ADABIYOT FANINI O„QITISHDA MODULLI TA‟LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Umurzakova Zulfiya Ergashevna Toshkent viloyati Zangiota tumani 34-umumiy o'rta ta'lim maktabi Ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Asosiy ilmiy bilimlar dasturida o‗quvchilarning o‗qish uslubiga mos kelish uchun
o‗qituvchilar aniqlikdan mavhumgacha amaliy o‗rganish orqali tadqiqotga asoslangan
yondashuvni qo‗llashlari kerak. O‗quvchilar o‗z hayotlari va ular yashayotgan muhit bilan
aloqa qilishlari uchun amaliy tadqiqotlarga asoslangan ta‘lim real sharoitlarda amalga
oshirilishi kerak. Shunday qilib, o‗quvchilar o‗qigan narsalariga jalb etilib, natijada ularning
fanga bo‗lgan qiziqishlari orttiriladi
Modul (lotincha modulus so‗zidan olingan bo‗lib qism, bo‗lak, blok ma‘nolarini
anglatadi. Modulli ta‘lim pedagogik texnologiyani tashkil etuvchi tarkibiy bo‗laklarni
ifodalaydi. Bu modulli ta‘lim dars jarayonini tashkil etishdagi eng kichik ish turlaridan
hamda ularning turli miqdordagi to‗plamlaridan iborat bo‗ladi. Bunda eng kichik faoliyat
turi eng kichik modul sanalib, boshqalari qancha modulni qamrab olishiga qarab o‗ziga mos
darajadagi modullar sanaladi.
Adabiyot o‗qitish sohasida modulli ta‘lim texnologiyasi deyilganda, adabiy ta‘lim
jarayonini modullar asosida loyihalashtirish nazarda tutiladi. Ajratilgan har bir modul
bo‗yicha uning o‗zigagina xos bo‗lgan faoliyat mazmuni va ta‘sir doirasi mavjud bo‗ladi.
Adabiy ta‘lim jarayonida modulli ta‘lim texnologiyasidan foydalanilganda o‗rganiladigan
mavzu mantiqiy tugallangan bo‗laklarga, ya‘ni modullarga ajratiladi. Har bir bo‗lak
o‗quvchilar mustaqil ishlashlari uchun maxsus topshiriqlarga aylantiriladi.
Modulli ta‘lim texnologiyasida o‗quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan har
qanday faoliyatga о‗quv elementi deb qaraladi. Ta‘kidlaganimizdek, mavzni o‗tish
jarayonida o‗qituvchi tomonida ushbu mavzu qismlarga bo‗linadi va o‗quvchilarga mavzu
yuzasidan tushunchalar berilgach, o‗zlarining erkin fikr mulohazalarini bildirishlariga
imkon beriladi. Bu albatta, darsning yanada qiziqarli hamda samarali bo‗lishini ta‘minlaydi.
Adabiy ta‘lim jarayonida modulli ta‘lim texnologiyasidan foydalanish uchun avval
quyidagi ishlar amalga oshiriladi: - mazkur yo‗nalishning xususiyatlarini ochib beradigan
metodik majmualar yaratish; - ta‘lim jarayonini tashkil etish uchun uni zaruriy didaktik
ashyolar bilan ta‘minlash; - ta‘lim amaliyotini nazariy-metodik va amaliy-tashkiliy jihatdan
to‗g‗ri uyushtirish Adabiyot o‗qitishning modulli texnologiyasi - ta‘limning belgilangan
tamoyillariga muvofiq tarzda rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Bunda motivatsiya
(o‗quvchining bilishga bo‗lgan ichki ehtiyoji), modullilik, muommalilik, hamkorlikka
asoslanish, subyekt-subyekt munosabati, didaktik o‗yinlar, audio-vizual va hk. tamoyillar
nazarda tutiladi.
Asar ustida ishlashda modulli ta‘lim texnologiyasidan foydalanilganda quyidagi
izchillikka amal qilinadi: