O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


III. 3. Rang-tus bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/40
Sana10.03.2023
Hajmi0,87 Mb.
#917905
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari

III. 3. Rang-tus bildiruvchi sifatlarning semantik va uslubiy
xususiyatlari. 
Tilimizda 
oq, qizil, qora, ko`k, sariq, zangori, yashil, malla, pushti, moviy, 
qirmizi, sapsar, qo`ng`ir
kabi so`zlar alohida leksik-semantik guruhni tashkil 
etadi. Bunday sifatlar rang-tus bildiruvchi sifatlar deyiladi. Bizga ma’lumki, 
ranglar belgi bildirishi bilan birga, turli ramziy ma’nolarni ham bildiradi. Oq 


61 
rang qadimdan poklik, ezgulik, yorug`lik kabi ramziy ma’nolarni bildiradi. 
“O`zbek tilining izohli lug`atida” oq sifati qor, sut, paxta ranglarini bildirib, oq 
doka, oq qog`oz, oq non kabi narsa va predmetlarni belgisini bildirishi aytiladi.
Oq tusga moyil, tiniq yuz, badan tusini bildirish uchun ham oq rangi qo`llanadi: 
Oq badan,oq tanli,oq yuzli. Xotin o`tirmoqchi bo`lgan edi,parangi ichidan uning 
atlas kuylaklari va nafis oq qo`llari ko`rinib ketdi. Qo`lini sovuq suvga 
urmaydigan, faqat o`ziga oro beradigan ayollarga nisbatan “
Oq bilak”
iborasi 
qo`llanadi. Bu iboradagi oq so`zi rang-tus ma’nosidan cheklanadi. Oq so`zi 
boshqa rang bildiruvchi so`zlarga nisbatan ibora, maqol, matallarda asosan 
ko`chma ma’noda qo`llanadi. Masalan: 
oq ko`ngil, oq qilmoq, oq yuvib, oq 
taramoq, oqpadar, oq-qorani tanigan, ko`zining oqu qorasi, manglayi oq 
bo`lsin,oq sutini oqqa, ko`k sutini ko`kka sog`moq, kosasi oqarmagan, oq-
qorani tanimoq kabi.Bizning maqsadimiz – kishilarga ong, tushuncha bermoq
toki har bir kishi yaxshilik va yomonlikni, oqu qorani o`zi ajrata oladigan 
bo`lsin! – dedi Elmurod
. (P.Tursun)
Ko`zining oq-u qorasi
birikmasidako`chma ma’noda farzand oq-qora sifati
ma’nosida kelgan jurt sifat bo`lib, yakka-yu yagona degan ma’noni bildiradi.
Manglayi oq bo`lsin iborasiagi oq so`zining semantik xususiyati yaxshilik 
niyatida qilingan olqish, duo ma’nosini ifodalagan. 
Toleng toabad bo`lmasin qora, 
Manglaying oq bo`lsin, yarqiroq bo`lsin. (A.Oripov)
Oq sutini oqqa, ko`k sutini ko`kka sog`moq
iborasi bergan sutiga, 
boqqaniga norozi bo`lib, undan yuz o`girmoq ma’nosini bildiradi.
O`zbek oyim: 
–Endi menga mundoq o`g`il kerak emas.. Oq sutimni oqqa, ko`k sutini ko`kka 
sog`dim. Endi Toshkentga kelmasin.
(A.Qodiriy) Yana shunday iboralardan biri 

kosasi oqarmagan”
iborasi bo`lib, bu iborani topganiga baraka kirmagan, biri 
ikki bo`lmagan kishilarga nisbatan qo`llanadi.
Ikromjon bundoq o`ylab qarasa, 
bu artist mijoz sherigi bilan ishlaydigan bo`lsa, sira kosasi oqarmaydigan.
(S.Ahmad)


62 
O`zbek tilshunosligida oq rangi asosida shakllangan so`zlar talaygina. Oq 
yo`l, oq ko`ngil, oq manglay kabi so`zlarda oq so`zi asl ma’nosidan cheklanib, 
ko`chma ma’noda kelgan. Oq rangi asosida shakllangan so`zlar lug`at 
boyligimizni yanada boyitib, semantik xususiyatini oshiradi.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish