“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
731
Eskirgan so‘z ifoda etayotgan narsa-hodisalar hozirgi hayotda bor bo‘lgani uchun
uning eskirgan nomini almashmay oladigan zamonaviy qatlamga oid so‘z mavjud bo‘ladi.
Aslida bir narsaning birdan ortiq nomi bo‘lsa, ulardan til taraqqiyoti qonuniyatlariga javob
bera oladigan tilda saqlanib qoladi, javob bera olmaydigani eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lib,
ishlatilmay qolib ketadi. Masalan, sekretar – kotib, mirzo, kotiba. Ular ichidan kotib so‘zi
hozirgi kunda kishilar tomonidan keng ko‘lamda qo‘llanilyapti. Sekretar so‘zi eskirib,
arxaiklashib qolgan. Arxaik so‘zlar so‘zlovchining ko‘z oldida iste‘moldan chiqib
ketayotgan so‘zlardir revolyutsiya (inqilob), tuman (rayon), viloyat (oblast), baynalmilal
(internotsional).
Masalan: bitik (kitob), ulus, budun (xalq), o‘miz (ko‘krak) kabi.
So‘zlar butun holda arxaiklashishi yoki uning biror ma‘nosi arxaiklashishi mumkin.
SHunga ko‘ra ular: a) leksik arxaizmlar; b) semantik arxaizmlar tarzida ikki xil bo‘ladi.
Leksik arxaizmda so‘z eskiradi: gulgun, siymo (obraz).
Semantik arxaizmda ma‘no eskiradi: chechak – «gul» ma‘nosida eskirgan, bekat –
karvonlar to‘xtaydigan joy ma‘nosida eskirgan, bag‘ir – «jigar» ma‘nosida eskirgan, davlat
– «boylik» ma‘nosida eskirgan.
Arxaiklashish iboralarda ham, grammatik hodisalar doirasida ham yuz beradi.
Iboralarning arxaiklashishi holati ko‘p, lekin grammatik hodisalarning arxaiklashishi ham
uchraydi: dasti alif –lom qilib, gardonini ham qilib, yoqasini chop etmoq (iboralar);
sifatdoshning –din, -mish shakllari, ravishdoshning –bon, -ibon shakllari, -dur – kesimlikni
ko‘rsatuvchi bog‘lama eskirgan grammatik shakllardir.
Fonetik arxaizmlar ham mavjud bo‘lib, unda tovush eskiradi: sobun, qaboq kabi
(sovun, qovoq).
Neologizmlar. Kundalik hayotimizdagi angi narsalarni, ularning belgilarini, yangicha
munosabatlarni, umuman yangi tushunchalarni ifoda etish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan
so‘zlar yoki yangi ma‘noda qo‘llangan eski so‘zlar neologizmlar deyiladi. Neologizm
grekcha so‘z bo‘lib, neos – «yangi» degan ma‘noni bildiradi. Neologizm yangilik
bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlardir. Masalan: bakalavr, magistratura, kompьyuter,
kompьyuter texnologiyasi, marketing, supermarket kabi. Neologizmlar yangi paydo bo‘lgan
paytda, ishlatilish doirasiga ko‘ra chegaralangan leksikaga kiradi. Neologizmni ma‘nosi
tushunarlilik kasb etsa, xalq orasida ommalashib ketishi mumkin. Bunda u yangilik
bo‘yog‘ini yo‘qotadi va umumxalq so‘ziga aylanadi. Masalan: brigada, televizor, traktor,
kosmos, kosmonavt va hokazo.
Ba‘zi neologizmlar yangiligicha qolib ketishi, ishlatilish doirasi chegaralangan
leksikadan o‘rin olib qolishi mumkin. Demak, neologizm – nisbiy tushuncha. CHunki har
bir davr o‘z neologizmiga ega bo‘ladi.
So‘z yoki so‘zning ma‘nosi neologizm bo‘lishi mumkin.
So‘z neologizm bo‘lsa, leksik neologizm deb yuritiladi: broker, ...
Leksik neologizmlar tamomila yangi, hali o‘zlashib ketmagan so‘zlardir. Bunday
so‘zlar: 1) o‘zbek tilida avvaldan mavjud bo‘lgan so‘z va yasovchi qo‘shimchalar bilan
yasalgan yangi so‘zlardir: etti yillik; 2) boshqa tildan kirgan hali umumxalq tiliga singib
o‘zlashib ketmagan yangi so‘zlardir: magistr, bakalavr.
Do'stlaringiz bilan baham: |