“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
672
Shuni ham aytib o‗tish joizki, an-Nasafiy davrida mo‗taziliy, qadariy, jabariy,
qarmatiy kabi turli botil oqim vakillarining qarashlari tus olgan bo‗lsa kerakki, olim tafsirda
ularga ko‗p bora ilmiy raddiyalar bergan. Va ularning g‗oyalariga qarshi turganlar.
Tarixlarda qayd etilganidek mo‗g‗ullar davrida ilm-ma‘rifat va ilmiy tafakkurning
yo‗qolishi barobarida odamlarni birlashtiradigan yagona g‗oya hamda mafkura ham yo‗q
bo‗lib borgan. Bu holatdan turli oqim va toifa vakillari o‗z aqidalarini yoyish uchun ustalik
bilan foydalanmoqchi bo‗lganlar. Biroq an-Nasafiy va u kabi olimlar an‘anaviy islom
tarafdori sifatida xalqning ilmiy, diniy-ma‘rifiy, ijtimoiy ongini oshirish bilan birga, ularni
ahllik va birdamlikga chaqirganlar. Bunday paytda islom ta‘limoti keng yoyilgan diyorlarda
Qur‘onning asl ma‘nosini talqin etuvchi mukammal tafsirlarga ham ehtiyoj sezilgani tabiiy
holdir.
Tafsirning yozilishi haqida muallifning o‗zi aytgan quyidagi so‗zlari ham isbotlaydi:
―Mendan yaqinlarim Qur‘onni ta‘vil qiluvchi, turli qiroatlar va harakat uslublari
ko‗rsatilgan, ahli sunna val jamoa aqidasiga muvofiq keladigan, adashganlar va bid‘at ahli
so‗zlaridan xoli bo‗lgan, malollik tug‗dirmaydigan hamda tushunarsiz darajada qisqa
bo‗lmagan tafsir yozishimni so‗rar edilar. Men dastlab ikkilandim. Nihoyat, Allohning
tavfiq va inoyati ila tafsir yozishga kirishdim hamda uni oz muddat ichida yozib
tamomladim. Kitobimni ―Madorik at-tanzil va haqoiq at-ta‘vil‖ deb nomladim. Alloh
barcha ishlarni engillashtiruvchi, xohlagan narsasini qilishga qodir va duoni tez ijobat
qilguvchi zotdir‖
101
.
Darhaqiqat, ushbu tafsir boshqa tafsir asarlari kabi juda keng yoki juda qisqa ham
emas, uni o‗qigan kishi undan malollik topmaydi. Hamda ma‘lumotning qisqaligidan
tushunmay qolishi mumkin emas. Juda mo‗tadil va tili yengil yozilgan fiqhiy tafsirdir. Bir
jumlada keng ma‘noga ega mulohazalar yoritilgan. Muhammad az-Zahabiy o‗zining ―at-
Tafsir va-l-mufassirun‖ kitobida ushbu asar haqida quyidagi fikrni aytadi: ―An-Nasafiyning
tafsiri uzun ham emas, qisqa ham emas, ―al-Kashshaf‖da mavjud balog‗at ilmining nozik
qirralari hamda Qur‘on ma‘nolarini tushuntirishda daqiq iboralar qo‗llanilgan‖
102
deb asar
haqida foydali ma‘lumotlarni keltirib o‗tgan.
―Tafsir an-Nasafiy‖da fiqhiy oyatlarni tafsir qilishda o‗ziga xos uslubda yondoshgan
va o‗z mazhabiga tayangan. ―Tafsir an-Nasafiy‖da fiqhiy qarashlar keltirilishi barobarida
mujtahidlarning ham fikrlari beriladi. Jumladan, Baqara surasining 238-oyatida mazmunan
shunday deyiladi: ―Agar ularni mahrni belgilab qo‗ygan holingizda qo‗l tekkizishdan ilgari
taloq qilsangiz, belgilangan mahrning yarmi zimmangizdadir. Magar ular yarim mahrni
kechib yuborsalar yoki nikoh qo‗lida bo‗lgan kishi kechsa ya‘ni yarim mahr bermay butun
mahr bersa joiz‖. Muallif oyatdagi nikoh kimning qo‗lida bo‗lgan kishini aniqlash
borasidagi mujtahidlar ixtiloflarini keltirib o‗tadi. Nikoh qo‗lida bo‗lgan kishi er deb Ali ibn
Abu Tolib, Said ibn Jubayr, Shurayh, Mujohid, Abu Hanifa aytganlar. Imom Shofiiy ham
101
Abul Barakot an-Nasafiy. Tafsir an-Nasafiy qo‘lyozmasi. Qohira, 1995 – B. 1
b
;
102
Muhammad Husayn az-Zahabiy. At-tafsir va-l-mufassirun J. I. – Qohira. Avand donesh nashriyoti, 2005.− B. 199.
Do'stlaringiz bilan baham: |