Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

2- rasm. Vegetativ innervatsiya sxemasida xolinetik va
adrenergik nervlar.
Bos
h
 m
iy
a
Ta
rak
o
—l
yu
m
b
al
 b
o
‘l
im
Sa
kr
al
 b
o
‘l
im
i
Or
qa
 mi
ya
Ko‘z
So‘lak bezlari
Soch
Ter bezlari
Yuza arteriyalar
Yurak
Jigar
Me’da
Taloq
Ichki organlar
arteriyalari
Ingichka ichak
Buyrakusti bezlari
Yo‘g‘on ichak
To‘g‘ri ichak
Jinsiy bezlar
arteriyalari


75
Sinapslar deb, nerv oksonlarining (tolalar) nerv hujay-
rasi va organ to‘qimalari bilan tutashgan joyiga aytiladi.
Zamonaviy tushuncha bo‘yicha nerv tolalarining oxiri
presinaptik parda bilan chegaralanadi. Bu parda esa bo‘shliqda
(depo) ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalarni — media-
torlarni saqlaydi. Innervatsiya qilinadigan a’zoning shu sathida
postsinaptik parda bo‘lib, u turli kimyoviy moddalar (media-
torlar, dori moddalari) bilan reaksiyaga kirishish xususiyatiga
ega. Bu postsinaptik parda  retseptorlar deb yuritiladi.
Presinaptik va postsinaptik pardalar orasida bo‘shliq bo‘lib,
u sinaptik bo‘shliq deyiladi. Bu bo‘shliqning asosiy vazifasi nerv
tolasi oxiridan (depodan) chiqadigan kimyoviy moddalar —
mediatorlarni joylashtirishdan iborat.
1921-yilda avstraliyalik farmakolog O. Levi tomonidan
oddiy, lekin ahamiyatga sazovor bo‘lgan tajriba o‘tkazildi. Ikki
baqaning yuragi Shtraube usuli bo‘yicha ajratib olinib,
ozuqaviy suyuqlik (Ringer-Lokk) solingan umumiy kanyulaga
o‘rnatiladi va ularning qisqarishi kimograf tasmasiga yoziladi.
Birinchi yurakka kelayotgan yurakni tormozlovchi adashgan
nerv tolasi kuchsiz elektr toki bilan qo‘zg‘atiladi. Natijada
birinchi yurakning qisqarishi zaiflashib, asta-sekin to‘xtaydi
(3-rasm).
Biroz vaqt o‘tgach ikkinchi yurakning faoliyati ham o‘z-
o‘zidan zaiflashadi va nihoyat, to‘xtaydi. Bu hodisani Levi
quyidagicha ta’riflaydi. Birinchi yurakning adashgan nervi
3-rasm. Î. Levining baqaning ajratib olingan yuraklari ustida
o‘tkazgan tajribasi:
— Ringer-Lokk eritmasi; — baqa yuraklari; — birinchi baqa
yuragiga kelayotgan vagus nervini kuchsiz elektr toki bilan
qo‘zg‘atish;  — yuraklar  qisqarishini  yozish.
Qo‘zg‘alish
1
2
3
4


76
qo‘zg‘atilganida uning oxiridan ajraladigan kimyoviy modda
oldin birinchi yurakka ta’sir etganidan so‘ng (yurak to‘xtashi)
Ringer eritmasi orqali ikkinchi yurakka o‘tib, unga ham
tormozlovchi ta’sir etadi. Boshqacha qilib aytganda, adashgan
nervning postganglionar qismi oxiridan impulslarning yurakka
o‘tishi kimyoviy modda ishtirokida bajariladi. Bu kimyoviy modda
nerv oxirida ishlab chiqariladi, ular mediatorlar deb ataladi.
Bu nazariya tufayli ko‘pchilik dorilarning ta’sir mexanizmi
aniqlandi. Shu asosda yangi-yangi shifobaxsh dori moddalari
olindi. Shunday mediatorlar vegetativ nervlar tugunchasida va
nerv-mushak sinapsida ham borligi aniqlandi. Keyinchalik esa
markaziy nerv tizimidagi sinapslarda ham mediatorlarning
qatnashishi aniqlandi.
Simpatik va parasimpatik nervlarning preganglionar qismi-
dan gangliyga impuls o‘tishida va postganglionar parasimpatik
nervlardan a’zolarga impuls uzatilishida mediator sifatida
asetilxolin moddasi qatnashadi, simpatik nervning postgang-
lionar qismidan a’zoga impuls o‘tishini noradrenalin va adre-
nalin ta’minlaydi.
Asetilxolinning postsinaptik pardaga ta’siri uzoq cho‘zil-
maydi. Chunki u xolinesteraza (asetilxolinesteraza) fermenti
ta’sirida gidrolizlanib, xolinga va sirka kislotasiga parchalanadi.
Hosil bo‘lgan xolinning taxminan 50% i presinaptik parda
orqali qaytadan depoga o‘tib, sitoplazmaga yig‘iladi va asetil-
xolin biosintezida qatnashadi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish