Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/93
Sana25.02.2023
Hajmi4,85 Mb.
#914459
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93
Bog'liq
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

 
3 soniyalik fakt
 
 
Shryodinger tenglamasi 
kvant zarrachalarining 
«ehtimoliylik to‘lqini» 
tarzida o‘zini qanday 
tutishini hisoblash, 
ya’ni, zarrachaning 
joylashuvini taxmin 
qilish imkonini beradi .
Aloqador mavzular: 
 

 
Korpuskulyar-
to‘lqin dualizmi
 
(27-sahifa). 

De Broyl to‘lqinlari
 
(29-sahifa) 

Matritsali mexanika
 
(37-sahifa).
Mulohaza uchun 3 
daqiqa: 
 
Shryodinger tenglamasi 
kvant nazariyasini 
matematik tasavvur 
qilishning yagona usuli 
emas. 1920-yillarda 
Shryodingerdan tashqari, 
yana shuningdek, Verner 
Geyzenberg ham kvant 
holatlarini ifodalashning 
matematik matritsaga 
asoslangan usulini ishlab 
chiqqan. Ilm-fanda 
matritsali mexanika hali-
hanuz qo‘llaniladi. 
Lekin, fiziklarning o‘zi 
Shryodinger 
tenglamalarini afzalroq 
bilishadi. Chunki, 
Shryodinger usulida 
kvant holatlarini 
nisbatan intuitiv 
tasavvur qilish imkoni 
mavjud. 
Biografiyalar uchun
3 soniyadan: 
Ervin 
Shryodinger
(1887-1961) 
Kvant fizikasi va 
kosmologiya bilan 
shug‘ullangan 
Avstriyalik fizik. 
To‘lqin funksiyasi 
yordamida, vodorod 
atomi orbitasidagi 
elektronning qayerda 
turganini aniqlash 
mumkin.


 


1887-yilning 12-avgust 
sanasida Avstriya poytaxti 
Vena shahrida dunyoga 
kelgan. 
 
1910
Vena universitetini 
tamomlagan. 
 
1914-1918 
Birinchi jahon urishi 
yillarida Avstriya 
armiyasining artilleriya 
qismlarida xizmat o’tagan.
 
 
1921 
Syurix universitetida fizika 
professori unvoni bilan 
ishlay boshladi. 
 
1926 
Shryodinger tenglamasi 
to‘lqin mexanikasi uchun 
asos bo’lib xizmat qildi. 
 
1927 
Berlin universitetida Maks 
Plankning o’rniga uning 
lavozimida ishlay boshlaydi. 
 
1933 
natsistlar hukmronligida 
qolgan Germaniyani o‘z 
ixtiyori bilan tark etib, 
Oksfordga ko’chib o’tadi. 
Aynan shu yili Pol Dirak 
bilan birgalikda Nobel 
mukofotiga sazovor bo‘lgan. 
 
1944 
Kembrij universiteti 
nashriyotida olimning 
«Hayot o‘zi nima?» asari 
bosmadan chiqdi. 
 
1956 
Dublindagi lavozimidan 
iste’fo berib, Venaga 
qaytadi. 
 
1961 
-yilning 4 yanvar sanasida 
Venada vafot etdi 
 
 
 
 
 
1935
Olimning «Kvant 
mexanikasining hozirgi 
holati» nomli kitobi chiqadi. 
Unda mushuk paradoksi ilk 
bora bayon qilingan edi.
 
1939 
Dublin oliy tadqiqotlar 
universitetining Nazariy 
Fizika bo’limiga direktor 
etib tayinlandi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Ervin Shryodinger 
Venada tug‘ilib o‘sgan yetuk fizik olim Ervin Shryodinger bolalik yillaridanoq ilm-
fanga, ayniqsa, fizikaga kuchli qiziqish bilan yondoshar edi. 1920-yillar avvalida, 
ya’ni, Shryodinger endigina Syurix universiteti professori bo‘lgan paytlardayoq, u 
allaqachon materiyaning to‘lqin tabiati haqidagi g‘oya tarafdori edi. Uning bu 
boradagi maslak-muddaolari fizikaning eng buyuk yutuqlaridan biri sanaladigan 
kvant fizikasi sohasida - to‘lqin mexanikasi nazariyasida o‘z aksini topgan.
Kvant fizikasi sohasida Shryodingerning to‘lqin tenglamasining ahamiyati xuddi 
mumtoz fizikadagi Nyuton qonunlarining ahamiyati singari darajadadir. Shryodinger 
tenglamasining amaliy ahamiyatini fizik olimlar deyarli darhol fahmlashgan; lekin 
olimning to‘lqinlar borasidagi fikrlarini ma’qullovchilar o‘sha paytda deyarli 
bo‘lmagan. Shryodinger o‘zi esa, o‘sha paytlarda kvant fizikasida hukmron bo‘lgan 
va kimsan Nil Borning obro‘si bilan ilm-fanda mustahkam o‘rnashib qolgan 
«Kopengagen izohi»ni, hamda, Borning «korpuskulyar-to‘lqin dualizmi» haqidagi 
fikrlarini «safsata» deb atagan. O‘sha paytlarda Shryodingerni asosan, Bor bilan 
g‘oyaviy raqib bo‘lgan Albert Eynshteyn qo‘llab quvvatlar edi. Eynshteyndek 
mashhur olimning qo‘llab quvvatlashi ta’sirida, Shryodinger Kopengagen izohining 
absurd ekanligini isbotlashga qaratilgan mashhur xayoliy tajribasini - quti ichidagi 
mushuk bilan bog‘liq eksperimentini bayon qildi. Ushbu mushuk timsoli keyinchalik 
butun kvant fizikasidagi eng taniqli, ramziy timsollardan biriga aylandi.

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish