Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar. Reja



Download 455,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.02.2023
Hajmi455,88 Kb.
#913539
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar nuraliyev



1
Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar. 
REJA: 
1.
O`zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning zarurligi va o`ziga xos 
xususiyatlari ........................................................................................................... 2 
2.
O`zbekistonda “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalari
faoliyatini tashkil etish shart-sharoitlari va iqtisodiy asoslari ................................ 5 
3.
O`zbekistonda so`nggi yillarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar ularning 
qishloq taraqqiyotini oshirishdagi ahamiyati va xususiyatlari ................................. 9 
4.
XULOSA VA TAKLIFLAR ........................................................................... 19 
5.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI .................................... 21


2
1. O`zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning zarurligi va o`ziga 
xos xususiyatlari 
O`zbekistonda EIHlarni tashkil etish g`oyasi o`tgan asr 80-yillari oxirida ko`rib 
chiqilgandi. O`sha paytda ko`pgina mutaxassislar bu hududlarni respublika 
iqtisodiyotini qayta isloh qilishning yangi mexanizmi va istiqboli deb 
hisoblashgandi. Haqiqatdan ham, EIHlarni tashkil etish bo`yicha xorij tajribasi 
shuni ko`rsatdiki, bu kabi hududlarni tashkil etish orqali milliy va chet el 
investitsiyalarini keng ko`lamda iqtisodiyotga jalb etish, ilmiy-texnik taraqqiyotga 
erishish, eksport salohiyati va iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish va yangi ish 
o`rinlarini barpo etish kabi masalalarni hal etishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. 
Hozirgi kunga kelib respublikamiz hududdida EIHlarni tashkil etish 
O`zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar 
to`g`risida” gi 220-I bilan bilan tasdiqlangan Qonuniga asoslanib amalga oshiriladi. 
Qonun uch qismdan iborat bo`lib, birinchi qismda umumiy qoidalar, ikkinchi 
qismda EIHning huquqiy tartiboti, uchinchi qismda esa EIHni boshqarish yoritib 
o`tilgan. 
Tashkil etilgan EIHlar mazkur qonun va boshqa tegishli me`yoriy hujjatlarga 
muvofiq faoliyat ko`rsatadilar. 
O`zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar 
to`g`risida” gi Qonuniga binoan Respublika hududida bunday zonalarning uch 
modeli, ya`ni 1) erkin savdo zonalari; 2) sanoat zonalari; 3) texnologik zonalarni 
rivojlantirish ko`zda tutilgan. Shuningdek, bugungi kunda respublikamizda 
EIHlarning boshqa turlari ham tashkil etilishiga erishildi. 
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O`zbekistondа EIHni tashkil etishda 
quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 
1. EIHni tashkil etish to`g`risida mahalliy hokimiyatning qarori. 
2. EIHga beriladigan mavqei, boshqaruv tashkilotlari va rasmiy nomi 
ko`rsatiluvchi Nizom loyihasi. 
3. Mazkur hudud joylashgan hudud chegaralari aniq ko`rsatilgan xaritasi. 


3
4. Tashkil etiluvchi hudud faoliyatining texnik-iqtisodiy asosnomasi. 
5. EIHni tashkil etish to`g`risidagi qarorning loyihasi. 
Mamlakatimizda bugungi kunga kelib erkin hamkorlikda iqtisodiy faoliyat olib 
borish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan. xorijiy investorlar uchun 
xalqaro amaliyotda qabul qilingan, inson huquq va erkinliklari ustuvorligidan kelib 
chiqadigan huquqiy qoidalar va me`yorlar yaratildi. 
Tashkil etilgan EIHlarning dastlabkisi “Navoiy” EIH hisoblanadi. U 2008-yilda 
tashkil etildi. “Navoiy” EIH Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi 500 gektarli 
yer uchastkasida joylashgan. 
“Navoiy” EIZning aynan Navoiy viloyati hududida tashkil etishining bir 
qancha sabablari bor. Jumladan, O`zbekistonni o`zining salohiyatli hamkori, deb 
tanlangan har bir xorijiy kompaniya, uning 5 ta yirik va nisbatan barqaror 
rivojlanayotgan jahon bozorlariga yaqinligini hisobga oladi. Bular MDH davlatlari
Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq 
mamlakatlaridir. 
Qo`shimcha tarzda Navoiy viloyatida turli xildagi tabiiy boyliklarining 
mavjudligi va xomashyolar manbalarining yaqinligi transport xarajatlarini 
kamaytiradi, u yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxining pastroq 
bo`lishiga imkon beradi. 
Yevroosiyo transport tizimidagi muhim ahamiyatga ega transport yo`li aynan 
O`zbekiston orqali o`tadi. “Navoiy” EIZ yaqinidan esa Yevropa va Xitoyni 
bog`lovchi eng yaqin “E-40” avtomagistrali hamda Markaziy Osiyo, MDH, 
Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa, Yaqin Sharq va Fors ko`rfaziga chiquvchi temir 
yo`l o`tadi. 
Navoiy hududi orqali temir yo`lning barcha asosiy trassalari o`tgan. U 
Janubda Eron va Turkiya portlariga, G`arb va Shimolda Qora dengiz va Boltiq 
dengizi portlariga chiqadi. Xitoy bilan Yevropani bog`lovchi eng qisqa temir yo`l 
marshruti ham aynan Navoiy orqali o`tadi. 
2008-yilning 
noyabr 
oyida 
“O`zbekiston 
havo 
yo`llari” 
Milliy 


4
aviakompaniyasi Koreyaning “Korean Air” kompaniyasi bilan shartnoma 
imzoladi. Unga ko`ra, Navoiy xalqaro aeroporti bazasida “Navoiy” EIZ hududida 
“Korean Air” kompaniyasi bilan hamkorlikda MDH mamlakatlarida yagona 
transkontinental intermodal logistika markazi tashkil etildi. Bugungi kunda 
“Navoiy” aeroporti barcha zarur zamonaviy jihozlar, asbob-uskunalar bilan 
ta`minlangan xalqaro aeroport maqomiga ega. U barcha turdagi havo transportlarini, 
shu jumladan, dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi hisoblangan Boing-747 va AH-
124 samolyotlarini ham qabul qila oladi. “Navoiy” EIZdan 2000 km radiusda 11 ta 
mamlakat, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Hindiston va Xitoyning 40 dan ortiq yirik 
shaharlari joylashgan. Havo transportidan foydalanib, yuklarni tashishda 
O`zbekiston orqali o`tadigan havo yo`laklaridan foydalanish – xarajatlarni va 
vaqtni sezilarni darajada tejash imkonini beradi. Janubiy-Sharqiy Osiyodan 
Yevropaga Navoiy orqali uchilsa, Dubay orqali uchilganiga nisbatan masofa 1000 
km ga qisqaradi. Shunda parvoz 1,5 soatgina davom etib, har bir avialaynerdan 15 
tonna yoqilg`i iqtisod qilinadi. 
2010-yilning avgust oyidan boshlab o`z faoliyatini boshlagan “Navoiy” 
xalqaro aeroportida tashkil etilgan xalqaro yuk terminali “Navoiy” EIH 
loyihasining muvaffaqiyatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
“Navoiy” EIHning “geografik jihatdan qulayligini Osiyo va Yevropa 
qit`alarini bog`lab turuvchi havo, temir yo`l va avtomobil yollarining mavjudligi
xalqaro transport koridorining mavjudligi va ushbu koridor orqali Markaziy Osiyo 
mamlakatlarining Afg`oniston, Eron, Yaqin va O`rta Sharq, Osiyo Tinch okeani 
mintaqasi, Rossiya va Boltiqbo`yi mamlakatlari portlariga chiqish imkoniyatiga 
egaligi kabi omillar bilan izohlash mumkin”. 
Bundan tashqari, mamlakatimizda 2012-yilda tashkil etilgan “Angren” MIZ va 
2013-yilda tashkil etilgan “Jizzax” MIZ mamlakatimizda yangi ishlab chiqarish 
infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishga muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Dastlabki yillarda ular kutilganidek rivojlanishga erishmagan bo`lsalar-da, biroq, 
mazkur hududlarning tashkil etilishi bu sohadagi dadil qadam tashlashlarni 
ta`minlash imkonini yaratdi. Buning natijasida, so`nggi 2,5 yil ichida 


5
mamlakatimizda yana 18 ta EIHlar va 153 ta kichik sanoat zona (KSZ)larining 
tashkil etilishiga erishildi. Bularning barchasi iqtisodiyotni hududiy jihatdan 
sanoatlashtirishda diversifikatsiyalashuv, mavjud barcha salohiyatlarni hisobga 
olib ixtisoslashtirilgan holda samarali rivojlantirishda EIHlarning faol ishtirokini 
ta`minlashda muhim ahamiyat kast etadi. 
Bunda mazkur EIHlarni rivojlantirishda barcha qulaylik va infratuzilmalarning 
hisobga 
olinganligi, 
ularni 
yanada 
takomillashtirishga 
jiddiy 
e`tibor 
qaratilayotganligi, shuningdek, ko`plab imtiyozlarning taqdim etilishi ushbu 
hududlarga xorijiy investitsiyalarning keng jalb etilishida ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Endilikda EIHlarni rivojlantirishda Ma`muriy kengashlarning mustaqilligi va 
mas`uliyati yanada oshirilganligi hamda maqsadli dasturlari asosida investitsiya 
loyihalarining amalga oshirilishi bo`yicha monitoringning kuchaytirilganigi EIHlar 
taraqqiyotini ta`minlashdagi muhim chora-tadbirlar sifatida qaramoqda. 

Download 455,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish