Farmakologiya


Dezoksiðeganin gidroxlorid



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Dezoksiðeganin gidroxlorid. O‘zbekiston Fanlar akademiya-
sining o‘simlik moddalari kimyosi instituti xodimlari tomonidan
isiriqdan ajratib olingan alkaloid bo‘lib, uning farmakologiyasi
to‘la o‘rganilgan. Preparatning qaytadigan antixolinesteraz ta’siri
aniqlangan. U yarimfalajlik, mushaklarning bo‘shashib qolishida
(miasteniya), poliomiyelit, nevrit, polinevrit kasalliklarida qo‘l-
laniladi.
Uzoq muddat ta’sir etadigan antixolinesteraz preparatlarga,
asosan, fosfororganik birikmalar—FOB (xlorofos, dixlofos,
butifos va h.k.)ga kiradi. Ular qishloq xo‘jaligida va uy sharoitida
zararkunandalarga qarshi ishlatilganda zaharlanish holatlari
uchrab turadi. Zaharlanish har xil yo‘llar orqali (teri, me’da-
ichak, nafas yo‘llari) yuz berishi mumkin. FOBlar liðofil
bo‘lgani uchun qonga yaxshi so‘riladi va xolinesteraza fermentini
to‘sib, asetilxolinning sinapslarda yig‘ilishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun ular bilan zaharlanganda M- xolinomimetiklar
bilan zaharlanish natijasida bo‘ladigan o‘zgarishlar (ko‘z
qorachig‘ining torayishi, bradikardiya, qusish, ich ketishi va
boshqalar) kelib chiqadi.
FOBlar bilan o‘tkir zaharlanishda shoshilinch choralar
ko‘rish darkor. Agar ular teriga yoki shilliq pardaga tushgan
bo‘lsa, natriy bikarbonatning 3—5 % li eritmasi (1 stakan suvga
2 choy qoshiq soda) bilan yaxshilab yuviladi, me’da-ichak
orqali tushgan bo‘lsa (qusish va ich ketish hollari bo‘lmagan


82
taqdirda), me’da qayta-qayta yuviladi, shimib oluvchi (karbo-
len) va surgi dorilar (tuzli surgilar) beriladi. Agar zaharlanish
nafas orqali sodir bo‘lsa, bemorni toza havoga olib chiqish
kerak. Qonga so‘rilgan FOBni tanadan chiqarib yuborish maq-
sadida peshob haydaydigan preparatlar (laziks), dezintoksi-
katsiyalovchi suyuqliklar (gemodez) va boshqalar yuboriladi.
Shu tadbirlar bilan birga FOBlarning antagonistlari bo‘lgan M-
xolinoblokatorlar (atropin sulfat) va xolinesterazaning reakti-
vatorlari yuborilishi tavsiya etiladi.
Òibbiyot (oftalmologiya) amaliyotida FOBlar guruhiga taal-
luqli armin preparati kichik konsentratsiyada (0,01%) ko‘z
tomchisi sifatida ishlatiladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish