“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
678
- Juftlikda ishlash;
- Kichik guruxlarda ishlash;
- Rolli oʻyinlar;
- Munozara;
- Debatlar.
Yuqoridagilardan foydalanishda aniq maqsadni koʻzda tutib, muammoni keltirib,
oʻquvchilarni shu jarayonda ishlashga tayyorlab, uni maʼlum malakalarga ega boʻlgan
holatlarda qoʻllanilsa kutilgan natijalarni olish mumkin.
Interfaol oʻqitishda oʻqitish muhitini tashkil etiladi, qulay muhit yaratiladi, yaxshi
tashkil etilgan oʻqitish muhiti:
- oʻqish va tadqiqotlarga koʻmaklashadi;
- turli tadqiqotlar olib borish uchun materiallarga ega buladi;
- kreativlik, ijodkorlik qobiliyatiga ragʻbat beradi;
- fikrlar va axborotlar almashuviga imkon yaratadi;
- maʼlumotlarni mustaqil olish koʻnikmalarini shakllantiradi; - uzluksiz taʼlim olish
koʻnikmalarini rivojlantiradi.
Demak, taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligi oʻquvchining oʻquv mazmunini
oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali shugʻullanishi, mustaqil fikr
yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bogʻliq. Interfaol metodlarda dars jarayonini olib
borishda oʻquvchilarda quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini koʻrsatish mumkin.
Oʻquvchi oʻqitilmaydi, uni mustaqil oʻqish, oʻrganish, ishlashga oʻrgatiladi. Bunda
oʻquvchilar mustaqil ravishda tahlil qilish orqali oʻzlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga,
shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga oʻrgatiladi. Oʻquvchilarda yod fikrlarga
qarshi fikr yurita olish, oʻz pozitsiyasini himoya qila olish koʻnikmalari shakllantiriladi.
Oʻquvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlarni darsliklardan, internetdan,
turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali uning bilim olish malakasi
shakllantiriladi. Olgan bilimlari orqali ijodiy mushohada yuritish imkoniyati yaratiladi.
Oʻquvchini darsliklar bilan ishlash, oʻqish, oʻrganish, konspekt yozish, qoʻshimcha
adabiyotlardan foydalanib mustaqil oʻzlashtirish koʻnikmalarini egallashga oʻrgatiladi.
Zamonaviy taʼlimni tashkil etishga qoʻyiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy
va jismoniy kuch sarf etmay qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.
Bugungi kunda bir qator mamlakatlarda oʻquvchilarning oʻquv va ijodiy faolliklarini
oshiruvchi hamda taʼlim tarbiya jarayonini samaradorligini kafolatlovchi interfaol
metodlarni qoʻllash borasida katta tajriba toʻplangan boʻlib, ushbu tajriba asoslarini tashkil
etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan kiritilmoqda.
Oʻquv-biluv jarayonida oʻquvchining manfaatdorligi oshadi. Bu holat oʻquvchini
oʻquv maqsadlariga erishishda yuqori bosqichga koʻtaradi. Darsni interfaol metodlarda
tashkil etishning qanday afzalliklari mavjud. Oʻqitish mazmuni yahshi oʻzlashtirishga olib
keladi. Oʻz vaqtida oʻquvchi oʻqituvchi - oʻquvchilar orasida taʼlimiy aloqalar oʻrnatiladi.
Shuning uchun ham, hozirgi kunda oʻquvchining oʻzoʻzini rivojlantirish
texnologiyasini yaratish pedagogika va didaktika fanlari oldida oʻz yechimini kutayotgan
dolzarb muammolardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |