O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Dam olish kunlarida ishga jalb etishning cheklanishi



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/130
Sana09.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#909453
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   130
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

130-modda. Dam olish kunlarida ishga jalb etishning cheklanishi
Dam olish kunlarida ishlatish taqiqlanadi. Ish beruvchining farmoyishi bo‘yicha ayrim
xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoa shartnomasida, agar u
tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning
boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi.


Xodimlarni ular dam oladigan kunlari ishga jalb etish ushbu Kodeksning 220-moddasi
beshinchi qismida 
va 
228

245-moddalarida 
belgilangan cheklashlarga rioya etgan holda amalga
oshiriladi.
Dam olish kunlarida bajarilgan ish uchun kompensatsiya va haq to‘lash ushbu Kodeksning
157-moddasiga 
binoan amalga oshiriladi.
131-modda. Bayram (ishlanmaydigan) kunlari
Quyidagi kunlar bayram (ishlanmaydigan) kunlaridir:
1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navro‘z bayrami;
Oldingi
 tahrirga qarang.
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
(131-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
Oldingi
 tahrirga qarang.
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
(131-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 367-I-son 
Qonuniga
muvofiq
yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 65-modda)
8-dekabr — Konstitutsiya kuni;
Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
132-modda. Bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishga jalb etishning cheklanishi
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlash man etiladi. Xodimlarni shu kunlari ish beruvchining
farmoyishi bilan ishga jalb etishga alohida hollardagina ushbu Kodeksning 
130-moddasida 
nazarda
tutilgan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga (uzluksiz ishlaydigan korxonalar,
obyektlarni qo‘riqlash, ularning xavfsizligini ta’minlash kabilarga) ko‘ra ishni to‘xtatib turish mumkin
bo‘lmagan joylarda, aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan ishlarda, shuningdek kechiktirib
bo‘lmaydigan ta’mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga
yo‘l qo‘yiladi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari bajarilgan ishlar uchun kompensatsiya va haq to‘lash ushbu
Kodeksning 
157-moddasiga 
muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona,
muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining 
namunaviy qoidalari
 (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 4.10,
4.11 va 4.12-bandlari.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish