“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
680
TEXNOLOGIYA FANINI O‟QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN
FOYDALANISH
Achilova Nazira Zaxarovna
Toshkent viloyati Zangiota tumani
34-umumiy o'rta ta'lim maktabi
texnologiya fani o'qituvchisi
Hozirgi davrda mamlakatimizda taʼlim-tarbiyaning axborot kommunikatsiya tizimi,
internet tarmoqlari va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan bogʻliq yangi imkoniyatlar
yaratib berilmoqda. Taʼlimni anʼanaviy usullari oʻrnida intefaol usullarni qoʻllash orqali uni
samaradorligiga erishish dolzarb boʻlib turibdi.
Innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayonida
qoʻllashga boʻlgan qiziqish, kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Bunday boʻlishini
sabablaridan biri, shu vaqtgacha anʼanaviy taʼlimda oʻquvchilarni faqat tayyor bilimlarini
egallashga oʻrgatilgan boʻlsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tatbiq
etishda esa, ularni egallayotgan bilimlarini oʻzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʻrganib,
tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham oʻzlari keltirib chiqarishlariga oʻrgatadi. Pedagogik
texnologiya va pedagogik mahoratga oid bilim, tajriba va interfaol usullar oʻquvchilarni
bilimli, koʻnikma va malakaga ega boʻlishlarini taʼminlaydi.
Interfaol metodlar bu-jamoa boʻlib fikrlash deb yuritiladi, yaʼni pedagogik taʼsir etish
usullari oʻziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va oʻquvchilarning kichik guruhlarga
boʻlib, birgalikda faoliyat koʻrsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik
jarayoni oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, ularga quyidagilar kiradi:
oʻquvchining dars davomida befarq boʻlmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va
izlanishga majbur etishi;
oʻquvchilarni oʻquv jarayonida fanga va bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini doimiy
ravishda boʻlishini taʼminlashi;
oʻquvchining bilimga boʻlgan qiziqishini mustaqil ravishda bajarishi va har bir
masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi.
Pedagog va oʻquvchilarning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkil qilinishi
nazarga tutiladi.
Jamiyat taraqqiyoti hech kachon toʻxtab qolmaydi, uning gʻildiragi doimo oldinga
qarab aylanaveradi, bu albatta tabiiy, tarixiy jarayondir. Shuning uchun ham biz
oʻqituvchilar bu borada ilgʻor pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga keng tadbiq
etishimiz darkor. Dars jarayonida oʻquvchilarga taʼlim- tarbiyani birgalikda olib borish
maqsadga muvofiqdir.
Oʻqituvchi oʻquvchilarni maʼnaviy, badiiy va axloqiy madaniyatlarini shakllantirishi,
ularda milliy gʻurur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishini taʼminlashi zarur.
Biz bilamizki, ―Pedagogika‖ taʼlim - tarbiya xaqidagi fan sifatida tarbiyaning
mohiyatini tushunishini va uning qonuniyatlarini ochib berishi hamda shu orqali inson
manfaatlari tarbiya jarayoniga taʼsir etishini nazarda tutadi. Bu albatta koʻpgina
Do'stlaringiz bilan baham: |