jizoxlash mumkin: suv sog’ tuproq zarrachalari o’rtasidagi bog’lanishni buzadi va
yuqoridan bosadigan ozgina nagruzka ta’sirida u zichlana boshlaydi. Bunga gruntning
o’z og’irligi yordam beradi.Тajriba o’tkazilgan yopiq zovurlarning umumiy uzunligi 4,5
km ga teng. Laborotoriya analizining ko’rsatishicha, aralash
usulda namlangandan keyin
gruntning zichligi tabiiy holatdagi gruntning zichligidan birmuncha ortiq bo’ladi. Bir
smenada 200m uzunlikdagi zovur usti polosasini namlash mumkin.
Qaytadan tuproq bosib aralash usulda zichlash ishlarining texnologiyasi murakkab
emas. Suvni 4 ta nasos yordamida egiluvchan shlanglar orqali nazorat qudug’i 1 ga
yuborib turiladi, suv u yerdan zovur liniyasi 2 ga o’tadi, bu liniya zaglushka 10 bilan
yopib qo’yilgan bo’ladi (19 – rasm ). Nazorat qudug’idan zovur liniyasiga kirgan suv
filtr to’shama 9 sathidan 0,3 – 0,4 m yuqoriga ko’tarilgandan
keyingina transheyaning
ustki tomonidan suv yuborila boshlaydi. Bunda past tomondan yuborilayotgan suv
sathini dastlabqki darajadan pasaytirmay ushlab turish uchun yetarli miqdorda kelib
turishi kerak. Shu tariqa vujudga keltirilgan suv yostig’i zovur liniyasini yemirilishdan
hamda yuqoridan yuboriladigan suvning oqimi ta’sirida loyqa bosib qolishdan saqlaydi.
Namlash davomiyligini taxminan quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin
(soat hisobida):
q
L
T
7
,
0
(3.1)
Bu yerda: L – zovurning bir yo’la
namlanadigan qismi uzunligi, m;
Q – namlash uchun oqizilayotgan suv sarfi, l/ seq.
Zovur usti polosasiga tuproq to’kib tekislanadi va gruntning notekis qurishidan
hamda to’kilgan tuproq qatlami ustida yoriqlar paydo bo’lishidan saqlanish uchun hosil
bo’lgan «handaq» namlash ishlari tugallangandan keyin ikki – uch kun o’tkazib tekislab
yuboriladi.
Agar filtr to’shamasini va drenaj
quvurlar ichinii bosmasa, demak aralash usulda
namlash yaxshi o’tkazilgan bo’ladi va zovur benuqson ishlaydi. Aralash usulda namlash
quyidagi texnika shartlariga javob bermog’i lozim:
1)
nazorat quduqlari geometrik bo’lishi kerak;
2)
inshoatning oxirida (quyilish joyida) zichlangan grunt tishi hosil qilinadi;
19-расм
3)
ehtimol tutilishi mumkin bo’lgan maksimal chiquvchi gradiyentlar ta’sirida ham
filtr bilan himoyalangan gruntning teshilishiga yo’l qo’yilmaydi;
4)
xuddi shunday gradiyentlar ta’sirida mayda fraksiyalarning filtrdan sitilib
chiqishiga yo’l qo’yilmaydi.
SANIIRIning ma’lumotlariga ko’ra, Mirzacho’ldagi xo’jaliklarda
quvur
yotqizgichlardan foydalanish shuni ko’rsatdiki, bunda zovur qurish ishlarining qiymati
ularni qo’lda bajargandagiga nisbatan taxminan uch barobardan ko’proq arzonga tushadi.
Shunga qaramay, 1 m uzunlikdagi yopiq gorizontal zovur qurilishining qiymati hali
ancha yuqori. Zovur quvurlar va filtr tayyorlanadigan eng arzon materiallarni topish,
transport xarajatlarini kamaytirish, quvur ishlab
chiqaradigan korxonalarni
ixtisoslashtirish yo’li bilan zovur qurish qiymatini arzonlashtirishga erishish mumkin.
Тexnologik protsessning hamma operatsiyalarini kompleks mexanizatsiyalashtirish,
yangi yuqori unumli maxsus mashinalar yaratish zovur qurilishini arzonlashtirishning
asosiy yo’llaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: