“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www .
bestpublication. uz 725
MAKTABLARDA FIZIKA FANINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY MASALALARI Tulyaganova Gulchehra Xasanovna Toshkent viloyati Zangiota tumani 34-umumiy o'rta ta'lim maktabi fizika fani o'qituvchisi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2021 yildagi «Fizika sohasidagi ta‘lim
sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida» gi PQ-
5032-son qaror bilan 2021−2023 yillarda Fizika fanlari bo‗yicha ta‘lim sifatini oshirish va
fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta‘minlash bo‗yicha kompleks chora-
tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi: maktablarda
fizika fanini o‗qitish sifatini oshirish, darsliklar va o‗quv qo‗llanmalarini takomillashtirish;
fizika fani bo‗yicha kadrlarni, xususan, qishloq joylardagi maktablarning o‗qituvchilarini
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish; ta‘lim jarayoniga
axborot – kommunikatsiya texnologiyalarni keng joriy qilish; yangi va ta‘lim bozorida talab
yuqori bo‗lgan mutaxassisliklar bo‗yicha kadrlar tayyorlashni yo‗lga qo‗yish orqali
yoshlarning fizika ta‘limi bilan qamrab olish darajasini oshirish; fizika sohasidagi ilmiy
tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‗liqligini ta‘minlash.
Fizika elementar zarrachalardan to galaktikagacha bo‗lgan — ob‘ektlar va turli tuman
hodisalarni o‗rganadi. Fizika tabiiy fanlar sohasiga mansub bo‗lib, tabiat haqida sifatiy va
miqdoriy bilimlarni egallashga imkon beradi. Fizikani o‗rganish insonlarning bilish va
mantiqan fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Hozirgi jamiyatda har bir insonning
muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun fizikadan sifatli bilimga ega bo‗lishi davr talabi
hisoblanadi. Fizika ilmiy — texnika taraqqiyoti va tabiiy–ilmiy bilimlarning asosi
hisoblanadi.
Mamlakatimizning XXI asrdagi muvaffaqiyoti, tabiat resurslaridan samarali
foydalanish, ekologik muammolarni yechish, kosmosni o‗zlashtirish, mudofa salohiyati,
texnika va energetikaning rivojlanishi, fan manbalari uchun materiallar hamda zamonaviy
texnologiyalarni yaratish kabi barcha yo‗nalishlar fizika fani va fizika ta‘limi darajasiga
bog‗liq.
Fizikadan davr talablariga mos ravishdagi bilimlarga ega bo‗lmasdan Vatanimiz
ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishining uzoq muddatli maqsadi va vazifalarini yechishda erishib
bo‗lmaydi. Mamlakatimizning rivojlanishi va hozirgi davrda texnologik jadal taraqqiyotga
erishishda fizika ta‘limi va fizikaning fan sifatida rivojlanishiga mavjud imkoniyatlaridan
samarali foydalanishga asosiy e‘tibor qaratilishi lozim.
Jahon hamjamiyatining hozirgi rivojlanish davrida fizika na faqat tabiiy–ilmiy
ta‘limning rivojlanishiga asos bo‗lib qolmasdan balki, ijtimoiy–iqtisodiy–gumanitar
ta‘limning bir qismi sifatida zamonaviy ilmiy fikrlashning paradigmasi ham bo‗lib
hisoblanadi. Hozirgi davrda fizika ta‘limi saviya (daraja) sini oshirish mamlakatimiz
aholisini munosib sifatli kasbiy (ixtisosli) mutaxasisliklarga bo‗lgan talablarini qondirishni