Зовурлаштирилган территориянининг сув – туз баланси


Yopiq gorizontal zovur qurilishini mexanizatsiyalashtirish



Download 9,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/91
Sana01.03.2023
Hajmi9,77 Mb.
#915374
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
Bog'liq
bQRQb0ycafFo826gLdD1hUHQ0UQTKWedemhaizKH

 
Yopiq gorizontal zovur qurilishini mexanizatsiyalashtirish. 
 
 
Yopiq zovur qurilish mashinalari yaqindagina paydo bo’ldi. O’tmishda yopiq zovur
qurilishidagi quvur yotqizishdek og’ir ishlar qo’lda bajarilar edi. Shu sababli ishlab
chiqarishda usti ochiq gorizontal zovurlar qurish afzal hisoblanadi. Yopiq zovur
qurilishida transheya qaziydigan ko’p kovshli ekskavator transheyalarni loyixada
ko’rsatilgan chuqurlikda qazib beradi. Agar transheya devorlari turg’un bo’lmasa, u
taxtalar bilan mustaxkamlanadi. Agar grunt qattiq bo’lsa, quvurlar bevosita transheya

9 9-расм 
10-расм 


tagiga yotqizila beradi, lekin bunday hollarda transheya tagiga 15 sm qalinlikda shag’al
to’shash ma’qul bo’ladi. Yengil g’ovak tuproqli yerlarda transheya tubiga qalin (30 – 35
sm) shag’al to’shama solinib, quvur diametrining yarmiga qadar ana shu to’shama bilan
ko’mib qo’yiladi (11 - rasm). Oqma gruntlarda quvurlar yog’och novlarga yotqiziladi; nov
ustiga shag’al tashlangan bo’ladi. Novlar esa ko’ndalang tagliklar ustiga o’rnatiladi. 
Sopol quvurlar uchma – uch qilib yotqiziladi. Quvurlar ichiga loyqa to’lib
qolmasligi uchun ularning choklar ustida aylanasining
3
2
qismigacha tol yoki
polietilen parda bilan o’rab qo’yiladi. Suv zovur ichiga bosim ta’sirida past tomondan,
choklardagi 1 – 2 mm tirqishlar orqali kiradi (12 - rasm). 
11-расм 


Kalta (33sm) va mustaxkamlanmagan quvurlar vertikal yoki gorizontal
yo’nalishda joyidan siljib, ishdan chiqib qoladi. Ko’pincha oraliq choklargina emas,
balki quvurning ichi ham tirqish orqali kirgan ildizlar bilan to’lib qoladi. Shuning
uchun choklari mustahkam tutashtirilgan uzun quvurlardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Mug’on tajriba – melioratsiya stanshiyasida 75 – 80 sm uzunlikdagi beton va
sopol quvurlar ishlatilib, ular bir – biriga rastrub yoki xalqalar bilan tutashtiriladi.
Тutashtirilgan joylarning butun aylanasi ustidan kigiz lenta o’rab qo’yiladi va quvurlar
ustiga shag’al bostiriladi. 
Quvurlar yotqizilgandan keyin ustidan bir qavat (40 – 50 sm) tuproq bostirilib,
uning cho’kib zichlanishi uchun ustidan suv quyiladi. So’ngra transheya qazib olingan
tuproq bilan batamom ko’milib, extiyotkorliq bilan qavatma – qavat shibbalab chiqiladi.
Тransheyani joyning nishabi bo’ylab pastdan yuqori tomonga qarab kovlash tavsiya
etiladi. Sopol va asbotsement quvur – zovurlar uchun nishablik quvur ichida suvning
kamida 0,3 m../seq tezlikda oqib turishini ta’minlaydigan darajada bo’lishi tavsiya
etiladi. 
Drenajning ishi ustidan nazorat qilib turish va zovurlar ichida to’planib qolgan
oqindilarni chiqarib tashlash uchun har 150 – 200 m masofada beton quvurlardan nazorat
quduqlari quriladi.Quduqlarning tubiga beton plitalar yotqiziladi. Quduqlar tubi uning
ichiga zovur quvurlari kiradigan joydan 30 – 40 sm past qilinadi. Quduq vaqt – vaqtida
loyqadan tozalab turiladi. Quvurlar diametri zovurlarning boshidan oxiriga qarab
kattalasha boradi. Qichik diametrdan kattasiga o’tish joyi nazorat qudug’iga to’g’ri
keltiriladi. 
Zovur quvurlarining yopiq quvur – kollektorga borib tutashgan joyi yetarlicha
baland (sharsharali) bo’lishi kerak (13 - rasm). 
12-расм 


Usti yopiq drenaj qurilishini mexanizatsiyalashtirish har xil tipdagi quvur yotqizish
kombaynlari yordamida amalga oshiriladi.Quvur yotqizish kombayni, (14 - rasm).
I – III qategoriyali gruntlarda diametri 300 mm va uzunligi 700 mm gacha bo’lgan
quvurlardan chuqur (2,5m) yopiq zovurlar qurish va quvurlar ustiga filtr (qum, shag’al,
mayda tosh) yotqizish uchun mo’ljallangan. 
Quvur yotqizish kombaynning konstruksiyasi mashinalarning bir necha xil tip va
kattalikda bo’lishini qo’zda tutadi. Ular zovur chuqurligi, qonstruqsiyasi, shuningdek
yotqiziladigan quvurlarning diametri jixatidan bir – biridan farq qiladi. Quvur yotqizgich
bilan 2,5 m dan ortiq chuqurlikda quvur yotqizish uchun dastlab zovur trassasi
tekislanishi - mashina yurib o’tadigan yo’l yasalishi kerak. Тekislashda qirqib olinadiagn
qatlam qalinligi zovur chuqurligi t
3
bilan qazish chuqurligi orasidagi farqqa teng
bo’lishi kerak.
13- расм 


Quvur yotqizish mashinalari quvur choklarini mahkamlab ketmaydi, shuning
uchun quvurlarning og’zida bir – birini qoplab (ichiga kirib) turadigan ziylari yoki
o’yiqlari bo’lishi kerak. 
Ko’p kovshli ekskovator (transheya ekskovatori) bo’lib, uning kovsh ramasi
o’zgartirilgan va maxsus uskuna: teleskop boshqariladigan uzatish mexanizmi
truboprovodi bo’lgan tagsiz bunker va tirkama hamda ko’tarma qurilmalari
g’ildiraklarining ikki reduktori o’rnatilgan. 
14 -расм. Ёпик ёимқ


Quvur yotqizish mashinasi quvur yotqizish sifatini avtomatik ravishda tekshirib
boradigan va yotqizishdagi nuqsonlar to’g’risida signal berib turadigan (SANIIPRI)
pribori bilan jixozlangan. 
Mashina ishlayotganida belgilangan nishablikda tekislangan yo’l bo’ylab
harakatlanadi. Bir marta yurib o’tishining o’zida u texnologik protsessning sakkiz
operatsiyasini bir yo’la bajarib ketadi (16 – rasm):
1)
eni 0,6 m bo’lgan transheyani nominal chuqurlikda qaziladi;
2)loyixada belgilangan qalinlikdagi filtr to’shama qatlamini yotqizadi;
3) uzunligi 700 mm va tashqi diametri 300mm gacha bo’lgan, har qanday qattiq
materialdan ishlangan quvurlarni yotqizadi; 
4) quvurlarning yon tomonlariga shag’al (filtr) to’ldiradi; 
5) drenaj quvurlar yotqizilishi sifatini (ular o’rtasidagi choklarning zichligini va
drenaj liniyasining to’g’ri chiziq bo’ylab joylashishini) tekshiradi;
6) quvurlar ustiga kerakli qalinlikda filtr qatlami bostiradi; 
7) transheyadagi quvurlarni 20 – 50 sm balandlikkacha birinchi tuproq qavati bilan
ko’madi; 
8) to’qilgan tuproq qavatini shibbalaydi. 
16-расм. Дренаj машинанинг технологик операциялари схемаси 
15-расм 


Aytib o’tilgan sakkiz operatsiyaning barchasini kombayn bir yo’la va to’xtovsiz
bajaradi. 
Quvur yotqizgich kombaynning ish unumi bir smenada 800 m ni tashkil etadi.
Unda uch kishi ishlaydi. 
Quvurlar yotqizish sifatini tekshiruvchi avtomatning borligi va quvurlarni uzatish
ishining ekskovator harakati bilan sinxronlashtirilganligi ushbu kombayndan bo’sh
tuproqli va sizot suvlar yuzada joylashgan, ya’ni quvur yotqizish ishlari suv tagida olib
boriladigan yerlarda ham foydalanish imkonini beradi. 
Mirzacho’lda usti yopiq gorizontal zovur qurishda qatta tajriba to’plangan.
Qurilish prsessining quvur yotqizgich kombayn qo’llaniladigan texnologiyasi ishlab
chiqilgan. Bu texnologiya quyidagi operatsiyalarni o’z ichiga oladi:
1) zovur trassasini rejalash va har 10 m masofada hamda relefning xarakterli
nuqtalarida nevilirovka qilish. Nevilirovka qilingan nuqtalarga, quvur yotqizgich yo’lini
tekislash otmetkalari qo’yib ketiladi;
2) zovur trassasini 3 m kenglikda va belgilangan nishablikka rioya qilgan holda
tekislash (ko’ndalang nishablik 0,01 dan oshmasligi kerak); 
3) trassani tekislash sifatini instrumental s’yomka vositasida tekshirish; 
4) zovurning oxirgi qismida 20 m uzunlikda quvursiz va filtrsiz transheya qazish.
Zovurning oxirgi qismida quvurlar loyixada ko’rsatilganidan ko’ra quvur tagiga
solinadigan filtr qalinligicha kamrok chuqurlikka yotqiziladi
5) zovurning oxirgi qismiga 3 – 4 m uzunlikdagi asbotsement quvurlar yotqizish,
ular muftalar bilan tutashtirilib, ustidan har biri 20 sm qalinlikda bo’lgan uch qavat
tuproq qatlami solinadi va uning har bir qatlami alohida shibbalanadi; 
6) quvurlar yotqizilgandan keyin qazishda chiqqan tuproq bilan buldozer
yordamida transheyani ko’mish va maxsus g’altak mashinalar, shibbalagichlar yordamida
qavatma – qavat shibbalash; 
7) kontrol – quzatuv quduqlari qurish uchun transheya tubining otmetkasidan 20
sm pastroq chuqurlikda shurflar qazish; 
8) kontrol – kuzatuv quduqlarini montaj qilish va unda ish protsesslarini quyidagi
tartibda bajarish: quduqlar tubiga beton plitalar yotqizish; o’rnatma quvurlar tushirish va
ularning yon teshiqlariga zovur liniyasidagi quvurlarning uchlarini kiritib qo’yish; 
oraliqlarga tuproq tshldirish va uni shibbalash; quduqlarning o’rnatma quvurlari ustiga
qopqoqlar o’rnatish. 
Kontrol – kuzatuv quduqlarini montaj qilishda avtokran, pnevmatik shibba va
kompressordan foydalaniladi. Agar zovurning quyiladigan (oxirgi) qismi maxsus
novlardan (17 - rasm), beton plitalar yoki yaxlit bloklardan (18 - rasm) ishlanadigan
bo’lsa, avtoqran qo’llaniladi. Qoplama ishlari (chaqilgan tosh, yiriq tosh va boshqa
materiallar bilan qoplash ishlari) qo’lda bajariladi. Zovur sistemasi qurish uchun
ajratilgan uchastka buldozer yoki greyder bilan tekislanadi. Mehnat unumini oshirish
uchun oqma tuproqli yerlarda oldin sizot suvlar sathi vaqtincha pasaytiriladi, suvga
to’yingan mayda zarrali grunt ignafiltratlar yordamida zaxsizlantiriladi. 


Eni zovur yotqizilgan chuqurlikdan kamida 1,5 – 2 barobar keng bo’lgan zovur
usti polosalar shu vaqtga qadar sug’orilmay kelinardi va ekin sug’orishda ularni suv
bosishdan saqlash uchun, yopiq zovurlar ishlay boshlagandan keyin 2 – 3 yilgacha
ko’tarmalar bilan ular ihotalab qo’yilardi. O’pqonlar hosil bo’lishi va yerning o’pirilishi
natijasida zovur liniyasining shikastlanmasligi uchun shunday qilinar edi. 
Zovur usti polosalari tuprog’ini zichlantirishning yangi texnologiyasi ishlab
chiqildi va mazkur ishlarni bajarish yuzasidan maxsus instruksiya tayyorlandi. Тuproqni
zichlantirishning texnikaviy jihatdan mukammal texnologiyasidan foydalanish ajratib
qo’yilgan polosalarni birinchi yiliyoq o’zlashtirish imkonini beradi, bunday yerlar
umumiy netto maydonining 4 – 6 % ni tashkil qilar va 3 yilgacha qishloq xo’jalik
oborotiga kiritilmay yotardi. Тuproqni zichlantirishning yangi texnologiyasi zovur usti
polosasini

Download 9,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish