26
II-BOB
Tarkibida polisaharidlar bo’lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar
2.1 TARKIBIDA POLISAHARIDLAR BO’LGAN DORIVOR O’SIMLIKLAR
VA MAHSULOTLARNI O’RGANISH
Maqsad:
1.Polisaxaridlar haqida tushuncha.Polisaxarid saqlovchi dorivor o’simliklar va
maxsulotlarni o’rganish:
2.Gulxayri ildizi - radices Althaeae ni makroskopik va mikroskopik tahlil qilish:
4. Zig'ir urug'i - Semina Lini ni makroskopik tahlil qilish:
Darsning mazmuni:
1.Polisaxaridlar haqida tushuncha.Polisaxarid saqlovchi dorivor o’simliklar va
maxsulotlar.
Polisaxaridlar
– monosaxaridlar qoldiqlaridan tashkil
topgan yuqori molekulali
uglevodlardir. Ular biopolimerlarning muhim guruhlaridan biri bo’lib, o’simlik va
hayvonot dunyosida keng tarqalgan. Bu birikmalarning parchalanishi natijasida oddiy
uglevodlar – monosaxaridlar (ba’zan disaxaridlar ham) hosil bo’ladi.
Keyinchalik
oraliq birikma bo’lgan disaxaridlar ham monosaxaridlarga bo’linadi.
Polisaxaridlar (gomoglikozidlar) quyidagi guruxlarga bo’linadi:
1. Kristall holidagi polisaxaridlar (oligosaxaridlar yoki qandsimon polisaxaridlar).
Oligosaxaridlar geksozalar va pentozalardan tashkil topgan kristall holdagi, shirin,
suvda yaxshi erishi natijasida haqiqiy eritma hosil qiladigan hamda molekula og’irligi
turg’un bo’lgan moddalardir.
2. Yuqori molekulali polisaxaridlar (qandsimon bo’lmagan
polisaxaridlar, poliozlar).
Bu birikmalar mazasi shirin bo’lmagan, suvda erimaydigan yoki suvda erigan holda
kolloid eritma xosil qiladigan yuqori molekulali birikmalar – polimerlardir.
Yuqori
polisaxaridlar glikozidlarga o’xshash efir tipidagi birikmalar bo’lib, gidroliz natijasida
oligosaxaridlar va monosaxaridlarga parchalanadi.
3. Pektin moddalar. Bular uglevodlardan galakturon kislota qoldiqlarini o’zaro 1>4
glikozid tipida birikishidan xosil bo’lgan polimerdir. Ularning molekulyar massasi
27
200.000 ga yaqin. Suvda eriydi, eritma sovutilsa quruq massa – jelega aylanadi.
Yuqori molekulali polisaxaridlar o’z navbatida ikki guruhga bo’linadi:
a) gomopolisaxaridlar – bir xil qand koldiqlaridan tashkil topgan ya’ni
glyukozadan
tashkil topgan glyukanlar (kraxmal, glikogen,
dekstrin, tsellyuloza, laminaran),
fruktozadan tashkil topgan polifruktozanlar (inulin),
mannozadan tashkil topgan
mannanlar, galaktozadan tashkil topgan galaktanlar va boshqa birikmalar;
b) geteropolisaxaridlar ikkita turli qand qoldiqlaridan (glyukoza va mannozadan) –
glyukomannan – eremuran; galaktoza va mannozadan (galaktomannanlar),
bir necha
xil monosaxarid qoldiqlaridan (o’simlik shilliq moddalari, daraxt yelimlari), geksuron
(galakturon) kislotalardan (pektin moddalar u yoki ba’zan
qand qoldiqlari bilan
uglevod bo’lmagan birikmalar (aminokislotalar, peptidlar va boshqalar) ishtirokida
tashkil topgan birikmalar. Polisaxaridlardan bo’lgan kraxmal, shilliq moddalar, daraxt
yelimlari va pektin moddalar tibbiyotda hamda farmatsevtika sohasida ishlatiladi. Bu
birikmalarning kimyoviy tuzilishi va xossasi turlicha bo’lganligi
uchun tahlil qilish
usullari ham turlichadir.
Do'stlaringiz bilan baham: