Pedagogika, innovatsiya, integratsiya


TARBIYA TIZIMIDA IJTIM OIYLASHTIRISH



Download 7,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/320
Sana30.12.2021
Hajmi7,45 Mb.
#90075
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   320
Bog'liq
Boshlang`ich ta`limda pedagogika innovatsiya integratsiya o`quv qollanma

TARBIYA TIZIMIDA IJTIM OIYLASHTIRISH
Pedagogik  jam oa  har  bir  bolaga  ta’sir  ko ‘rsatish  imkoniga  ega.  Ular 
bolalarda  boshqalarni  tushunish,  jamoada  bir-biriga  ta ’sir  ko‘rsatish, 
tengdoshlari va kattalar bilan hamkorlik qilish malakalarining rivojlanishiga 
yordam  beradi.
Sinfdan  tashqari  ishning  ana  shu  ommaviy  shakllarini  ikkita  katta 
guruhga  ajratish  mumkin.  Bu  guruhlar  bolalar faoliyatining xarakteri  bilan 
farq qiladi.
Birinchi  guruh  -   frontal  shakllar.  Bolalarning  faoliyati  «yonimda», 
«yonida» prinsipi  bo‘yicha tashkil  etiladi, y a’ni  ular bir-birlari  bilan  o ‘zaro 
ta ’sirda  boim aydilar,  har  bir  bola  aynan  bir  xil  ishni  mustaqil  ravishda 
bajaradilar.  Pedagog  har  bir  bolaga  biryoMa  ta ’sir  ko'rsatadi.  Cheklangan 
bolalar  bilangina  teskari  aloqa  o ‘rnatiladi.  Sinfning  hammasi  bilan 
o ‘tkaziladigan  tarbiyaviy  mashg‘ulotlarning  ko‘pchiligi  «yonida»  prinsipi 
bo‘yicha tashkil etilgan.
Bolalarning  sinfdan  tashqari  faoliyatini  tashkil  etish  shakllarining 
ikkinchi guruhi «birga», «birgalikda» prinsipi bilan xarakterlanadi. Umumiy 
maqsadga erishish  uchun  har bir  ishtirokchi  o ‘z  rolini  bajaradi  va  umumiy 
natijaga  o ‘z  hissasini  qo‘shadi.  Hammaning  xatti-harakati  muvaffaqiyati 
har  bir  ishtirokchining  harakatiga  bog'Iiq.  Ishning  bunday  tashkil  etilishi 
jarayonida  bolalar bir-birlari  bilan  yaqin  hamkorlikda  ish  ko‘rishga  majbur 
bo‘ladilar.  Bunday  faoliyat jam oa  faoliyat  nomini  olgan,  tarbiyaviy  ish  esa 
jam oa tarbiyaviy ishlar deb nomlanadi. Pedagog har bir bolaga alohida ta ’sir 
ko ‘rsatmaydi,  balki  bolalar  o ‘rtasidagi  o ‘zaro  aloqaga  ta ’sir  etadi,  bu  esa 
pedagog  bilan 
0‘quvchilar  o‘rtasidagi  teskari  aloqaning  yaxshilanishiga 
yordam  beradi.  Bolalarning juft-juft,  kichik  guruhlarda  sinfdagi  faoliyati 
«birgalikda» prinsipi  bo‘yicha tashkil  etilishi  mumkin.
Har bir y o ‘nalishning o ‘z afzalliklari va kamchiliklari  bor.
Birinchi guruh pedagog uchun tashkil etishda oddiyligi bilan farq qiladi, 
lekin jam oa o ‘zaro ta ’sir malakalarini kamroq shakllantiradi. Ikkinchi guruh 
bolalarda hamkorlik,  bir-biriga yordam  berish,  m as’uliyatni  o ‘z zimmasiga 
olish malakalarini rivojlantiradi. Biroq kichik yoshdagi o ‘quvchilarningyosh
141


xususiyatlariga ko‘ra (ular boshqa kishida teng huquqli insonni ko‘rolmaydi!ar, 
kelishib  olishni,  birga  bo‘lishni  bilmaydilar)  jamoa  shakllami  tashkil  etish 
pedagogdan  ko‘p  vaqt  va  muayyan  tashkilotchilik  malakalarini  talab  etadi. 
Uning pedagog uchun murakkabligi ham mana shunda.
Ikkala y o ‘nalish  o ‘zaro  bog‘langan  va  bir-birini  toMdiradi,  shu  sababli 
quyida biz har bir yondashuv imkoniyatlarini aniq bir forma (shakl) misolida 
qarab chiqamiz.
Jamoa  ijodiy 
ish  texnologiyasi  demokratik  maktab  sharoitida 
ayniqsa  aktualdir,  chunki  u  gumanistik  negizga  -   o'quvchilarning  kichik 
guruhlardagi o ‘zaro hamkorligi  asosiga qurilgan. U to ‘rtta asosiy  bosqichni 
o ‘z ichiga oladi.
Birinchi  bosqichda  bolalar  oldiga  umumiy  maqsad  q o‘yiladi.  Bu 
maqsadga erishish  uchun  ular guruhlarga (3  dan  7-9  kishigacha)  bo ‘linadi. 
Har bir guruh o ‘z variantini, bu maqsadga erishish loyihasini tak lif etadi. Bu 
bosqichda faoliyatning umumiy maqsadi asosida bolalarning birlashuvi ro ‘y 
beradi va  har bir bolada bu  faoliyatni  asoslash  uchun sharoitlar yaratiladi.
Ikkinchi  bosqichda taklif qilingan  barcha variantlarni  m uhokam a qilish 
davomida  bittasi  tanlanadi  yoki  y ig ‘ma  variant  yaratiladi.  Shundan  so‘ng 
har  bir  guruh  vakillaridan  ish  kengashi  saylanadi.  Bu  kollektiv  boshqaruv 
organi bo‘lib, ishning barcha ishtirokchilari о ‘rtasida vazifalarni, bajaradigan 
ishlarni  taqsimlaydi.  Bolalar  boshqalarning  nuqtayi  nazarini  tushunish, 
kelishib olishga o ‘rganadilar.
Uchinchi  bosqichda ish  kengashi tayyorgarlik ishlarini amalga oshiradi, 
guruhlar  o ‘rtasida  topshiriqlarni  taqsimlaydi,  zarur  yordam  k o‘rsatish 
maqsadida ularnnig  ishini tekshirib  boradi.  Har bir guruh  umumiy  loyihani 
amalga  oshirishga  o ‘z  hissasini  qo‘shadi.  Bunda  boshqalarning  muvaffa- 
qiyati  bir  guruhning  ishiga  bog‘Iiq  bo ‘ladi.  Shuning  uchun  guruhlarning 
ishi  ular  o ‘rtasidagi  raqobatga  emas,  balki  hamkorlik  asosiga  quriladi.  Bu 
bosqichda  bolalar  jam oa  b o iib   faoliyat  yuritish  tajribasini  egallaydiiar, 
bir-birini  tushunish,  bir-biriga  g ;am xo‘rlik  qilish,  yordam  k o‘rsatishga 
o ‘rganadilar,  turli  xil  amaliy  ko‘nikma  va  malakalar  hosil  qiladilar,  o 'z  
qobiliyatlarini  rivojlantiradilar yoki  kashf etadilar.
To‘rtinchi  bosqichda  o ‘tkazilgan  ish  muvaffaqiyat  va  kamchiliklar 
nuqtayi  nazaridan  muhokama  qilinadi.  Har  bir  guruh  o ‘zining  xatti- 
harakatini  tahlil  qiladi,  kelgusi  ishga  doir  takliflar  aytadi.  M azkur  bosqich 
bolalarda o ‘zining va boshqalarning ishlarini tahlil qilish, ularga o ‘zgarishlar 
kiritish,  malakalari  shakllanishiga  yordam  beradi.  Bolalarda,  shuningdek, 
obyektiv  ravishda  o ‘ziga-o‘zi  baho  berish  hissi  rivojlanadi,  chunki  bunday 
m uhokamalarda  hech  qachon  bolalarning  shaxsiy  fazilatlariga  daxldor 
gaplar aytilmaydi.
142


Jamoa  ijodiy  ishlar  bolalarga  har  tomonlama  ijobiy  ta ’sir  ko‘rsatadi, 
ularning  shaxsiy  tajribasini  boyitadi,  muomala  doirasini  kengaytiradi. 
Jamoa  ijodiy  ishlar  texnologiyasini  muntazam  ravishda  qo‘llashda  har  bir 
bola turli  guruhlarda  ishtirok  etish  va  turli  rollarni  (tashkilotchi  va  ijrochi 
rolini)  bajarish  imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Jamoa  ijodiy  ishlar  texnologiyasi  bilan  sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlami 
tashkil etish texnologiyasi o‘rtasida ba’zi bir o‘xshashliklar bor:  unda ham, bunda 
ham modellashtirish, ishlami amaliy ravishda bajarish va tahlil qilish mavjud.  Shu 
sababli,  agar  pedagog  o‘zini  tarbiyaviy  ishlami  mazkur  algoritm  asosida  tashkil 
etishga o'rgatsa, uning bolalarni Jamoa ijodiy ishlarga jalb etishi oson bo‘ladi.

Download 7,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish