Зовурлаштирилган территориянининг сув – туз баланси


Mashinalar yordamida zax qochirish



Download 9,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/91
Sana01.03.2023
Hajmi9,77 Mb.
#915374
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91
Bog'liq
bQRQb0ycafFo826gLdD1hUHQ0UQTKWedemhaizKH

Mashinalar yordamida zax qochirish
Mashinalar yordamida zax qochirish asosan zaxi qochiriladigan maydon
pasttekisliklardan iborat bo’lgan xollarda qo’llaniladi. Qabul qilgichdagi suv satxi
zaxsizlantirilayotgan maydon sitxidan baland bo’lgan yoki qabul qilgich undan uzoqda
joylashgan hollarda ham suvni mashinalar yordamida balandga olib chiqishga va uni
maxsus kanal orqali maydondan chetlashtirishga to’g’ri keladi. 
Suvni mashinalar yordamida ko’tarish ancha qimmatga tushadi, shuning uchun bu
usuldan faqat suvni oqizib chiqarish (shu jumladan qabul qilgichni rostlash va
qo’tarmalar hosil qilish) texnikaviy jixatdan mumkin bulmagan yoki iqtisodiy jixatdan
foydasiz bo’lgan xollardagina foydalaniladi. Suvni mashinalar bilan ko’tarishda zaxi
qochiriladigan maydondan so’rib chiqariladigan suv miqdorini kamaytirish uchun barcha
choralarni ko’rish (zaxi qochiriladigan pastliklarni suv bosishdan himoya qilish, yon
bag’ir va qo’shimcha kanallar qurish, ayni pastliklar orqali o’tadigan oqimlar atrofiga
ko’tarmalar qurish va x.k) lozim. Natijada melioratsiya qilish uchun kapital mablag’
sarflash ko’payib ketadi, ammo buning evaziga so’rib chiqarilishi lozim bo’lgan suv
miqdori kamayadi, binobarin, ekspluatatsiya chiqimlari hamda suvni ko’tarib beradigan
nasos stansiyasining qiymati pasayadi. 


Pastliklarning yer usti suvlari ta’sirida botqoqlanishini yon bag’ir kanallar (ushlab
qolish kanallari) qurib, yuqorida joylashgan maydonlardan keluvchi suvlarni ushlab
qolish; suv yig’iladigan maydondan oqib tushadigan suvni oqizib yuborish uchun uvatlar
ko’tarib o’zan yoki kanal qurish (25 - rasm); unda yig’ilgan suvni nasos yordamida
haydab yuborish yo’li bilan bartaraf qilish mumkin. 
Birinchi usul eng arzonga tushadi, shuning uchun ham u keng tarqalgan; ikkinchi
usul zaxi qochiriladigan pastliklar tor va daryo bo’ylab ketgan cho’zinchoq sohil
shaklida bo’lgan hollarda qo’llaniladi; uchinchi usul eng qimmatga tushadi va shu
sababli oldingi ikki usulni qo’llab bo’lmaydigan holatlardagina bu usuldan foydalaniladi. 
Suv ko’tarish stansiyasini suv ketkazish kanali uncha uzun bo’lmaydigan va toshqin
paytlarida uni daryo shikastlantirmaydigan yerlardagina joylashtirish tavsiya etiladi.
Agar zaxi qochiriladigan pastliklar bir qancha uchastkaga bo’lingan bo’lsa, har bir
uchastqadagi ortiqcha suv alohida nasos stansiyasi qurish ularning narxini va
ekspluatatsiya qilishni qimmatlashtirib yuboradi, ammo zax qochirish kanallari
o’lchamini kichiklashtirish va bir me’yorda zax qochirish imkonini beradi. 
Katta maydonda bitta nasos stansiyasi qurishning o’ziga xos kamchiliqlari bor: 1)
bosh zax qochirish kanali juda uzun va ko’ndalang kesimi katta bo’ladi, u
pastliklarning quyi qismlari orqali o’tkazilishi shart; 2) pastliklar nishabi odatda juda
qichiq bo’ladi, shuning uchun bosh kanalga sun’iy ravishda nishab berishga to’g’ri
keladi, bu esa nasos stansiyasi yaqinida kanalning juda chuqur qazilishini taqazo etadi,
natijada u qimmatga tushadi va quvvatli stansiya qurishni talab etadi.
Masalani hal qilishda ana shu usullarning hammasi asosiy texnika – iqtisodiy
ko’rsatkichlari bo’yicha chamalab qurilishi lozim. Pirovard natijada eng qulay variant
tanlab olinishi kerak. 26 - rasmda mishinalar yordamida pastliklarning zaxini qochirish
sxemasining mumkin bo’lgan variantlari keltirilgan. 
25-
расм 


Zaxi qochiriladigan uchastkaning quyi qismida, ko’tarma damba yonida
joylashtiriladigan nasos stansiyasi oldida rostlash rezervuari qurish yoki zax qochirish
kanallari sig’imini oshirish hisobiga mazkur stansiyaning quvvatini kamaytirish mumkin. 
Ko’tarma dambada suv qabul qilgichdagi suvning satxi pasaygan kezlarda ishlaydigan
suv tushirish shlyuzlari quriladi, bu ham nasos stansiyasining quvvatini kamaytirish
imkonini beradi.
Rezervuarning xajmini suv tushirish shlyuzi yopib qo’yilgandan keyin nasoslar bir
me’yorda ishlay oladigan va rezervuarga quyiladigan suv zaxi qochiriladigan maydonni
bosib ketmaydigan qilib hisoblab chikiladi. Rezervuarning o’lchamlari va xajmini
hisoblashda yana shu xisobga olinadiki, undagi suvning satxi toshqinlar yuz bergan
paytlarda zax qochirish tarmog’idagi suvning yo’l qo’yiladigan balandligidan ko’tarilib
ketmaydigan bo’lishi kerak. Rezervuardagi suvning satxi uning oqib chiqib, qisman
qamayib turishiga yo’l qo’yadigan bo’lgani ma’qul.
Rezervuar zax qochirish kanaliining shu rezervuarga kelib quyiladigan joyidagi
tubidan 0,5 – 1 m qilib loyixalashtiriladi. Oqib keluvchi loyqaning zax qochirish kanali
tubiga emas, balki rezervuar tagiga cho’qadigan bo’lishi uchun ana shunday qilinadi.
Nasos stansiyasining ishlash rejimi konkret gidrologik va qishloq xo’jalik sharoitlariga
asoslanib hisoblab chiqiladi va u yiliga 50 – 120 kunni tashqil qiladi. 
Meliorativ nasos stansiyasini bahorda bo’shatib qo’yish va tuproqda
o’zlashtiriladigan ozuqa moddalar to’planishini ta’minlovchi suv – havo hamda
mikrobiologik rejimni saqlab turish uchun bu stansiya qish davrida vaqti – vaqti bilan
ishlab turishi kerak. 
Zaxi qochiriladigan territoriyadan suvni qabul qilgichga tortib chiqarish uchun past
bosimli markazdan qochirma gorizontal va vertikal parrakli hamda vint nasoslardan
foydalaniladi. Nasos qurilmasining quvvati N
O.Q.
quyidagi formula asosida aniqlanadi: 
26-расм 




75
.
.
О
К
О
H
Q
N

(3.7) 
Bu yerda: Q – nasos qurilmasi ko’tarib beradigan suv sarfi
γ - suvning xajmiy og’irligi; 
H
0
– manometrik bosim
f
h
h
h
H
H




2
1
0

H

– so’ruvchi quvur ichiga suv kirganda bosimning isrof bo’lishi; 
H
2
– xaydash quvuridan suvning chiqish paytidagi bosimning isrof
bo’lishi; 
H
f
- quvur ichida, tirsaklarda, klapanlar va shu kabilarda bosimning
ishqalanib isrof bo’lishi

- nasosning FIK. 

Download 9,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish