َّوَّطَي ٌَْأ ِّْيَهَع َحاَُُج َلََف َرًََتْعا ِوَأ َتْيَبْنا َّجَح ًٍََْف ِ َّاللَّ ِرِئاَعَش ٍِْي َة َو ْرًَْنا َو اَفَّصنا ٌَِّإ
َف
―Safo va Marva (tepaliklari) Allohga ibodat qilish belgilaridandir. Bas, kim Haj yoki
Umra qilganida u ikkisini tavof etsa, unga gunoh yo‗qdir‖
110
oyatini dalil qilib, ikki tog‗
ziyorati farz emasligini aytadi. Chunki, bu yerda gunoh yo‗q deyilishi bu amalning farz
emasligini bildiradi
111
. Hanafiy mazhabida ham Safo va Marva oralig‗ida sa‘y qilishlik fazr
amal deb emas balki vojib amal
112
deb qaraladi.
Haj haqida nozil qilingan Baqara surasining 196-oyatida:
َِّ ِلِل َة َرًُْعْنا َو َّجَحْنا اوًُِّتَأ َو
―Haj va umrani Alloh uchun tamomlanglar‖, – deyiladi. Abul Barakot an-Nasafiy
tafsiriga ko‗ra, hanafiy mazhabiga muvofiq haj va umra uchun ehrom bog‗lagan kishi uni
ohiriga yetkazib qo‗yish shart ekanligini ta‘kidlaydi. Ammo imom Shofiiy esa, bu oyat faqat
hajga taalluqli ekani, umrani oxiriga yetkazish shart emasligiga dalil ekanligini aytadi. Va
yana oyatning davomida hanafiy mazhabiga binoan, kasalligi bo‗lsa, yo‗lga qodir bo‗lmasa,
dushman xavfi, haj qilishga har qanday to‗suvchi omillar kabi sabablar hajga borishdan
to‗suvchi amallar ekani ta‘kidlangan. Chunki ―Agar (haj qilishdan) to‗siq bo‗lsa, (mol, qo‗y
kabi) oson bo‗lgan hadyani (berishingiz kerak)‖
113
oyatida to‗siqning qanday ekanligi tayin
emas. Shuning uchun hanafiylik mazhabida kasallik, ojizlik va dushman xavfi, haj amalini
ado etishga to‗siq bo‗luvchi omillardan hisoblangan. Bunday holatda ziyoratchi keyingi
yilda hajni ado qiladi. Shofiiy mazhabida esa, to‗siqdan murod faqatgina dushman xavfigina
tushuniladi xolos
114
. Mana bunday holatlarda haj qilishdan to‗silgan kishilar qurbonlik
qilishlari shart bo‗ladi. Qurbonlikdan murod hadyadir ya‘ni qo‗y, echki, mol kabilar
so‗yiladigan maxsus joyga, ya‘ni Haramda so‗yiladi. Haramga bormasdan oldin ular soch
oldirishlari mumkin emas. Hajga borolmagan kishi qo‗y so‗yilishidan oldin hojilar kabi
sochini oldirmay turadi va qo‗y so‗yilgach, u ehromdan chiqqan hisoblanadi. Shofiiylik
mazhabida Haramdan boshqa joyda ham hadyani so‗yish mumkin deb hisoblaydi
115
.
Abul Barakot an- Nasafiy Baqara surasi 173-oyat:
107
Abul Barakot an-Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-ta’vil. – Bayrut: Hayyatul-irosa, 1988. J. I. – B . 140.
108
Buxoriy rivoyati.
109
Safo va Marva oralig ‘ida yetti marta ziyorat qilish.
110
Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim. – T.: Sano-standart 2019. Baqara surasi 158-oyat.
111
Abul Barakot an-Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-ta’vil. – Bayrut: Hayyatul-irosa, 1988. J. I. – B. 140-146.
112
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Kifoya. J. II. – T.: – SHARQ nashriyoti, 2011. – Б. 189
113
Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim. – T.: Sano-standart 2019. Baqara surasi 173-oyat
114
Abul Barakot an-Nasafiy. Madorik at-Tanzil va haqoiq at-ta’vil. – Bayrut: Hayyatul-irosa, 1988. – B. 167-169.
115
O‘sha asar. J.I. – B. 169.
Do'stlaringiz bilan baham: |