Pedagogika, innovatsiya, integratsiya



Download 7,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/320
Sana30.12.2021
Hajmi7,45 Mb.
#90075
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   320
Bog'liq
Boshlang`ich ta`limda pedagogika innovatsiya integratsiya o`quv qollanma

o 'z
 navbatida bu  umumiy yoki  shaxsiy pedagogik 
madaniyatda  qayd  etilgan  tarbiya  texnologiyasiga  nisbatan  yakunlangan 
elementdir.  Agarda  uslub  biror  bir tarbiya  masalasi  bilan  barqaror  bog‘liq 
bo‘lsa,  u oddiy tarbiyaviy texnologiya  bo‘lib qoladi.
Masalan,  sinfni  mikroguruhlarga  b o iish   (qiziqishi  bo‘yicha,  q u r’a 
tashlash  bo‘yicha,  yetakchilari  bo‘yicha):  hamkorlikdagi  faoliyatda  o‘yin 
rollarini  yaratish  usullari;  guruhni  muhokamada  so‘zga  chiqish  tartibi  va 
boshq alar- bularning barchasi tarbiyachilari aniq uslublariga misollar. Lekin 
ulardan  hech  biri  qandaydir aniq  tarbiyaviy  masala  bilan  to ^ r id a n - to 'g ^ i 
bog‘liq  emas,  shuning uchun  mana shu  uslublarni  turli  xil  texnoiogiyalarga 
kiritish mumkin.
Mikroguruhlarga ajratish uslubini jamoa bo‘lib maqsadni belgilashda ham, 
hamkorlikda  rejalashtirish  va  umumiy  ishlami  bajarish  texnologiyasida  ham, 
guruhli tahlilni tashkil qilish usuli sifatida ham va muloqot reytingida mashqlar 
o'tkazish  uslubi  sifatida  ham  qo'llash  mumkin.  Shunga  mos  ravishda  ishlab 
chiqilayotgan  pedagogik  yordam  texnologiyalari  ham  ilgari  ma’lum  boMgan 
uslublar yo‘nalishidan  iborat  boMishi  mumkin,  lekin  ma’lum  tartibda tuzilgan 
ularning  ketma-ketliklari  yangi  tarbiya  vazifalariga  javob  bera  boshlashi 
mumkin.  Pedagogik  yordam  texnologiyasi  -   bu  o ‘sib  borayotgan  odamning 
boshqalardan  o‘zining  farqini  anglab yetishga yordam  beruvchi  o ‘quvchining 
jismoniy,  intellektual, ma’naviy, ijodiy vositalardan foydalanish tizimidir.
Bu  o ‘quvchining  ta’lim  olishida  mustaqil  va  muvaffaqiyatli  ilgari 
borishi,  shaxsiy hayot yo‘li va hayot mazmunini  tanlashi  uchun zarurdir.
Ushbu 
texnologiyani 
amalga 
oshirish 
o ‘quvchining 
savolidan 
boshlanadi:  «Men  kim  bo‘laman?»,  «Qanday  bo‘lishim  kerak?»  Pedagog
137


bilan  birgalikda  mana  shu  savollarni  muhokama  qilish  yana  boshqa  bir 
mustaqil  savolni  ham  keltirib chiqaradi:  «Qanday yashash kerak?» M axsus 
tashkil  etilgan  maslahatlar  orqali  aynan  mana  shu  o ‘quvchiga  xos  b o ‘lgan 
individual  hayot tarzi  asta-sekin  tuziladi,  intellektual,  emotsional, jism oniy 
yuklam alar qulay rejimi tanlanadi.
0 ‘quvchi  pedagog yordamida  muvaffaqiyat va  baxtsizliklarga  bardosh 
berishning  o ‘zi  uchun  mos  usullarini  topadi,  mehnat  faoliyati  mos  turini 
aniqlaydi,  bo‘sh vaqtini  uzluksiz  ish  shakllari,  odamlar bilan  m unosabatlar 
xususiyatlari  bilan belgilaydi.
«Pedagogik  yordam»  tushunchasining  semantik  m a’nosi  birinchi 
navbatda  faqatgina  biror  narsaga  ega  bo ‘lgan,  lekin  yetarli  darajaga 
ega 
bo‘lmagan  odamgagina  yordam  ko‘rsatish  va  qo‘llab-quvvatlash 
mumkinligidan  iborat.  Shuning  uchun  bolaning  o ‘zida  biror  narsani  bilish 
istagi  paydo  bo‘lsa  va  bu  y o ‘lda  uning  oldida  qiyinchiliklar  paydo  b o ‘lsa 
pedagogik yordam harakatga keladi.
Shunday  qilib,  pedagogik  yordam  texnologiyasi,  birinchi  navbatda, 
vaziyatga javob  qaytarishdan  iborat bo‘ladi.  0 ‘z  navbatida  bu  texnologiya 
turli uslublardan iborat. Ulardan biri baholash -  algoritmik uslub hisoblanadi.
Bola  faoliyatini  tuzatish  va  baholash  munosabati:  «yaxshi  -   yomon», 
«to‘g ‘ri  -   noto'g'ri»,  «mumkin  -   mumkin  emas»  kabilar  m a’lum  yosh 
bosqichida  belgilar xulqi  doirasini  belgilaydi.  Bu  uslub  o ‘qituvchi  obro'si 
hali  juda  kuchli  bo‘lmagan  kichik  maktab  yoshidagi  o ‘quvchilar  uchun 
ancha samarali b o ‘ladi.
Pedagogik  yordam  texnologiyasi  bu  -   bir  uslub  ijtimoiy  ko‘nikmalar 
kursini  maqsadga  muvofiq  kiritish  hisoblanadi.  Ushbu  kurs 
ijtimoiy 
munosabatlar,  shaharlararo munosabatlar,  qaror qabul qilish,  o ‘zini  anglash 
kabi  sifatlardan  iborat  .  Ushbu  ikki  fanning -  amaliy  m ashg‘ulotlar yoki 
o ‘zini  namoyon  etish  va  o'zaro  aloqalar  hamda  hamkorlik  tajribasi  uchun 
jam oani  ijodkorlik  bo'yicha  m ashg'ulotlar  ko'rinishida  qurilishi  juda 
muhim.
Pedagogik  yordamni  amalga  oshirishdan  keyingi  uslub  -   bolalar 
jam oasini tashkil etish va boshqarishda pedagogning yordam i hisoblanadi.
0 ‘zini  boshqarish  buyruq  bo‘yicha  yuzaga  kelmaydi,  balki  bolalar 
va  o ‘smirlar  qiziqishlari  hamda  maktab  fuqarosi  huquqlari  ham  o ‘z 
manfaatlarini  o ‘zaro  himoya  qilishlari  ehtiyojlaridan  kelib  chiqadi.  Ushbu 
o ‘zini  boshqarish  (aynan  mana  shu  yerda  pedagogning  yordam i  kerak) 
maktab  doirasida  bolalar  qiziqishlarini  birlashtiruvchi  boMganida  va 
maktabning o ‘zi fuqarolik jam iyati sifatida qurilganda paydo bo‘ladi.
Diskoteka  o'tkazish,  sayohatga  borish  yoki  qandaydir  tanlovlar 
o'tkazish  uchun  o ‘smirlar  birlashtirishni  xohlasalar,  mana  shu  vaziyatda
138


o ‘zini  boshqarish  lokal  tajribasi  paydo  boMadi.  Kattalar  esa  bu  vaziyatda 
yordamchi  boMib  qolishlari  mumkin.  0 ‘zini  boshqarishda  qoidalar  ishlab 
chiqarish  majburiy  element  hisoblanadi.  Bolalarning  o‘zlari  yaratadigan 
qoidalar,  qonunlar,  huquq  qoidalarining  muhim  ahamiyatga  egaligi 
pedagogikada ancha avval payqalgan.
Bolalarning o'zlari yaratgan qoidalar ularni birlashtiradi. Maktab hayoti 
muammolarini yana-da demokratik hal etishga imkon beradi. Lekin, asosiysi, 
bunday qoidalar erkinlik va m as’uliyatlilik doirasini belgilab beradi. Ushbu 
holatni  intizomlilikni  rivojlantirishning  kuchli  vositasi  sifatida  tushunib, 
ko‘pchilik  maktablar  o ‘zlarining  qonunlarini,  o ‘rtoqlik  nizomlarini,  vijdon 
kodekslarini  yaratmoqdalar.  Lekin  ushbu  uslubda  ham  maMum  xavfli 
tomonlar mavjud.  Pedagog ba’zi bolalar boshqalar ustidan nazoratchi boMib 
qolmasliklarini  kuzatib  borishi  zarur.  Bunday  holatda  bolalar  jam oasida 
adovat  ham  yuzaga  kelishi  mumkin.  Bunday  holatda  bolalar  qonunni 
bajaruvchilar  va  ularga  qarshi  kuzatuvchilarga  ajralib  qolishlari  mumkin. 
Shunday  qilib,  yuqorida  tasvirlangan  uslublar  (ularning  ro‘yxati,  albatta, 
davom  ettirilishi  mumkin)  to ‘plami  yangi  maqsad  -   pedagog  yordam 
uchun  texnologiyani  belgilab  beradi  va  mana  shu  mazmunda  innovatsion 
texnologiyalarni qoMlash maqsadga muvofiq boMadi.
Umuman  olganda,  har  qanday  tarbiya  tizimining  yangilanishi 
innovatsiyalar  hisobiga  amalga  oshiriladi.  Bu  esa  ikki  -   revolutsion 
(inqilobiy) va evolutsion yoM  bilan  sodir boMishi mumkin.
Inqilobiy  yoM  odatda  maktab  hayotida jam iyat  hayotidagi  favqulodda 
vaziyatlar  bilan  kelib  chiqadi.  Ikkinchi  yoM  tarbiya  tizimini  samarali 
pedagogik  boshqarish  bilan  boMadi,  chunki  yangilanish  mexanizmlari 
tizimning o ‘zida mavjuddir.
Tizimning  holati  va  faoliyati  to ‘g ‘risida  yaxshi  yetkazilib  turiladigan 
obyektiv  axborotlar,  pedagoglar  va 
0 ‘quvchilar  jamoasining  doimiy, 
ijodiy  izlanishiga  y o ‘nalgan  ishlari  ta ’lim  tizimi  yangilanishini  rejali  va 
boshqariladigan  qiladi.  Innovatsion  maktab tashkil  topishi  didaktik jihatini 
tahlil  qilish quyidagi xulosalarga kelishga imkon beradi:
I. 
Innovatsion  maktab tashkil topishi jarayonini  didaktik  ko‘rib  chiqish 
turlicha jihatlar orqali amalga oshiriladi:
•  Falsafiy-metodologik (o‘qitish maqsadlari).

 Nazariy (o‘qitish mazmuni, o ‘qitish jarayoni tuzilishi va qonuniyatlari).
•  Texnologiya (o ‘qitish jarayoni qoidalar tamoyili).
Didaktik  qarashning  falsafiy-metodologik  jihati  quyidagidan  iborat. 
U  yoki  bu  ijtimoiy  buyurtmaning  mazmunidan  qat’i  nazar,  maqsadlarni 
aniqlashtirish  jarayoni  har  doim  m a’lum  pedagogik  strategiyani  tanlash 
bilan  berilishi  kerak.  Ijtimoiy  buyurtmadan  o ‘qitish jarayonini  tashkil  etish
139


aniq maqsadlariga o ‘tish jarayonida haqiqatda  ishtirok etuvchilar barchalari 
shunday  tanlovni  amalga  oshirishga  majburlar:  olim-didaktiklar,  maktab 
m a’muriyati, birinchi navbatda esa yangi ta ’lim modellarini ishlab chiquvchi 
innovatsion maktablar o ‘qituvchilari.
II. 
Turli  pedagogik  strategiyalardan  tanlab  olishning  to ‘rtta  y o ‘nalishi 
mavjud:
Ta’lim  sohasida eng yuksak vazifalar.
0 ‘qitish va rivojlantirish jarayonlari  nisbati.
Ta’lim  mazmuni konsepsiyasi  m a’lum  turiga y o ‘nalganligi.
Inson madaniyati tuzilishi to ‘g ‘risida tasavvur.
Ushbu  m a’lum  pedagogik  strategiyani  tanlash  ilmiy  obyektiv  vazifalar 
bilan  umuman  hal  etilishi  mumkin  emas.U  har  bir  aniq  innovatsion 
guruhning umumiy dunyoqarashi  bilan, metodologik, falsafiy,  antropologik 
qarashlari  bilan  bogMiq.
ПГ.  Didaktik  qarash  falsafiy  metodologik  jihatdan  maktabning 
innovatsionligi  g ‘oyaning  o'zi  umuman  yangiligidan  tashqari,  maktabda 
maqsadni  shakllantirish  jarayoni  mavjudligi  qayd  etilganligidan  ham 
iborat  bo‘lishi  mumkin.  Maqsadni  shakllantirish  innovatsion  maktabning 
mavjudligiga  sabab  boMadi  va  o ‘z  navbatida  o'qitishning  o ‘zi  u  sababli 
bo’ladi.
IV.  Innovatsion  maktabning  tashkil  topishi  didaktik  qarash  (
0‘qitish 
mazmuni, 
0‘qitish  jarayoni  tuzilishi  va  qonuniyatlari)  nazorat  jihatlari 
quyidagilardan  iborat.  Zamonaviy  ta ’lim  vaziyatlari  sharoitlarida  deyarli 
har  bir  maktabda  variantiv  qismini  aniqlash  hisobiga  boshlash,  keyin  esa, 
invariant  asosini  aniqlashtirib  shaxsiy  pedagogik  strategiyasini  ishlab 
chiqish imkoniyatiga ega. Ya’ni zamonaviy asosiy o‘quv rejasi faqatgina turli 
innovatsiyalar yuzaga  kelishiga  yordam  beruvchi  omil  sifatida  emas,  balki 
haqiqiy rag‘batlantirish  sifatida ham  amal  qila boshlaydi.
V.  0 ‘qitish  nazariyasi  (o‘qitish  jarayoni  tuzilishi  va  qonuniyatlari) 
o ‘qitish  mazmunidan  farqli  ravishda  innovatsiyalar  yuzaga  kelishi  uchun 
imkoniyat  hisoblanmaydi.  Lekin  innovatsion  maktab  tashkil  topishini 
didaktik  qarashda  texnologik  jihatida  yuzaga  keladigan  innovatsiyalar 
uchun cheklovchi  rolida  ishtirok etishi  mumkin.
Innovatsion  maktab  tashkil  topishini  didaktik  qarashdagi  texnologik 
jihati  quyidagilardan iborat.
0 ‘qitish  mazmuni  va  texnologiyasida  o ‘zaro  bog4liqlik  mavjud. 
0 ‘qitish  mazmunidagi  o ‘zgarish  (misol  uchun  o ‘quvchi  fikrlarini  tashkil 
etuvchi  sxemalar  kiritish)  darhol  mana  shu  mazmunni  yetkazib  berishga 
qodir  yangi  pedagogik  texnologiyani  ishlab  chiqishni  talab  qiladi.  Va, 
aksincha,  m a’lum  texnologiyalar  o ‘qitish  mazmuni  hajmining  o ‘ziga  xos
140


chegaralovchilarini  ilgari  suradi,  masalan,  davomiyligi  va  qamrab  olish 
kengligi.  Aniq  pedagogik  texnologiyalar  ko‘rinishida  berilgan  har  qanday 
innovatsiyalar  didaktik  qarash  texnologik jihatida,  bir  tomondan,  o ‘qitish 
nazariyasi  va  mavjud  maqsadlar  bilan  cheklangan,  ikkinchi  tomondan  esa 
ushbu  innovatsion  texnologiya  «mos»  keladigan  yondashish  xususiyati 
bilan (texnoizlanish) cheklangan.

Download 7,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish