3. O`zbekistonda so`nggi yillarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar,
ularning ahamiyati va xususiyatlari
Tashqi bozorlarda talab katta bo`lgan,
yuqori qo`shilgan qiymatli
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta`minlaydigan mineral-xomashyo
va qishloq xo`jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo`yicha zamonaviy ishlab
10
chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun
qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Farg`ona va Xorazm
viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va
samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o`rinlari tashkil etish hamda aholi
daromadlarini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-
yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G`ijduvon”, “Qo`qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy
zonalarini tashkil etish to`g`risida”gi PF-4931-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu
Farmon asosida Samarqand viloyati Urgut tumanida – “Urgut”, Buxoro viloyati
G`ijduvon tumanida – “G`ijduvon”, Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida –
“Qo`qon”, Xorazm viloyati Hazorasp tumanida – “Hazorasp” erkin iqtisodiy
zonalarini tashkil etildi.
Farmonga ko`ra, quyidagilar “Urgut” EIZ, “G`ijduvon” EIZ, “Qo`qon” EIZ va
“Hazorasp” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo`nalishlari etib belgilandi:
-
tashqi bozorlarda talab katta bo`lgan va importning o`rnini bosuvchi,
yuqori qo`shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo`yicha zamonaviy
ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning
to`g`ridan- to`g`ri investitsiyalarini jalb etish;
-
Samarqand, Buxoro, Farg`ona va Xorazm viloyatlarining ishlab
chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni
ta`minlash;
-
meva-sabzavot va qishloq xo„jaligi mahsulotlarini chuqur qayta
ishlash, saqlash va qadoqlash, to`qimachilik, gilam to`qish, poyabzal va
charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-
ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish
materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo`nalishlarda yangi zamonaviy ishlab
chiqarishlarni tashkil etish;
-
mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya
aloqalarini o`rnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o`rtasida va
umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori
texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini
11
chuqurlashtirish;
-
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotlarni
standartlashtirish,
sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo`yicha xalqaro standartlarga
muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning qarorlari
xalqaro darajada e`tirof etilishini ta‟minlash chora-tadbirlarini ko„rish.
Mazkur “Urgut” EIZ, “G`ijduvon” EIZ, “Qo`qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning
faoliyat ko`rsatish muddati, keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni
tashkil qiladi hamda faoliyat ko`rsatish muddati mobaynida “Urgut” EIZ,
“G`ijduvon” EIZ, “Qo`qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ hududlarida alohida soliq,
bojxona va valyuta rejimi amal qiladi.
Shuningdek, respublikamizning farmasevtika tarmog`ini rivojlantirishga
yo`naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy
investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, dorivor
o`simliklar xomashyosini yetishtirishning noyob sharoitlarini inobatga olgan holda
mahalliy dorivor vositalar bozorini o`zimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli dori
vositalari bilan to`ldirish, ularni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo`shilgan
qiymatli farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek,
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda
Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda
samarali foydalanish asosida yangi ish o`rinlarini yaratish va respublikamiz aholisi
daromadlarini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-
yil 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”,
“Boysun-farm”, “Bo`stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini
tashkil etish to`g`risida”gi PF-5032-sonli Farmoni qabul qilindi.
Farmon asosida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo,
Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida “Nukus-farm”, “Zomin-farm”,
“Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bostonliq-farm” va
“Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi hamda ushbu EIZlarning
asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishlari etib belgilab berildi:
12
-
dorivor o`simliklar xomashyosini o`ziga xos tabiiy sharoitlarda
etishtirish
va
keyinchalik
qayta
ishlash
borasida
Qoraqalpog`iston
Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent
viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda
samarali foydalanishni ta`minlash;
-
yuqori qo`shilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va
dori vositalarini ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, belgilangan tartibda
tashkil etilgan plantatsiyalarda etishtirilgan dorivor moddalar (substantsiyalar)
hamda dorivor o`simliklar xomashyosi negizida tashkil etish uchun xorijiy va
mahalliy investorlarning to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarini jalb etish;
-
dorivor o`simliklar xomashyosini qayta ishlash va dori vositalari,
tibbiyot buyumlari, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish
bo`yicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etish;
-
mustahkam kooperatsiya aloqalarini o`rnatish va erkin iqtisodiy
zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa korxonalari o`rtasida
sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy dorivor o`simliklar
xomashyosi va materiallari negizida farmasevtika mahsulotlari ishlab
chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
-
dorivor o`simliklar xomashyosi introduktsiya va kultivatsiyasini
o`rganish bo„yicha tajriba-eksperimental laboratoriyalari bo`lgan ilmiy-
tadqiqot markazlari tashkil etish.
Mazkur EIHlarning faoliyat ko`rsatish muddati, keyinchalik uzaytirish
imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi hamda faoliyat ko`rsatish muddati
mobaynida “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”,
“Boysun-farm”, “Bo`stonliq-farm” va “Parkent-farm” EIZ hududlarida alohida
soliq, bojxona va valyuta rejimlari amal qiladi.
Shuningdek:
-
Toshkent viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish hamda
undan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy
turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy
13
infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta`minlash, ko`rsatilayotgan turistik,
mehmonxona va transport xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish
maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-dekabrdagi
“Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni;
-
poytaxt viloyatida dunyoning ilg`or ishlab chiqaruvchilari jalb etilgan holda
sport kiyimlari, inventar va uskunalarni ishlab chiqarish bo`yicha zamonaviy
korxonalar faoliyatini yo`lga qo`yish uchun “Sport” erkin iqtisodiy zonasini
tashkil etishni nazarda tutgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-
yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5368-sonli Farmoni
va ushbu Farmon ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “O`zbekiston Respublikasi Jismoniy
tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3583-sonli
Qarori;
-
baliqchilik tarmog`ini yanada rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish,
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilmiy-
innovatsion tadqiqotlar va ishlanmalar sifatini oshirish, ularning natijalarini
amaliyotga
keng
joriy etish
maqsadida
O`zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2018-yil
6-apreldagi
“Baliqchilik
tarmog`ini
jadal
rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3657-sonli
Qarori asosida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hokimligiga sud qarori
bilan berilgan mol-mulk va yer uchastkalari, shu jumladan, suv havzalari
negizida “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi;
-
Sirdaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks
hamda oqilona foydalanishini ta`minlash, shu asnoda yangi ish o`rinlari tashkil
etish va mahalliy aholining daromadlarini oshirish maqsadida “Jizzax” EIZ
Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanidagi filiali va Sirdaryo viloyatining
Yangiyer shahridagi kichik sanoat zonasi negizida “Sirdaryo” EIZni tashkil
etish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi
14
“Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi
PF-5412-sonli Farmoni;
-
Tashqi bozorlarda talab katta bo`lgan, yuqori qo`shilgan qiymatli
raqobatbardosh mahsulotlar etishtirishni ta`minlaydigan zamonaviy issiqxona
xo`jaliklarini tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish
uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, shuningdek, Buxoro viloyatining ishlab
chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu
asosda yangi ish o`rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish
maqsadida: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi
“Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari
to`g`risida”gi PQ-3843-sonli Qarori;
-
Namangan viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatini
kompleks rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xo`jaligi resurslarini
chuqur qayta ishlash bo`yicha yuqori texnologik va eksportbop mahsulot ishlab
chiqarishlarni tashkil etishga to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarni jalb qilish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda shu asosda viloyatning, birinchi
navbatda, Markaziy Osiyo mamlakatlarining chegaradosh hududlari bilan
eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o`rinlari tashkil etish hamda hudud
aholisi
farovonligini
oshirish
maqsadida
O`zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini
tashkil etish to`g`risida”gi PF-5517-sonli Farmoni qabul qilindi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi
“Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni
asosida Andijon viloyatining Andijon tumanida “Andijon-farm” erkin iqtisodiy
zonasi tashkil etildi. Ushbu EIH faoliyati 30 yilga tuzilgan bo`lib, unga alohida
soliq va bojxona tartiblari amal qiladi. Ushbu EIHning asosiy vazifalari va faoliyat
yo`nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
-
yuqori qo`shilgan qiymatli, shu jumladan, “in-bulk” shaklida
farmasevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy
15
korxonalarni tashkil etish uchun, eng avvalo, Hindiston Respublikasi yetakchi
kompaniyalarining to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalari va ilg`or texnologiyalarini
jalb etish;
-
dorivor o`simliklar xomashyosini qayta ishlash va tayyor dori
vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiy texnikalar, yordamchi va qadoqlash
materiallari ishlab chiqarish bo`yicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va
quvvatlarni tashkil etish;
-
dorivor o`simliklar xomashyosini o`ziga xos tabiiy sharoitlarda
yetishtirish va keyinchalik qayta ishlash borasida Andijon viloyatining ishlab
chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni
ta`minlash;
-
erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa
korxonalari o`rtasida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o`rnatish va sanoat
kooperatsiyasini rivojlantirish orqali mahalliy dorivor o`simliklar xomashyosi
va materiallari negizida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni
mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
-
“Andijon-farm” EIZ hududida muhandislik-kommunikatsiya, yo`l-
transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, uning
hududida sifatli logistika xizmatlari ko`rsatish bo`yicha zamonaviy
infratuzilmani shakllantirish;
-
“Andijon-farm” EIZning soha kadrlariga bo`lgan joriy va istiqboldagi
ehtiyojlaridan kelib chiqib, yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan,
ularning “Andijon-farm” EIZ hududida joylashgan korxonalarda ishlab
chiqarish amaliyotini o`tashini tashkil etish orqali tayyorlashda qatnashish.
Natijada bugungi kunga kelib mamlakatimizda tashkil etilgan EIHlar sekin-
asta o`z samarasini bera boshladi. Ularda amalga oshirilayotgan starategik
ahamiyatga molik investitsiya loyihalari esa yaqin vaqtlar ichida EIHlarning to`liq
samarasini ko`rsatishda o`z ahamiyatini ko`rsatadilar.
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyevning
joylarda
ijtimoiy-iqtisodiy
16
islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga
qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq
bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadidagi hududlarga tashriflarida birinchi
navbatda hududlar iqtisodiyotidagi o‘sish nuqtalarini belgilash va shu orqali
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, 2021-yil 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashriflari davomida
Boysun, Sariosiyo, Sherobod tumanlarini qurilish materiallari, Qiziriqni yengil
sanoat, Oltinsoyni oziq-ovqat, Angorni charm, Bandixon va Muzrabot tumanlarini
mahalliy sanoatga ixtisoslashtirib, klasterlar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
Xususan, Sariosiyoda qurilish materiallari ishlab chiqarish innovatsion industrial
zonasi tashkil etilishi, Oltinsoy, Uzun, Bandixon, Denov, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot,
Termiz va Sariosiyo tumanlarida zaytun plantatsiyalari, Sherobod, Muzrabot va
Qiziriqda anorzorlar barpo etilishi alohida belgilab berilganligini alohida qayd
etishimiz mumkin.
Bizga ma’lumki, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasiz hududlar
taraqqiyoti imkonsiz. Shundan kelib chiqqan holda 2018-yilda boshlangan “Obod
qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaxshilash
orqali hududlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb
etmoqda. Birgina 2021-yilda barcha tuman va shahardagi jami 7 794 ta qishloq va
mahallada umumiy qiymati 20,8 trillion so‘mlik qurilish, ta’mirlash va
obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi «Obod qishloq» va
«Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish
infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini uy-joy bilan ta’minlash chora-
tadbirlarini moliyalashtirishning belgilanganligi shubhasiz yaqin istiqboldagi
taraqqiyotga ham xizmat qiladi. Bunda 2021-yil davomida moliyalashtirish
manbalari va yo‘nalishlari quyidagicha (1-rasm).
Hududlar iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishni rag‘batlantirish va
daxldorlikni kuchaytirish maqsadida mahalliy byudjetlar daromad bazasini
mustahkamlashga qaratilgan mahalliy davlat organlari vakolatlari kengaytirib
kelinmoqda.
17
1-rasm. 2021-yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga
oshirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini
uy-joy bilan ta’minlash chora-tadbirlari uchun qamrab olingan qishloq (mahalla)
soni va moliyalashtirish.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish hisobiga qo‘shimcha
soliq tushumlariga erishish, hududlarni subvensiyadan chiqarish va umumdavlat
soliqlarini mahalliy byudjetlarda qoldirish va hokazolar bevosita mahalliy
byudjetlar daromadlarining oshishiga, bu esa o‘z navbatida hududlarda turmush
farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Natijada 2018 yildayoq barcha mahalliy
byudjetlar subvensiyadan to‘liq chiqarildi va bugungi kunda tartibga soluvchi
byudjetlararo transfertlar qo‘llanilmoqda (2-jadval).
Jahon iqtisodiyotidagi ilg‘or tajribalarga ko‘ra hududlar iqtisodiy
salohiyatidan
samarali
foydalanish
orqali
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni
jadallashtirishda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati muhim
ahamiyat kasb etadi.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |