Farmakologiya


Antixolinesteraz dori vositalari



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Antixolinesteraz dori vositalari
Bularga xolinesteraza fermentining faolligini pasaytirib,
asetilxolinning sinapsda parchalanishi (gidrolizi)ning oldini
oladigan va uning sinaps bo‘shlig‘ida yig‘ilishiga sabab bo‘ladigan
va shu tufayli xolinoretseptorlarning qo‘zg‘alishini ta’minlaydi-
gan preparatlar kiradi. Demak, ular ham M va N-xolinomi-
metiklarga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi, lekin bu ta’sir mediator
asetilxolin orqali amalga oshiriladi.
Ular qo‘llanilishi va ta’sirining davomiyligiga ko‘ra ikki
guruhga bo‘linadi:
— vaqtinchalik ta’sir etuvchi vositalar: fizostigmin, proze-
rin, galantamin va boshqalar;
— uzoq muddatli yoki qaytmas ta’sirga ega fosfororganik
birikmalar: xlorofos, tiofos va h.k.
Antixolinesteraz vositalarning bilvosita — M-xolinomi-
metik ta’siri bir qator silliq mushaklarning (hazm yo‘llari,
bronxlar, o‘t yo‘llari, siydik qopi) qisqaruvchanligi va tonusi
oshishi bilan namoyon bo‘ladi (5-rasm). Òerapevtik dozalarda
ular bradikardiya, katta dozalarda taxikardiya keltirib chiqa-
radi. Arterial bosim pasayadi, bronxlar, hazm yo‘llari, ter
bezlari sekretsiyasini kuchaytiradi. N- xolinomimetik ta’siri
nerv-mushak o‘tkazuvchanligida, vegetativ gangliylarda sodir
bo‘ladi. Kichik dozalarda skelet mushaklari va vegetativ


80
gangliylardagi qo‘zg‘alish impulslarining o‘tishini yengillash-
tiradi, katta dozalarda esa susaytiradi. Ular markaziy nerv
tizimiga ta’sir qilib, kichik dozalarda uni qo‘zg‘atadi, katta
dozalarda esa susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘z qorachig‘ini toraytiradi (mioz), bu ko‘z rangdor
pardasida joylashgan aylanma silliq mushaklarning qisqarishiga
bog‘liq. Ko‘zning ichki bosimi pasayadi, chunki aylanma
mushaklarning qisqarishi ko‘z rangdor pardasining yupqala-
shishiga olib keladi va u tortiladi. Natijada rangdor parda asosida
joylashgan Fontan bo‘shlig‘i hamda Shlemm kanali kengroq
ochiladi va ko‘zning old kamerasidagi ichki suyuqlik ko‘proq
chiqishi hisobiga ko‘zning ichki bosimi tushadi. Ko‘zning
masofaga moslanishi (akkomadatsiyasi) spazmga uchraydi.
Ko‘zning kiðriksimon tanasi mushaklarining qisqarishi Sinn
boylamlarining bo‘shashishiga olib keladi, natijada ko‘z gavhari
qalinlashib, yumaloq shaklga kiradi. Oqibatda, ko‘rish nuqtasi
yaqinlashadi. Odam yaqinni yaxshi ko‘rib, uzoqni aniq ko‘rol-
maydi.
Antixolinesteraz moddalar ichak va siydik qopi atoniyasida,
glaukomani davolashda qo‘llaniladi. Miasteniyada, kuraresi-
monlar ta’sirli preparatlarining antagonisti sifatida ishlatilishi
nerv-mushak sinapsidan impuls o‘tishini yengillatishiga asoslan-
gan. Poliomiyelitlarning asoratlarini va qator nevrologik
buzilishlarni davolashda ishlatiladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish