International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS
68
http://interonconf.com
ikkimchidan, o’qituvchining ham professional o’sishiga, ham ma’naviy rivojlanishiga
yordam beradi.
Pedagogik faoliyatda natijalar bilan bir qatorda ushbu natijalarga erishish jarayoni ham
muhim, qimmatlidir. Bevosita natijaga erishish jarayoniga pedagog o’z mahoratidan kelib
chiqib, zamonaviy o’qitish vositalaridan foydalanadi. Zamonaviy o’qitish vositalari - bu
o’qitish jarayonida qo’llaniladigan didaktik vositalar (tarqatmalar, ko’rgazmalar, chizmalar,
sxemalar va h.k.) va electron vositalaridir (apparatli, dasturli va axborotli komponentlar,
audio va video darsliklar, electron darsliklar, electron kutubxonalar, veb-saytlar, electron
matnlar va h.k.).
Boshlang’ich ta’limda o’rganiladigan (ona tili, o’qish, matematika, atrofimizdagi olam
va sh. kabi.) o’quv fanlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash mumkinmi?
Boshlang’ich ta’limda axborot texnologiyalarining qo’llanilishi boshlang’ich sinf
o’quvchilarining ta’lim-tarbiya olishida, dunyoqarashi va ma’naviyatini boyitishda, tez
o’zgarib borayotgan globallashuv jarayonida axborotning tutgan o’rni va bajaradigan
funkciyalarining ahamiyatini tushunib yetishiga yo’naltirilishi kerak.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini boshlang’ich sinflarda to’g’ri va samarali
qo’llanilishi quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- o’quvchilarning o’quv bilish jarayonidagi faoliyatini faollashtiradi;
- ta’lim sifati, o’zlashtirish samaradorligini oshiradi;
- boshlang’ich ta’lim o’quv fanlarida qo’llash uchun mo’ljallangan zamonaviy axborot
o’quv-metodik materiallarning turli variantlari ishlab chiqiladi;
- zamonaviy axborot o’quv-metodik materiallaridan foydalanish orqali ta’lim
maqsadlariga to’liqroq erishiladi;
- o’quvchilarda mustaqil ta’lim olish, o’zini-o’zi nazorat qilish ko’nikmalarini
rivojlantiradi;
- o’quvchilarda ta’lim olishning qulaylik darajasi oshadi va didaktik qiyinchiliklar darajasi
pasayadi;
- kompyuter bilan muloqotga kirisha olish (havfsizlik qoidalariga rioya qilish,
kompyuterdan foydalanish gigienasi va etikasi, ta’lim resurslaridan foydalanish etikasi,
axborotlarni izlash va ta’lim olish uchun qo’llay olish va h.kabi) ko’nikmalari paydo bo’ladi;
- o’quvchilarda axborot kommunikacion bilish qobiliyati, hayotda foydalana olish
ko’nikmalari rivojlanib boradi.*1;14+
Axborot texnologiyaning asosiy mohiyati ta`limda o`quvchilarni qiziqtirib o`qitish va
bilimlarni to`liq o`zlashtirishga erishishdir. Ta`limda berilayotgan bilimlarni o`quvchilarning
aksariyat ko`pchilik qismi puxta o`zlashtirishi pedagogik texnologiyani joriy etishning asosiy
maqsadi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya asosida dars o`tishda eng asosiy talab o`quvchining hayotiy
tajribasi avval o`zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni ko`zda tutadi.
Pedagogik texnologiya o`rganilayotgan soha bo`yicha o`quvchilarda bilim etarlicha
Do'stlaringiz bilan baham: |