehnati»,  «Foydali  qazilmalarni  olish»;  4-  sinfda  «CHo’llarda,  dashtlarda, 
o’rmonda,  tog’larda,  tundrada  odamlar  mehnati»,  «Yer  osti  boyliklari,  suv,  havo,  o’simliklar,  hayvonlar 
muhofazasi bo’yicha odamlar mehnati» mavzularidir. Shunday qilib mehnat mavzusi o’quvchilarning tarbiyasida 
katta o’rin egallaydi. 
Tabiatshunoslik  o’zining  mazmuni  va  metodlari  bilan  o’quvchilarni  har  tomonlama  tarbiyalash  uchun 
cheksiz imkoniyatlarga ega. 
Tabiiyot  —  dunyo  fani  va  shuning  uchun  ham  tabiatshunoslik  darslari  o’quv  materiali  mazmunini 
yetkazishning  o’ylab  chiqilgan  metodikasini  talab  qiladi,  uning  asosiy  maqsadi  bilimlar  yig’indisini  faqat  esda 
qoldirish bo’lib qolmasdan, balki ularni ishonchga aylantirish hamdir. Ishonch insonlarga, atrof olamga bo’lgan 
munosabatda,  odatlarda,  ish  tutishda,  xulq-atvorda  namoyon  bo’lishi  kerak.  Bunda  birinchi  o’ringa 
tabiatshunoslikning turmush bilan aloqasi chiqariladi.  
Bu  vazifalarni  osonlashtirish  uchun  ko’rgazmali  materiallardan,  diafilmlardan,  markaziy  va  mahalliy 
davriy  matbuot  materiallaridan,  kino  va  telefilmlarni  (ularning  o’qituvchi  bilan  birga  ko’rganlaridan  keyin) 
muhokama  qilishdan,  Mehnat  Veteranlari,  mashhur  paxtakorlar,  chorvadorlar,  ishlab  chiqarish  ilg’orlari 
to’g’risida hikoya qiluvchi kitoblardan, stendlardan   keng  ko’lamda  foydalanmoq  lozim. 
Tabiatshunoslik  vositasida  amalga  oshiriladigan  kompleks    tarbiya    faqat  darslardagina    emas,  balki 
o’quvchilarning  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  faoliyatlarida  (ekskursiya,  sinfdan  tashqari  mashg’ulot, 
maktaboldi uchastkasidagi ishlar va boshqalarda) ham muntazamlilik hamda rejalilikni talab qiladi. 
Jonajon  o’lka  tabiati  —  daryolar,  tog’lar,  o’rmon  massivlari  to’g’risidagi  matnlarni  o’rgana  turib, 
mamlakat  hamda  jumhuriyatning  xalq  xo’jaligi  uchun  ularning  ahamiyatini  ta‘kidlab  o’tish  zarur.  Bunday 


 
 
 
1
1
1
6
6
6
 
 
 
ma‘lumotlar vatanparvarlik hissini, Vatan bilan iftixorlanishni tarbiyalaydi va o’quvchilar tarbiyasida muhim omil 
hisoblanadi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish