Xabarchi qurilmalar.
Jarayonda ishtirok etuvchi parametrlarni kuzatish va
nazorat qilishda bevosita o‘lchanayotgan muhitga kiritilgan va parametrning
o‘zgarishi haqida ma’lumotlarni sezib, uni o‘lchov zanjirining keyingi elementi
qabul qilishi uchun qulay bo‘lgan signallarga aylantirib beruvchi - xabarchi
qurilmalar muhim o‘rin egallaydi. Xabarchi qurilmalari o‘lchanayotgan
kattalikning
turiga
qarab
tegishli
nomlarga
ega
bo‘ladi,
masalan,
termodatchiklar, bosim datchiklari (manometrlar), sarf o‘lchagichlar, sath
o‘lchagichlar, gaz analizatorlari va xokazo.
Mikroprotsessor (MP)ning funksional tuzilishi va ishlash prinsipi 3.2.1-
rasmda keltirilgan. MP ning kirishiga ma’lumotlar massivi D berilib, bu
massivga ma’lum (
x
) programma asosida ishlov beriladi va chiqishda D`
ma’lumotlar massivi olinadi. D massivga ishlov berish uchun MP ga ikkita
asosiy qism operatsiyalar bloki (OB) va boshqaruv bloki (BB) kiritiladi. OB
berilgan ma’lumotlar ustida turli operatsiyalar (qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va
Hakozo) ni bajaradi. OB ning to‘g‘ri ishlashini BB ta’minlab turadi. Buning
uchun BB da
x
programmaning bajarilish ko‘rsatmalari boshqaruvchi signal
y
ga aylantiriladi. OB ning Holatini tekshirish uchun
u
0
signali Hosil bo‘lib, u
BB tomonidan kuzatiladi. [1,2]
158
MP ning asosiy vazifasi biror ob’ektni (masalan, displey, SHEXM
klaviaturasi, dastur asosida boshqariladigan dastgoHlar va boshqalarni)
boshqarishdan iborat bo‘lib, boshqarish ob’ekti (BO) bilan bog‘lanish uchun
kiritish chiqarish qurilmasi (KCHK) ga ega. Dastur va dastlabki ma’lumotlar
xotira qurilmasi (XK) da saqlanadi. BO dan KCHK ga uzluksiz signal beriladi.
KCHK da signal raqamli axborotga aylantiriladi va BB ga uzatiladi.
3.2.1-rasm. Mikroprotsessor (MP)ning funksional tuzilishi va ishlash prinsipi
Yana bir bishqa ta’riflaganda - xotirlovchi qurilmasi, mikroprotsessor va
kiritish chiqarish qurilmasidan iborat sistema
mikroprotsessor sistemasi
(MPS)
deyiladi. MPS sistemada axborot KCHK dan MP ga va XK ga berilishi
mukmin. Bunda axborot almashinuvi mavjud bo‘lib, u saqlanib qolishi xam
mumkin. MPS dagi barcha blok va qurilmalarning sozlanishini bir xil
chastotalar generatori ishlab chiqaradigan sinxronlash impulslari ta’minlab
beradi.
Dastur asosida ishlaydigan qurilmalarning barchasi (bir kristalli
mikrokontrolerdan tortib, mikro EXM gacha) 3.2.2-rasm, a dagi struktura
sxemasi tarzida ifodalash mumkin. Bundan SIG-standart impulslar generatori;
159
DXK-doimiy Hotira qurilmasi; OXK-operativ Hotira qurilmasi; ASH-adresslar
shinasi; MSH-ma’lumotlar shinasi; BSH-boshqaruv shinasi.
MSH informatsiyani MP dan tashqi qurilmalarga va aksincha, tashqi
qurilmalardan MP ga uztish uchun hizmat qiladi.
BSH boshqaruv signallarni uzatish uchun xizmat qiladi. SHinalardagi
liniya (sim) lar soni MP ning turiga bog‘liq. Masalan, keng tarqalgan
mikroprotsessor K580 da ASH16 ta adres liniyasi (AO-A15), MSH da 8 ta
ma’lumot liniyasi va BSH da 12 ta boshqaruv liniyasi bor. 3.2.2-rasmda K580
mikroprotsessoridagi chiqish simlarining sxemasi ko‘rsatilgan. Kiritish chiqarish
sxemalarida (ular portlar debx xam ataladi) axborotni vaqt bo‘yicha ketma-ket
yoki parallel uzatish mumkin. [1,2]
3.2.2-rasm. Dastur asosida ishlaydigan qurilmalarning struktura sxemasi
MP, XK va KCHK lar orasida ahborot almashinuvini ta’minlab beruvchi
qo‘shimcha qurilmalda va shinalar
EXM interfeysini
tashkil etadi.
MP da ma’lumotlar quyidagi tartibda yoziladi. t=t
0
vaqtda ASH ga MP
ma’lumotlar yozilishi kerak bo‘lgan OXK katagining adresini «olib chiqadi».
t
1
vaqtdan so‘ng BSH ga yozish liniyasiga taqiqlash signali beriladi.
Ahborotni o‘qish ham shu tartibda o‘tkaziladi, faqat ruxsat signali o‘qish
liniyaisga beriladi. MP uchta rejim (sinxron, asinxron va hotiraga to‘g‘ri
murojaat etish)da ishlatilishi mumkin. Sinxron rejimda MP ning murojaatlari
orasidagi vaqt bir hil va eng katta qiymatga ega. Asinxron rejimda oldingi
operatsiyalar tugashi bilan ma’lumot almashinuvi davom etadi. Xotiraga to‘g‘ri
160
murojaat etish rejimi bajarilayotgan operatsiyani tugamasidan to‘htatib, xotiraga
murojaat etish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |