O„zbekiston tarixi kafedrasi


-MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA QASHQADARYO



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

11-MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA QASHQADARYO
VOHASI
Reja: 
1.
Amir Temurning 1360-1370 yillarida Qashqadaryo vohasidagi siyosiy faoliyati 
2.
Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi 
3.
Amir Temurning harbiy yurushlari 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
To‗qlug‗ Temur, Ilyosxo‗ja, Amir Husayn, Hoji barlos, 
sarbadorlar, Balx, Sayid Baraka, Xorazm so‗fiylari, amir-ul umaro, Saroymulkxonim, Anqara 
jangi, Mirzo Ulug‗bek, Samarqand. 
Ichki Mo‗g‗uliston Turkistonda (Chigatoy ulusida) sodir bo‗layotgan bo‗ysunmaslik va 
mustaqillik harakatlariga qo‗l qovushtirib, tomoshabin bo‗lib tura olmasdi. Sharafiddin Ali 
Yazdiy «Zafarnoma»sida bu haqda, «Movarounnahr viloyatlari ahvoli tushkunlikka yuz tutgach, 
Chig‗atoyxon naslidan Jata podshosi Tug‗luq Temurxon ibn Emilxoja ibn Duvaxon yetti yuz 
oltmish birinchi yil rabi us-soniy (oyi)da, ya‘ni sichqon yili (1360 yil, yanvar-fevral) o‗zining 
butun el-ulusini yig‗ib, lashkar tuzdi va o‗lkalarni zabt etish orzusi bilan Movarounnahr tomon 
yuzlandi. Chunki nasl-nasab jihatidan bu mamlakatning podshohligi unga tegishi kerak edi
1
», 
deyiladi. 
Tug‗luq Temurxonning har biri o‗z boshiga mustaqillik olgan, birikmaslik to‗fonida 
qolgan turkiy amirlar ustiga yurish qilishi bejiz emas edi. Amir Qazog‗on, undan so‗ng Bayon 
Sulduz, Hoji Barloslar ozodlik yalovini ko‗targan yillarda Movarounnahrdan juda ko‗p 
mo‗g‗ullar «markaz»ga, Mo‗g‗ulistonga qaytib ketishga majbur bo‗lgan edi. Tug‗luq Temurni 
ana shular – o‗zga xalqni ezib, nonining gulini yegan kimsalar qayta istiloga ruhlantiradilar. 
Muiniddin Natanziy shuni nazarda tutib «Mo‗g‗ulistonga ketgan mo‗g‗ullar barchasi birgalikda 
podshoh Tug‗luq Temurni Movarounnahr fathiga unday boshladilar», deb yozadi. 
Mo‗g‗ul hukmdori Tug‗luq Temurning Movarounnahrga qo‗shin tortishi, deyarli jangu 
jadalsiz uni zabt etishi ayni vaqtda porloq g‗alaba va mash‘um halokat debochasi edi. Tug‗luq 
Temur o‗zi mutlaqo sezmagan, tasavvur qilmagan holda yana bir Temurni, mo‗g‗ul 
bosqinchilarini tag-tomiri bilan mamlakatdan uloqtirib tashlaydigan mazlum xalq farzandini 
kashf etgan edi. Turkistonga qo‗shin tortib kelayotgan mo‗g‗ullar Sirdaryo yaqinida, Toshkent 
cho‗lida joylashgan Chinoqbuloq mavzesida to‗xtab, bosqin rejalarini pishiqtirib oladilar. 
Turkistonda mo‗g‗ullarga qarshi kurash, bo‗ysunmaslikning alangalanib turgan o‗chog‗i Qashqa 
vohasi edi. Tug‗luq Temurning amirlari va arkoni davlati kengash qurib, Shahrisabz va 
Samarqand ustiga qo‗shin tortishga kelishib oladilar. «Zafarnoma»da keroyit umoqidan 
(aymoqidan) Ulug‗ Tuqa Temur arqonut umoqidan umoqidan Hojibek va qang‗li umoqidan 
1
Zafarnoma. Sharq yulduzi, 1992. 6-son, 115-bet. 


71 
Bikijaklar mo‗ljalni Keshga oladilar. Ular birgalikda Shahrisabz tomon yuzlandilar», deyiladi. 
Tug‗luq Temurning o‗zi ham to‗g‗ridan-to‗g‗ri Keshga (Shahrisabz) yo‗l olgan. 
Shu o‗rinda amir Hoji Barlos ko‗rgan tadbirlar ahamiyatga molik. Sharafiddin Ali Yazdiy 
uning mo‗g‗ullarga qarshi kurashish maqsadida Kesh, Qarshi tevarak-atrofidan lashkar 
to‗plaganligini, mudofaaga tayyorgarlik ko‗rib, dushman yo‗lini to‗sish uchun intilganligini 
keltirib o‗tadi. Fasih Havofiy bu haqda boshqacharoq, ya‘ni, amir Hoji Barlos sha‘nini tushirib 
yuboradigan jumlalarni tizadi. «Mujmal» muallifi mo‗g‗ul podshohi Tug‗luq Temurning 
kelayotganligi ovoza bo‗lgach, «bu xabar Amir Hoji Barlos qulog‗iga yetib, unga ishonch hosil 
qilgach, Tug‗luq Temur bilan uchrashmasdanoq Movarounnahrni tark etib, Xurosonga yo‗l 
oldi», deydi. Muiniddin Natanziy ham amir Hoji Barlosning «qarshilik ko‗rsatish umidida o‗z 
lashkarlarini to‗plaganligini» ta‘kidlaydi. Mo‗g‗ullar katta qo‗shin bilan kelayotganligi ma‘lum 
bo‗lgandan so‗ng, Yazdiy aytgani singari, amir Hoji Barlos yovga qarshilik ko‗rsatish haqidagi 
qarorini o‗zgartiradi (kuchlar teng emasligi masalani hal qiladi, chog‗i) va Xurosonga ketib, payt 
poylashni ma‘qul ko‗radi. 
Amir Temur tarixini bitgan muarrixlar amir Hoji Barlosning og‗ir vaziyatda o‗z jonini 
qutqarib ketishini xush ko‗rmaganlar. Bu o‗rinda bir jihatni esdan chiqazmaslik kerak bo‗ladi. 
Tug‗luq Temur bosib kelishiga qadar bo‗linib qolgan yurt amirlari tahlikali davrda ham bir-
biriga yordam qo‗lini cho‗za olmasdilar. Hatto, amir Boyazid jaloyir Tug‗luq Temur Sirdaryodan 
o‗tgach, unga itoatpesha qilib borib qo‗shiladi va Shahrisabz yurishida hamroh bo‗ladi. 
Yetti yuz oltmish birinchi hijriy (1360 y.) sichqon yili edi. Amir Hoji Barlos o‗ziga yaqin 
kishilar bilan Xurosonga yo‗l oladi. Bu payt 24 yosh ustida bo‗lgan Amir Temur ham unga 
qo‗shiladi. U amakisi amir Hoji Barlosning xizmatida bo‗lgan. Hoji Barlosning elu yurtini taqdir 
ixtiyoriga tashlab, xorijga ketishi mo‗g‗ul bosqinchilariga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalangan 
yosh Temurga qattiq ta‘sir qiladi. U Jayhun bo‗yiga yetguniga qadar o‗ylovda boradi. Amir 
Hojibekning ko‗nikilgan vatanni tark etib, g‗urbatni ixtiyor etgani va xonumonini dushman 
talon-tarojiga qoldirganini ko‗rgach, Amir Sohibqironning o‗z ulusiga joni achidi va mardlarcha 
amir Hoji Barlosdan qaytmoqqa ruxsat talab etdi. Zamon taqozosi ham shunday bo‗lganidan 
amir Hojibek Barlosga bu ma‘qul ko‗rindi va ruxsat berdi. 
Amir Temur o‗sha dolg‗ali damlarda yon berishga, kuchli dushman bilan murosa qilishga 
majbur edi. Amir Hoji Sayfiddin Amir Temurni mo‗g‗ul podshohi Tug‗luq Temur oldiga 
boshlab boradi. Amirlar Hoji Barlosdan yuz o‗girib, qaytib kelgan yosh yigitni maqtab ta‘rif 
qiladilar. Tug‗luq Temur ham uning aqlu-farosatiga qoyil bo‗ladi va uning shaxsida o‗zining 
sodiq ittifoqchisini ko‗radi. Mo‗g‗ul podshohi unga ko‗plab suyurg‗ol berib, avloddan-avlodga 
barlosiya merosi bo‗lgan Shahrisabz tumanini Amir Sohiqironga inoyat qiladi.


72 
Amir Temur qaltis vaziyatda, yigirma besh yoshga to‗lgan paytida Qashqa vohasi 
hokimiyatini qo‗lga oladi. Garchand, mo‗g‗ul hukmdori Tug‗luq Temur o‗z yurtiga qaytib 
ketgan bo‗lsa-da, bu yurtda hali to‗la xotirjamlik, barqaror vaziyat o‗rnatilmagan edi. Ko‗pgina 
viloyat amirlari sarosimada qolgan edilar. Jata amirlarini jo‗natgandan so‗ng, Amir Temur 
hokimiyat ishiga kirishar ekan, eng avvalo, harbiy kuch to‗plashga asosiy e‘tiborni qaratadi. 
Yazdiyning shahodaticha, u Shahrisabzdan to Jayhun yoqasigacha bo‗lgan yerlardagi barcha 
lashkarga yig‗ilmoq haqida farmon beradi. 
Amir Temur o‗ziga topshirilgan hokimiyatning omonat ekanligini yaxshi bilar edi. Shu 
sababdan ham, Tug‗luq Temur in‘om qilgan hokimiyatdan foydalanib, birinchi qilgan ishi 
Keshdan Jayhun etaklariga qadar bo‗lgan joylardagi qo‗shinlarning yig‗ilishini talab qilish 
bo‗ladi. «Zafarnoma» muallifi Amir Temur Jata amirlari huzuridan qaytib kelib, o‗z aqlu-
idrokini ulusni boshqarish va muhofaza qilishga qaratganligini ta‘kidlaydi. 
Movarounnahr bo‗linib qolgan, hali bu mamlakatda mo‗g‗ullarning kuchi va ta‘siri katta 
edi. Amir Temur birlashmay turib, ozodlikka erishib bo‗lmasligini qattiq his qilar edi. Bu yo‗lda 
u yon berishlarga ham rozi edi. Shu sabab, u tezda Xizr Yasavuriy oldiga jo‗naydi. Ikki amirning 
ittifoqi atrofdagilar diqqatini jalb etadi, mo‗g‗ullarning kuch ishlatmay, mamlakatga beandisha 
kirib kelishidan xavfga tushib qolgan ba‘zi amirlar ularga yaqinlashishni ixtiyor qiladilar. Amir 
Boyazid Jaloyir o‗z lashkari bilan Amir Temur va Xizr Yasavuriyga qo‗shiladi. 
Amir Qazog‗on halokatidan keyin Movarounnahr hukumati rasman amir Bayon Sulduz 
qo‗lida edi. Amir Qazog‗onning qirg‗in qilingan avlodidan birgina amir Husayn bobosi taxti 
ilinjida payt poylar, qulay fursat keldi deguncha Bayon Sulduzdan taxtni tortib olishga intilardi. 
Uch amirning ittifoqi uning orzulariga yo‗l ochadi. Qadimiy turkiy saltanat udumlariga qattiq 
rioya qiluvchi amirlar Movarounnahr taxtining vorisi deb amir Husaynni tan oladilar. Kobuldan 
amir Bayon Sulduz ustiga qo‗shin tortish taraddudida bo‗lgan amir Husayn amirlarning bu 
qo‗llab-quvvatlashidan tezda harakatga tushadi. Xizr Yasavuriy va amir Temur unga madad 
qiladigan bo‗lishadi. Biroq amir Boyazid Jaloyir bu ittifoqdan chiqishni afzal biladi. Buning 
sabablari bor edi, albatta. Uchala amir lashkarlari safida mo‗g‗ullar va ularning amirlari bor edi. 
Turkiy amirlarning Amir Husaynga yordam berish haqidagi qarori ularga xush kelmaydi. 
Qo‗shindagi mo‗g‗ullar ajralib, Tug‗luq Temur ortidan ketadilar va unga qo‗shiladilar. Amir 
Boyazid Jaloyir mo‗g‗ullarnnng bir shumlikni o‗ylaganini sezib, yuqorida aytilgan uchlikdan 
chiqadi va Tug‗luq Temur tarafga yo‗l oladi. 
Tug‗luq Temurxon Movarounnahrdagi vaziyatning bunday tus olganligidan junbushga 
kelib, yana ortga qaytadi. Amir Husayn boshchiligidagi amirlar esa Hisori Shodmon qal‘asiga 
yurishni davom ettiradilar, Bayon Sulduz qarshilik ko‗rsatishni o‗z imkoniyati darajasida 
ko‗rmagach, qal‘ani tashlab qochadi. Amir Husayn hokimiyatni qo‗lga oladi va bobosi amir 


73 
Qazog‗onga qilingan suiqasdda qo‗li bo‗lgan Xattoliyon hukmdori Kayxusravning birodari 
Qayqubodni qatlga buyuradi. 
Turkiston qasdida ortga qaytib, ikkinchi marta qo‗shin tortib kelayotgan Tug‗luq Temur 
Chu daryosi bo‗yida to‗xtab, tin olib turganida, turkiy amirlar Bayon Sulduz ustidan qozonilgan 
g‗alaba nashidasini surayotgan edilar. 
Tug‗luq Temurni Turkiston o‗lkasiga ikkinchi marta yurish qilishga undagan sabablardan 
biri Amir Temur va Xizr Yasavuriy ittifoqining tuzilishi bo‗lgan edi. Amir Boyazid Jaloyir ham 
boshda ularga xayrixoh bo‗lgan, oqibatda, mo‗g‗ul amirlari ulardan ajralib, Tug‗luq Temur 
ortidan jo‗nagan edilar. Movarounnahrda yuz berayotgan birikish-ajralish o‗yini mo‗g‗ul xoniga 
bunday imkoniyatni qo‗ldan chiqarmaslikni taqozo etar edi. Sharafiddin Ali Yazdiyning 
ko‗rsatishicha, Tug‗luq Temur qishni o‗tkazib, 762 (1361 yil, mart-aprel) hijriy yilning jumadul-
avval oyida Turkistonga bostirib keladi. 
Tug‗luq Temur ikkinchi bosqini chog‗i qattiq jazavaga tushgan edi. Uni mahalliy turkiy 
amirlarning ittifoq tuzishga – birlashishga intilishi g‗azab otiga mindiradi. Amir Boyazid 
Jaloyirning vahshiyona qatli shundan darak berar edi.
Mulohaza qilinsa, mo‗g‗ul hukmdorining nega endi Amir Temurga ko‗ngli iyib qoldi
degan savol ko‗ndalang bo‗ladi. Bu yerda «dovyuraklik va qattiqqo‗llik»dan tashqari, boshqa bir 
muhim sabab bo‗lib, uning bir uchi amir Hoji Barlosga borib taqalsa kerak. Amir Hoji 
Barlosning Xurosondan qaytib kelishi va Kesh viloyati uchun Amir Temur bilan to‗qnashuvini 
Tug‗luq Temur e‘tibordan chetda qoldirishi mumkin emasdi. Amir Hoji Barlos qarindoshi Amir 
Temurga oxirgi bor imkoniyat yaratganligini xayoliga keltirmagani holda o‗zini Xurosonga, 
to‗g‗ri o‗lim quchog‗iga uradi. 
Tug‗luq Temur birlashmoqchi bo‗lgan amirlarni tariqday tirqiratadi. Amir Qazog‗on 
o‗rniga bir muddat hokimiyatga kelgan Bayon Sulduzni ham qatl ettiradi. Mo‗g‗ul hukmdorining 
qattol siyosati maqsadini tushunish qiyin emas: u Movarounnahrda bosh ko‗taradigan kuchni 
qoldirmoqchi emasdi. Tug‗luq Temurning bahorda boshlagan istilosi kuzga kelib yakun topadi. 
1361 yildan keyingi voqealar Amir Temur uchun tashvishli kechadi. O‗z qarorgohiga 
hashamatu mamnuniyat bilan qaytgan Tug‗luq Temur Movarounnahr hokimiyatini o‗g‗li 
Ilyosxo‗ja O‗g‗longa topshiradi. Amir Bekijak (Bekichak, Bekkichik shakllari ham bor) mazlum 
yurtni boshqarish jilovini o‗z qo‗liga oladi.
Tug‗luq Temurning Amir Temurga ishonchi mukammal bo‗lmagan va u bundan oldin 
yuz bergan voqealarni unutmagan: mo‗g‗ullarga qarshi uch amir ittifoqi tashabbuskori Amir 
Temur edida. Amir Bekichak Amir Temurga g‗araz va nafrat bilan qaragan. Yosh amirni ta‘qib 
etish xonning ra‘yi bilan qilingan. Amir Temur Bekichakning uni yo‗q qilish maqsadini bilgach, 
tog‗ma-tog‗ yashirinishga majbur bo‗ladi. 


74 
Qashqa vohasida amir Bekichak o‗tkazayotgan qattol siyosat, talon-taroj va xo‗rlash 
elning, vatanparvar qavm boshliqlarining ham nafratini qo‗zg‗otgan. Bosqinchilarga qarshi 
kurash umumiy tus ola boradi. Amir Temurning mo‗g‗ullarga hujum qilishga tayyor turganligi 
daragini bilgan amirlar Amir Temur va amir Husaynga kelib qo‗shiladilar. Ilyosxo‗ja o‗g‗lon va 
uning amirlari Busaid, Mangli Bo‗g‗o va Haydarlar ham o‗z lashkarlari bilan Darigaz suvi 
bo‗yida jang hozirligini ko‗radilar. Daryoning ikki qirg‗og‗idan o‗qlar uzilib, kurash qizg‗in tus 
oladi. O‗sha paytda Amir Temur atrofiga qariyb ikki ming suvoriy to‗plangan edi. Qo‗shin bilan 
u Jayhundan o‗tadi va Termizga keladi. Qoravulbegi tajribasiz bo‗lganligi tufayli amir 
Bekichakning ukasi Ajuning sipohi bostirib kelganini bilmay, g‗aflatda qoladilar. Amir Temur 
qo‗shini bor-buduni tashlab, zo‗rg‗a kemalarga tushadida, bir amallab qutulib qoladi. 
Mo‗g‗ullar bilan olib borilgan janglar qaqshatgich tus ola boshlaydi. Mana shunday og‗ir 
paytda SHer Bahrom yana qo‗rqoqlik qilib, Baljug‗on tarafga qochib qoladi. Ko‗p o‗tmay 
Ilyosxo‗ja o‗g‗lon son-sanoqsiz lashkar bilan Puli Sanginga kelib tushadi. Amir Temur nisbatan 
kam qo‗shin bilan ularga qarshi turadi. Dushman qanchalik ko‗p bo‗lmasin, Amir Temurdagi 
shijoat va harb ishiga bo‗lgan tug‗ma salohiyat dushmanni dovdiratib qo‗yadi. Mo‗g‗ullar 
mag‗lub bo‗ladi. 
Yov izidan tushgan Amir Temur sipohiylari Kahlakka yetib kelganini eshitgan 
Shahrisabz lashkari ham uning istiqboliga peshvoz chiqadi. Muiniddin Natanziy oz lashkarning 
ko‗p sonli qo‗shinni qanday yengganligi tadbirini quyidagicha hikoya qiladi: 
«Amir Temur bir ming yetti yuz kishini Kahalkaga qo‗yib, o‗zi uch yuz kishi bilan 
ulardan ajrashdi. Shular jumlasida ikki yuz otliqdan besh qo‗shin tuzib, Amir Sulaymon, Amir 
Joku, Bahrom, Amir Jaloliddin Barlos, Hoji Sayfiddin va Yo‗ltemurni boshlatmish qilib qir-
adirlar ustidan uzatdi. Chang-to‗zon quyuq bo‗lib, uzoqdan qo‗shin ko‗p sonli ko‗rinishi uchun 
bularga har otning ikki tomoniga ikkitadan daraxt shoxini boylab olishni tayinladi va 
to‗xtamasdan Shahrisabzga kirib borib, mo‗g‗ullar u yerga qo‗ygan dorug‗ani olib, huzuriga 
yetkazishni buyurdi. Amir Temur o‗zi yuz kishi bilan shabgir qilib Xuzorga jo‗nadi va sahar 
paytida kutilmaganda Xuzor qasabasi ichkarisiga kirdi. U yerning aslzoda va ayonlarini jam 
kilishni buyurib, ko‗chmanchilar va askarlarni qo‗lga oldi». 
«Zafarnoma» muallifi oz sonli cherikni ko‗p qilib ko‗rsatish usulini «chorqo‗shin» deb 
ataydi. Bunda, otning ikki yoniga bog‗langan shox-shibbadan ko‗tarilgan to‗zon adadsiz qo‗shin 
otlari tuyog‗idan chiqayotgandek tuyuladi. 
1365 yilda sodir bo‗lgan falokatli Loy jangidan keyingi voqelar Movarounnahr uchun 
tahlikali tarzda yetilib kelmoqda edi. Mo‗g‗ullar mamlakatning ichkarisini bosqin qilish va talon-
taroj etishni mo‗ljallab, shunga tayyorgarlik ko‗rmoqda edilar. Ularning tez orada Samarqand 
ostonalarida paydo bo‗lishi. kutilmoqda edi. «Osoyishta zamonda xalqdan boju-xiroj yig‗ib, 


75 
unga egalik qilgan» hukmdor (amir Husayn) Movarounnahr lashkari mo‗g‗ullardan mag‗lub 
bo‗lgach, qo‗rquvning zo‗ridan Movarounnahrni o‗z holiga tashlab... Jayhundan kechib o‗tgan 
edi. Egasiz va lashkarsiz qolgan yurtning yakson va tolon etilishi aniq edi. 
Mo‗g‗ullar hukmdorsiz va himoyasiz qolgan yurtni o‗zlari xohlaganidek oyoq osti 
qilishga erisha olmadilar. Vatan – xalqnikidir. Xalq dushman yo‗liga ko‗ndalang bo‗ldi. Bu safar 
Turkistonni Samarqand sarbadorlari qutqarib qoldilar. 
Amir Temur yurtida kechayotgan mo‗g‗ullar bosqinini ham hushyor, ham xavotirda 
kuzatib boradi. U Ilyosxo‗janing Samarqandga katta qo‗shin bilan hujum qilganidan ogoh edi. 
Shahar taqdirini, yurt ahvolini bilib kelish uchun u Abbos bahodir boshchiligida bir necha 
otliqlarni jo‗natadi. Bu tarafdan Mavlonzoda manfur dushman – mo‗g‗ul lashkari qaytib ketgach, 
bir necha otliqni ma‘lumot yig‗ib kelish uchun Jayhun sohillariga uzatgan edi. Bu otliqlardan biri 
Abbos bahodirga yo‗liqdi. Abbos bahodir uni ushlab amir Temur oldiga keltirdi. Haqiqiy ahvol 
boshidan oxirigacha yaqqol va mufassal ravishda uning so‗zlaridan ma‘lum bo‗lgach, amir yov 
qaytib ketganidan shodu xurram bo‗lib, jami xabarlarni tartib bilan bitib, shamoldek uchqur 
chavandozni amir Husayn tomon uzatdi va o‗zi ham otlanib, uning izidan yo‗lga tushdi. 
Ikki tomon – Amiir Temur ham, Mavlonzoda ham bu ishni bamaslahat, zarur bo‗lsa 
yordam qo‗lini cho‗zish, xullas, o‗zaro ittifoqlikda amalga oshirganlar. Sarbadorlar zafari amir 
Husaynni sarosimaga solib qo‗yadi. Samarqandliklar jasorati, jangu jadalga jur‘at qilganligi uni 
vahimaga soladi. Uch-to‗rt kundan so‗ng Amir Temur uning oldiga, Shibartuga yetib keladi va 
ikkalasi vaziyatni muhokama qiladilar. Amir Husayn o‗zini Movarounnahrning qonuniy 
hukmdori deb bilganidan, Amir Temurga mulozim, navkar va xeshlari bilan Jayhundan o‗tib 
Kesh va Naxshabda kishlamoqni maslahat beradi. O‗zi ham Soli Saroyga qaytib keladi. 
Amir Temur shu kuniyoq (ya‘ni Shibartudan Balxga qaytib kelgan kuni) kuch qilib Kesh 
va Naxshab tarafga jo‗nadi va aylanma yul bilan Qarshiga keldi. Bu joyda mudofaa qo‗rg‗oni 
bunyod qildirdi va qish tugaguncha shu yerda bo‗ldi. 
«Zafarnoma»da amir Husayn va Amir Temurning sarbadorlar bobida qanday qarorga 
kelganliklarini oydinlashtiradigan: «Ular Baqlon julg‗asida uchrashdilar... Nihoyat, bahor kelishi 
bilan birgalashib, Samarqand tomon yurmoqqa qaror qiladilar» degan jumla bor. Amir 
Temurning 1365 yilning qishida (u bu joyga qishdan ancha oldin kelgan edi) Qarshi hisorini 
mustahkamlaydi. Xaroba devorini ta‘mirlatadi. Sharafiddin Ali Yazdiy bu haqda: «Bu joyning 
Qarshi deb shuhrat topganligining sababi, Kepakxon (o‗z davrida) Nasaf va Naxshabdan ikki 
farsax masofada bir qo‗rg‗on barpo etgan edi. Mo‗g‗ullar qo‗rg‗onni «qarshi» deydilar. Qish 
faslida hazrat (Sohibqiron) o‗sha orada to‗xtamoqni ixtiyor etdi va Qarshi hisorini tiklamoqqa 
farmon berdi... O‗sha qishning o‗zidayoq bu qurilish nihoyasiga yetdi», deb yozadi. 


76 
Sarbadorlar 
amir 
Husayn 
o‗zboshimchaligi 
tufayli 
hokimiyatdan 
butkul 
chetlashtiriladilar. Ularning boshliqlari yoppasiga qilichdan o‗tkaziladi, dorga tortiladi. Amir 
Temur garchand, davlatni boshqarish ishlarida tajribasiz kishilarning aralashuvini 
ma‘qullamagan bo‗lsa-da, bahodir va vatanparvarlarning qatliga qattiq norozilik bildirgan. 
Sarbadorlar boshliqlarining izzat-obro‗siga putur yetkizilmagan, ularga ma‘lum imtiyozlar 
berilgan holda hokimiyatni amir Husaynga berish haqidagi ahdning buzilishi uni darg‗azab 
qilgan. U tortishuvlar bilan sarbadorlik harakatining yo‗lboshchilaridan biri Mavlonzodani 
o‗limdan olib qoladi. 
Mavlonzodaning zo‗r bilan dordan olib qolinishi Amir Temurning sarbadorlar bilan 
aloqada ekanligi xususidagi amir Husaynning shubhalarini tasdiqlaydi. Endi uning Amir 
Temurga bo‗lgan munosabati tubdan o‗zgara boshlaydi. Bahona qidirib topib uning barcha 
tobelari va yaqinlari molu mulkini to‗la musodara qilib, soliqchilar qo‗liga topshiradi. 
Amir Temur va amir Husayn 1365 yilda Samarqandda yuz bergan sarbadorlar kurashi va 
uning oqibatlari Amir Temur va amir Husaynning uzil-kesil muxolif qutblarga ajralishida asosiy 
sabab bo‗ladi. Amir Husayn Turkistonni idora qilishda o‗ziga teng raqiblar bo‗lishini istamas 
edi. Amir Temur uning yo‗lidagi o‗tib bo‗lmas g‗ov edi. Shu sababdan u o‗ziga ittifoqchilarni 
ko‗paytirishga intilib, muxolifi SHer Bahromni makr va aldov yo‗li bilan o‗ziga ag‗darib olishga 
erishadi. Bahrom Jaloyir ham g‗oyat badgumon odam bo‗lganidan na amir Husayn oldiga 
borishga jazm qiladi va na viloyatda qolishga jasorati yetadi. O‗ziga hamjihat deb bilgan bir 
guruh odam bilan mo‗g‗ullar tomonga otlanib, tarki vatan qiladi. Aniqroq aytganda, u Amir 
Temur va amir Husayn o‗rtasida kun sayin kuchayib borayotgan kurashdan o‗zini chetga oladi. 
Bu orada, 1365 yilning so‗nglarida Amir Temurning suyikli xotini, amir Husaynning 
singlisi Uljoy Turkon og‗o kasalga chalinib, vafot etadi. Ikki amir o‗rtasidagi ularni bog‗lab 
turgan oxirgi rishtalar ham uziladi. 
Movarounnahrning rasmiy hukmdori bilan undan keyingi ikkinchi shaxs o‗rtasida 
ziddiyat kundan-kunga gazaklab borar, o‗zaro qovushmagan kuchlar bu orada bir emas, bir 
necha marta qayta-qayta guruhlanar edi. Amir Temurning zarbdor kuchlari Hoji Sayfiddin 
boshchiligida Kahlakda turardi. 
Shu o‗rtada amir Husayn Keshga Malik Bahodirni jo‗natib, sulh shevasini oraga soladi. 
Malik Bahodirning gapiga, chamasi, bovar qilinmagan. Amir Husayn tezda yana Xizr xazinachi 
degan kishini ahdnoma va Qur‘on bilan jo‗natadi. Amir Temur bu qatnovlar, yarashga bo‗lgan 
undashlar zamirida nayrang turganligini sezib, muloqotga rag‗bat ko‗rsatmaydi. Ammo, uning 
amirlari uchrashuvni yoqlab chiqadilar. Nihoyat, ular qistovi bilan Amir Temur kelishilgan 
vaqtda, uch yuz kishini olib, amir Husayn bilan ko‗rishmoq maqsadida yo‗lga chiqadi. 200 


77 
yigitni Dehnav
1
qishlog‗ida pistirmada qoldirib, yuz kishini o‗zi bilan birga olib aytilgan joyda 
hozir bo‗ladi. 
Amir Husayn Amir Temur uchrashuvga rozilik bergach, o‗zidan panoh istab kelgan SHer 
Bahromni qatl etadi. Bu, ehtimol, rejaga ko‗ra amalga oshirilgan: katta to‗qnashuv oldidan avval 
dushmanlik zohir etgan bir kuchni oradan ko‗tarib tashlash ma‘qul edi. SHer Bahromning 
o‗ldirilishi Amir Husaynda, umuman, turkiy amirlar bilan tinch-totuv siyosat olib borish 
layoqatining yo‗qligini dalolat etardi. Amir Husayn o‗rdasida bo‗lgan Amir Temurning xufyasi 
bu voqeani aytishga kelganida, amir Temurning amirlari uchrashuv oldidan bu xabar ishni buzib 
yuboradi, deb o‗ylashadi va qatl xabarini Sohibqironga aytmaydilar. 
Ular shu kechasi xotirjam yotib uxlashadi. Amir Husayn tunda, shabgir qilib Amir Temur 
va uning yuz kishisi ustiga bostirib keladi. Ular juda yaqin kelib qolganligi sababli sanoqli 
kishilargina zo‗rg‗a jonlarini qutqarishadi. Vaziyat qaltis, xavf kuchli bo‗lmasin, Amir Temur 
Mo‗g‗ulistonga ketish haqidagi maslahatlarni rad etib, Xurosonga, Moxonga ketishni ma‘qul 
topadi. Amir Temur Qotilish (hozirgi Pachkamar havzasi o‗rni) mavzesida amir Husaynning 
selday bostirib kelgan otliqlaridan qutulganida, uning yonida juda oz hamrohlari qolgan edi. Ular 
ana shu ozgina guruh bilan Moxonda yetmish besh kun yashirinib turadilar. 
Amir Temur o‗zi uchun nihoyatda og‗ir, qaltis vaziyat vujudga kelganligi sababidan 
harbiy to‗lg‗ama qilishni lozim topadi. U karvonlar orqali o‗zini Hirotga, yurt maligi (hukmdori) 
oldiga ketgan, degan ovozani tarqatadi. Haqiqatda, Qarshiga jo‗nayotgan karvonlar 
uzoqlashgach, ular ortidan o‗zlari ham Qarshiga yo‗lga chiqadilar. 
Amir Husayn tomonidan Qarshi viloyatiga amirlik qilayotgan amir Muso karvonlardan 
eshitgan gaplarga ishonadi va Qarshi xisoridan chiqib, yetti ming otliq bilan Paymarog‗ 
mavzesiga borib qo‗nadi. Amir Temur Moxonga 1365 yilning kuzi boshlarida ketgan edi. Ikki 
yarim oy u joyda bo‗ladi. Shu yilning kuzi so‗nglarida u Qarshini qamal qiladi. 
Amir Husayn Qarshi qal‘asini Amir Temur egallashini xayoliga ham keltirmaganidan 
o‗zini qo‗yishga joy topolmay qoladi. Qishlovni Qarshi shahrida o‗tkazayotgan Amir Temurni 
nima qilib bo‗lsa-da, u yerdan daf qilish maqsadida qattiq tayyorgarlik ko‗radi. Amir Temur bu 
orada Mahmudshohni Buxoroga jo‗natgan, u joyda oliq-soliqlar yig‗ib kelishni topshirgan edi. 
Mahmudshoh Buxoriy fe‘lida xiyonat g‗olib kelib, Amir Temur itoatidan chiqish yo‗liga kiradi. 
Uni qanchalik bu yo‗ldan qaytarmasinlar, atrofiga qavmdoshlari yasavuriylarni to‗plab, 
buyruqqa bo‗yso‗nmaydi. Amir Husayn odamlari, chamasi, bundan xabar topadi va shusiz ham 
juda kam (Mahmudshoh odamlari bilan 243 kishi edilar) bo‗lgan Amir Temur ustiga qo‗shin 
tortishini mo‗ljallaydi. U amir Muso va amir Uljoytuni katta qo‗shin bilan uning ustiga yuboradi. 
Ular Chakchak darasi va Kahlak orasida bir muddat turib, Amir Temurga yaqinlab keladilar. 
1
Qarshi yaqinidagi Denov qishlog‗i. 


78 
Yog‗iylar kelayotganidan ogoh bo‗lgan Amir Temur 200 kishi bilan otlanib, Qarshi 
qal‘asidan chiqadi. Ayg‗oqchilar dushmanning soni juda ko‗pligini xabar qiladilar. Amir Temur 
qish o‗rtasi bo‗lganligi sababli, jang mavrudi emasligini, qolaversa, katta qo‗shinga oz kishi 
bilan ochiq dalada qarshi turib bo‗lmasligini anglab, Buxoroga ketishni afzal biladi. 
Buxoroda garchi Mahmudshoh uning istiqboliga chiqib kutib olgan va qal‘ada yaxshi 
o‗rnashgan bo‗lsalar-da, bu joy ham omonat edi. Shu sababdan amirlar Xurosonga ketishni 
maslahat qiladilar. Amir Temur Moxonga yo‗l oladi. Bu vaqtda Moxonda Amir Temurning 
yaqinlari, harami yashab turgan edi. Ko‗p o‗tmay kutilgan ish bo‗ladi. Amir Muso va amir 
Uljoytu son-sanoqsiz lashkar bilan Buxoroga bosib keladi. Shu orada Buxorodan tashvishli 
xabarlar kela boshlaydi: mo‗g‗ullar Buxoro viloyatini g‗orat qilib, beboshlikni avj oldirib 
yuboradi. Amir Temur Moxonda ortiq kutish, yurtni talon-taroj qildirib quyishga chidab 
turolmaydi. U 600 chog‗li kishi bilan Qarshi tomon yo‗lga tushadi.
Movarounnahrni zabt uchun kelayotgan mo‗g‗ul amirlari o‗rtasida nizo chiqadi: uchalasi 
birlashib, amir Hojini o‗ldirib, ortga qaytib, Mo‗g‗ulistonni bo‗lib olmoqqa kelishadilar. Fitna 
fosh bo‗ladi. Mo‗g‗ullar izlariga qaytib ketadilar. 
Bundan keyin yuz bergan voqealar tafsiloti pirovardida amir Husayn qanchalik qasamyod 
qilmasin, ont ichmasin, hech qachon Amir Temurga ko‗ngli to‗g‗ri bo‗lmaganligi aniq bo‗ladi. 
Fitna ustiga fitna avj ola boradi. Buning ustiga Amir Temurning kichik opasi Shirinbek og‗oning 
eri amir Muayyad sharobxo‗rlik bazmida mastlik bilan Jovarchining o‗g‗lini urib o‗ldirib 
qo‗yadi. Amir Husayn darhol Shirinbek og‗oni Balxga jo‗natish haqida farmon beradi. Oradan 
ko‗p o‗tmay, Kesh va Qarshidagi jamiki boy va akobir, fozil kishilarni bitta qoldirmay Balxga 
ko‗chirish to‗g‗risida buyruq beradi. Bular hammasi Amir Temur nafsoniyatiga tegadigan, uning 
amir Husayn uchun qanchalik jonini jabborga bermasin, mehnatini, davlat ishiga bo‗lgan 
sadoqatini ko‗ra olmaslik alomatlari edi. 
Sharafiddin Ali Yazdiy Amir Husaynning o‗z qarindoshlari Po‗lod Bug‗o va Amir 
Xalilning ig‗volariga uchib, Amir Temurga nisbatan qatgiq g‗arazni ko‗ngliga tukkanligini aytib 
o‗tadi. Movarounnahrning barcha so‗zga yetar amirlari, fozillari nihoyat amir Husaynga 
ishonchsizlik bildiradilar. Amir Muso ham bu safar uni yoqlamaydi. Amir Temur o‗n yil 
davomida amir Husaynga qilgan mehnatlari zoye ketganini aniq bilganidan so‗ng, uni oradan 
ko‗tarishdan o‗zga chora qolmaganligiga ishonch hosil qiladi. Bu ishga uni barcha amirlar da‘vat 
etadi. 
Amir Temur Keshdan chiqib, amirlar qurshovida amir Husaynga qarshi otlanadi. 
Xuzorga yetganlarida amir Musoning gapida turolmay qochib, yo‗lni Samarqandga burganligi 
xabarini eshitadi. Bu xiyonat ham uni yo‗ldan qaytara olmaydi. Amir Temur yurishi daragini 
eshitgan Kayxisrav ham o‗z odamlari bilan unga qo‗shiladi. Amir Husaynga qarshi yurishda 


79 
«Chig‗atoy ulusining barcha amirlariyu no‗yonlari hazrat Sohibqironga bo‗yso‗nmoq va itoat 
qilmoq karamini jon beliga bog‗lab, sadoqat va xizmatda bo‗lish rasmini ado etish uchun 
birlashdilar»
1

Balx jangida amir Husayn mag‗lub bo‗lib, qo‗lga tushadi. Bu voqea 1370 (771 hijriy) 
yilda yuz beradi. Garchi Amir Temur bir umr o‗ziga xiyonat qilib kelgan amir Husaynning 
qonidan kechgan bo‗lsa-da, ko‗pni ko‗rgan, hayot ta‘mini totgan» keksa amir Uljoytu amir 
Kayxisrav va amir Muayyadga ishora qildi va ular majlisdan chiqib ot choptirib ketdilar hamda 
amir Husaynni qatl qilib, boshini uning tanasidan judo etdilar. Amir Husayn qatlini amalga 
oshirganlar Kayxisrav ukasi Kayqubod o‗chi uchun (Kayqubod amir Qazog‗on o‗limida qo‗li 
bor, deb amir Husayn tomonidan qatl etilgan edi), amir Muayyad esa keyingi ikki yil ichida amir 
Husayn tomonidan qattiq ta‘qib ostiga olinganligi uchun shu yo‗lni tanlaydilar. Shriat ahkomi bu 
jazoni xun haqqi (Kaykubod xuni) evaziga to‗g‗ri topadi. Amir Husayn Balxning Xoja O‗qosha 
qabristoniga dafn etiladi. 
Amir Husaynning qarorgohi joylashgan Balxni olishda qatnashgan Movarounnahr 
amirlaridan amir Shayx Muhammad Sulduz, amir Kayxisrav Xatloniy, amir Uljoytu apardi, amir 
Dovud do‗g‗lot, amir Sori Bo‗g‗o qipchoq, amir Joku barlos, amir Muayyad orlot, Badaxshon 
voliysi Shayx Muhammadshoh, Husayn bahodir, din arboblaridan Sayid Baraka, xonzoda Abul 
Maoliy va uning ukasi Ali Akbarlar maslahatlashib, bir og‗izdan, bir dildan (Yazdiy) toju taxtga 
Amir Temurning munosib ekanligini yoqlaydilar. Barcha jam bo‗lganlar unga bo‗ysunishni, 
qo‗llab-quvvatlashni izhor etib, qasamyod qiladilar. Balx fathidan so‗ng bu joyga Jug‗om 
barlosning o‗g‗li Murod barlosni hokim qilib qoldiradi-da, Amir Temur Shahrisabzga qaytib 
keladi. Bahorning ayni gurkiragan chog‗i «Kesh julg‗asida Xushko suvi sohilidagi Xushmish 
ko‗kalamzoriga chodirini tikadi... Ikki oy muddatda olampanoh shoh to‗xtab turdi»
2

Xushmish ko‗kalamzorida ikki oy davomida Movarounnahr – Turkiston davlatining 
yaqin istiqboliga doir muhim tadbirlar hal qilinadi. Bo‗linib, parchalanib ketgan yurtni yakjilov 
qilish choralari ko‗riladi. Eng avvalo, boshqarish tadoriki ko‗riladi: qobiliyatli, elparvar kishilar 
hokimiyat ishlariga jalb etiladi, ularga katta mas‘uliyatlar yuklanadi. 
Amir Temurning «O‗z Vatanining daho xaloskori» (L.Lyangle) sifatida maydonga 
chiqishi tasodifiy hodisa emasdi. Mo‗g‗ullarning turkiy xalqlarning azaliy vatani Turkistonni 
bosib olganiga, uning qonini zulukdek so‗rganiga biru chorak asrdan ziyod vaqt o‗tgan edi. 
Mo‗g‗ullar istilo qilgan qo‗shni mamlakatlarda ham milliy ozodlik harakatlari boshlangan, bu 
bobda ayrim muvaffaqiyatlarga erishilgan edi. Bosqinchilarning o‗zaro toju taxt talashlari ham 
ularning avvalgi birligi va harbiy qudratiga raxna solgan edi. 
1
Zafarnoma. Sharq yulduzi, 1992 yil. 12-son, 121-bet. 
2
Zafarnoma. Sharq yulduzi, 1993 yil. 1-son, 182-bet. 


80 
Turkiy amirlarning, mashhur ruhoniylarning Balx qurultoyida Amir Temurga davlat 
ramzi bo‗lgan bayroq va nog‗orani topshirganidan boshlab, u bir daqiqa ham rohatni o‗ziga 
munosib ko‗rmagan (L.Lyangle). Davlatni boshqarishda Amir Qazog‗on asoslagan udumni 
davom ettiradi: Chingizxon avlodidan bo‗lgan Suyurg‗atmishni xon ko‗taradi. U o‗zining 
Movarounnahr hukmdori sifatidagi birinchi va asosiy vazifasini tarqoqlikka barham berib, 
jipslashgan, yagona, qudratli davlatni vujudga keltirishda, deb bilar edi. Amudaryo va Sirdaryo 
oralig‗idagi mulklarni hamjihat qilish ishlari oson kechadi. Farg‗ona va Shosh viloyatlari ham 
unga xayrixohlik ko‗rsatadi. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish bobidagi faoliyatida 
Xorazm o‗ziga xos o‗rin tutadi. Mo‗g‗ullar hukmronligi davrida Movarounnahrning bir qismi 
bo‗lgan, qadim zamonlardan unga iqtisodiy, siyosiy, madaniy va etnik jihatdan chambarchas 
bog‗langan Xorazm ikki qismga bo‗linib qolgan edi. Shimoliy (Urganch) qismi Oltin O‗rdaga, 
Janubiy (Qiyot) qismi esa Chig‗atoy ulusi tarkibiga kirar edi. Biroq Oltin O‗rdadagi o‗zaro toju 
taxt qirpichoqlari va Berdibekxonning vafoti (1359) sabab, Xorazm Oltin O‗rdaga tobelikdan 
chiqib, mustaqil davlat sifatida qaror topadi va qo‗ng‗irot qavmidan bo‗lgan So‗fiylar sulolasi 
uni idora qila boshlaydi. Bu sulolani bo‗ysundirish qiyin va uzoq davom etadi. Xorazmga 
qilingan birinchi yurish 773 (1371 -72) hijriy yilda yuz bergan bo‗lsa, to‗rtinchi oxirgi qo‗shin 
tortish oradan olti-yetti yil o‗tgach, 780 (1378-79) hijriyda xotima topadi. Shu tariqa, 
Movarounnahrning birligini tiklash uchun kurash qariyb 7-8 yil davom etadi. 
Amir Temur Movarounnahr hukmdorligini qo‗lga kiritgach, ichki va tashqi siyosatda ikki 
asosiy yo‗lni o‗tkazadi. Birinchisi – Turkistonni, Turon mulklarini yagona davlatga birlashtirish 
g‗oyasi, bunga u qariyb o‗n yilga yaqin vaqt sarfladi. Ikkinchisi – mamlakatni uzil-kesil mo‗g‗ul 
xavfidan qutqarish siyosati. Shuning uchun ham, 772 (1370-71) hijriy yildayoq, ya‘ni 
hokimiyatga chiqishidan ko‗p o‗tmay jataga – mo‗g‗ullar ustiga qo‗shin tortadi. Kepak Temur 
bilan o‗rtada sulh tuziladi va Amir Temur o‗z qarorgohiga keladi. Lekin mo‗g‗ul xoni tezda 
dushmanlik yo‗liga o‗tadi va shu yilning o‗zidayoq u yana Mo‗g‗ulistonga yurish qiladi. Fasih 
Havofiy shu yillar tarixini bitar ekan, Amir Temurning jataga qilgan ikkinchi yurishdan 
Samarqandga qaytganligini ta‘kidlaydi. Binobarin, 1370 yilning o‗rtalarida Amir Temur o‗ziga 
poytaxt sifatida Samarqandni tanlaydi. 
Amir Temur tashqi siyosatining yana bir ulkan tarmog‗i borki, bu asosan, mo‗g‗ullarni 
batamom tor-mor keltirgandan so‗ng voqe bo‗ladi. Tarixda uch, besh va yetti yillik yurishlar deb 
nom olgan qo‗shin tortishlar, To‗xtamish bilan olib borilgan muhorabalar zamirida aslida bu 
mamlakatlarda davom etayotgan mo‗g‗ul istibdodini tugatish maqsadi ham yotardi. 
Amir Temurning o‗ruslarni mo‗g‗ullar istibdodidan qutqarishini taniqli muarrix 
A.Y.Yakubovskiy shunday ifoda etadi: «Terekdagi mag‗lubiyat (To‗xtamishning) va 1395 yilda 
Saroy Berkaning xarob etilishi Oltin O‗rdaga qayta o‗nglanib bo‗lmaydigan zarbalar bo‗lgan edi. 


81 
Qadim Rusiyaga shunchalar uqubat yetkazgan davlatning umurtqasi uzilgan edi... Temur Oltin 
O‗rda bilan Markaziy Osiyo manfaatlaridan kelib chiqib kurashdi. Bunda u Moskva knyazlari 
bilan aloqa ham bog‗lanmagan, ular haqida aniq bir tasavvurga ham ega bo‗lmagan. Biroq, u 
nafaqat Markaziy Osiyo, shuningdek, Rusiya uchun ham foydali ishni amalga oshirdi. Temur 
o‗zining Oltin O‗rdaga bergan zarbasining Rusiya tarixi uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini 
bilmagan, zotan, Rusiya haqida nisbatan biron-bir haqqoniy amaliy bilim ham bo‗lmagan»
1

Amir Temur ulug‗vor saltanatni barpo etdi. U mo‗g‗ullarning shum qadami yetgan yer 
borki hammasiga bordi va Chingiz avlodi hokimiyatini tugatdi. Ozod etilgan mamlakatlarni 
o‗zlarining qonuniy egalariga topshirdi. 
1390 yillarga kelib Amir Temur qudratli saltanatni vujudga keltirgan edi. U o‗zining 
asrlar davomida talangan, qashshoqlashgan, tanazzulga botgan ona-yurtiga ozodlik, taraqqiyot va 
bardam ruhni qaytarish ga muvaffaq buladi. V.V.Bartold, Amir Temur 1396 yilda besh yillik 
harbiy safardan qaytganidan so‗ng Turkiston axolisini uch yillik soliqdan ozod qilganini 
ta‘kidlaydi. 
Amir Temur Qashqa vohasini boshqarib turgan XIV asrning 60-yillari o‗rtalarida 
Shahrisabz va Qarshini muhofaza qilishga, bu shaharlarda mustahkam devor, masjidlar barpo 
etishga intilgan. 1378-79 yilda Amir Temur Xorazmga 3-yurishni amalga oshirish oldidan 
Qarshi shimolida joylashgan Zanjirsaroy shahrida qishlaydi.
Amir Temurning 1370 yilga qadar bo‗lgan faoliyatida asosiy tashvishlar Qarshi bilan 
bog‗liq kechgan edi. U o‗sha yillari Qarshining har bir ko‗chasini, qudug‗i va devorining past-
balandligini, suv kirish joylarini besh barmog‗idek o‗rganib chiqqan edi. Sohibqiron Turkiston 
hokimiyatiga erishgandan so‗ng, Qarshi shahri va uning tevarak-atrofida faqatgina o‗ta muhim 
davlat ishlari taqozosi bilan bir-ikki safar bo‗la olgan. 
Amir Temur uch yillik yurishdan qaytib, 1385 yilda Qarshi va uning yonverida qishlab 
qoladi. Shu yili Samarqandda Eronga qo‗shin tortish uchun sipoh yig‗ish ishlari nihoyasiga 
yetadi. «Zafarnoma»da 1385 yilda Qarshida qishlash haqidagi rasmiy xabardan bo‗lak, ortiqcha 
tafsilotlar yo‗q. Fasih Havofiy bu qishlov to‗g‗risidagi ma‘lumotni o‗z «Mujmal-i»ga kiritmagan 
ham. 
Amir Temur, chamasi, o‗z umrida uch odamga ishonch bildirib, qattiq yanglishgan. Bular 
– amir Husayn, amir Muso va To‗xtamishdirlar.777 (1375-76) yilda o‗z yurti Dashti Qipchoqda 
mosuvo bo‗lgan To‗xtamish panoh izlab, bosh urib Amir Temur oldiga keladi. Amir Temur 
O‗rusxon va uning o‗g‗li Urdu Buqadan Dashti Qipchoq hokimiyatini 1376-77 yilda 
To‗xtamishga olib beradi. Unga qilgan yaxshiligining, qo‗llab-quvvatlashining cheki bo‗lmagan. 
Ammo, To‗xtamish ishonchni oqlamadi, nonko‗rlik yo‗lini tutdi. «Zafarnoma» muallifi bu haqda 
1
Тамерлан. М.:1992.33-bet. 


82 
mulohaza qilar ekan, «Hazrat Sohibqiron Fors va Iroqni bosib olish bilan mashg‗ul edi. Ular 
(To‗xtamish qo‗shini) Movarounnahrni (egasiz bilib) himoyasizligidan foydalanib, uni bosib 
oldilar va Qozon sultonxonning Zanjirsaroy nomi bilan mashhur saroyini vayron qildilar», degan 
gapni aytadi. 
Fasih Havofiyning guvohlik berishicha, To‗xtamish bosqini xabari kelgan paytda Amir 
Temur Q orabog‗da qishlov joyidan qo‗zg‗alib, Gurjiston fathiga yo‗l olgan edi. To‗xtamishni 
daf etishga Amironshoh Mirzo tezlik bilan jo‗natilgan. Amironshoh Mirzo Buxorodan Termizga 
qadar bo‗lgan shahar va qishloqlarni talab, ship-shiydam qilgan To‗xtamishni quvib yuborishga 
muvaffaq bo‗ladi. 
Amironshohning yog‗iyni o‗lkadan quvib chiqarishi Amir Temurni qanoatlantirmagan 
bo‗lsa kerak. 1388 yilda, ya‘ni, Amironshoh Mirzodan qochib Xorazmga kelgan To‗xtamish bu 
yerda ham o‗zining g‗oratini davom ettiradi. Bu xabar Sohibqironning qulog‗iga yetgach, 
To‗xtamishga qarshi o‗zi otlanadi. Amir Temur zarbiga chiday olmagan To‗xtamish Dashti 
Qipchoq ichkarisiga qochib, jon saqlaydi. 
To‗xtamishning Movarounnahr janubida qilgan talon-taroji, ko‗rnamakligi Amir 
Temurga qattiq botadi. Ayniqsa, Zanjirsaroyning vayron etilganligini u sira ham kechira 
olmaydi. Amir Temurning qudratli qo‗shini Dashti Qipchoq bo‗ylab, To‗xtamishning izidan 
boradilar. Sharafiddin Ali Yazdiy shu yurish haqida so‗zlaganida, «Zafarpanohning sipohiylari 
Volga daryosining muzi ustidan o‗tib, Saroy shahrini oldilar va unga o‗t qo‗ydilar... 
Zanjirsaroyni dushman lashkari vayronu g‗orat qilganligi uchun Saroyni vayron qilish jasoratli 
intiqom edi», deb ta‘kidlaydi. 
To‗[tamishning Amir Temur Movarounnahrda yo‗qligida uning shahar va qishloqlariga 
bostirib kirishga jazm qilishida ba‘zi bir g‗arazli mahalliy ayonlarning ham tezlashi katta dalda 
bo‗lgan. Masalan, Kayxusrav Xatloniy bir vaqtlar Xorazm So‗fiylarini Amir Temurga qarshi 
qo‗ygani sabab, qatl etilgan edi. 1387 yilga kelib, uning o‗g‗li Sulton Mahmud otasi o‗chi uchun 
To‗xtamish bilan birikadi va talon-taroj ishlarida faollik ko‗rsatadi. Bu haqda «Zafarnoma»da: 
«Muxoliflar Buxoroni bosib olishdan ojiz bo‗lganlaridan keyin, u yerdan ketishga majbur 
bo‗ldilar. So‗ng Movarounnahr viloyatida vayronchilik bilan mashg‗ul bo‗ldilar va 
Zanjirsaroyga o‗t qo‗ydilar. Ularning ichida bu ishda ildami Kayxusrav Xatloniyning o‗g‗li 
Sulton Mahmud edi va (ular) Qarshi, G‗uzordan to Ko‗hitanggacha va Amudaryoning 
sohiligacha bo‗lgan yerlarni bosib oldilar», degan ma‘lumot beriladi. 
To‗xtamish sabab, Amir Temur Moskva ostonalariga qadar bordi va o‗ruslarning qonini 
zuluk misol so‗rib yotgan mo‗g‗ullarning payini qirqdi. Qashqa vohasi Amir Temur tug‗ilgan, 
ota-bobolari qadim zamonlardan buyon idora qilib kelgan yurt sifatida uning davrida ko‗p 
imtiyozlarga ega bo‗lgani singari, g‗arazli bosqindan, talon-tarojdan ham benasib qolmadi. 


83 
Qashqa vohasi, Amir Temur saltanati Xuroson va Arab mamlakatlari sari siljib, kengayib 
borayotgan bir sharoitda, o‗zining asosiy shaharlaridan birini yo‗qotdi. Zanjirsaroy To‗xtamish 
yakson qilgandan so‗ng qayta tiklanmagan. Uning vayronalari olti asrdan ziyod vaqt o‗tib, 
endigina o‗rganila boshlandi. Zanjirsaroy obidasining o‗rganilishi Amir Temur tarixida yangi 
sahifalar ochishi shubhasizdir. 
Amir Temur davrida Movarounnahr xalqining iqtisodiy ahvoli o‗nglangan. Qishloqlar 
ko‗paygan, ekinzor yerlar ortib borgan. Sun‘iy sug‗orish tarmoqlari – ariqlar, anhorlar, polizlar 
va paxta dalalarini sug‗orish suv bilan ta‘minlashga xizmat qilgan. Amir Temur o‗z mulklarining 
har jihatdan obod va yuksalishi uchun sharoit yaratish ga intilgan. O‗sha vaqtlarda chorva 
mollari haddan tashqari ko‗paytirilgan, ayniqsa, Qashqa vohasida o‗nib-urchiydigan hisori 
qo‗ylar zotiga alohida ahamiyat berilgan. Bu qo‗ylarning dumbasi 20-40 kiloga qadar borgan. 
Klavixo Amir Temur yurtida bo‗lganida bu navli qo‗ylarga e‘tibor bermay qolmaydi. 
1404 yilda Shahrisabzda bo‗lgan ispan elchisi Klavixo Movarounnahr haqida so‗zlar ekan, «Bu 
joy hamma narsaga farovon – g‗alla bo‗lsin, sharobu go‗sht, mevayu qushlar; qo‗ylari juda ham 
yirik va dumbali, hatto, ba‘zilarining quyrug‗i vazni yigirma fut, ya‘ni, bir odam zo‗rg‗a ko‗tara 
oladigan darajada og‗ir keladi. Bunday qo‗ylar nihoyatda ko‗p va juda arzon. Qachonki, sen‘or 
(Sohibqiron o‗z qo‗shini bilan shu joyda bo‗lganida ikkita semiz qo‗y bori yo‗g‗i bir dukat 
baholangan edi. Boshqa mol-ashyolar (ham) juda arzon, hatto, yarim realga teng bo‗lgan bir 
miriga bir yarim botmon g‗alla berishardi. Non shunchalik arzonki, bundan arzonroq bo‗lishi 
mumkin emas, guruch esa aql sig‗mas darajada mo‗l»,
1
– deb ta‘kidlaydi ispan qirolining elchisi. 
Amir Temur vafotidan keyin Temuriylar davlatining asosiy poytaxti Samarqanddan 
Hirotga ko‗chadi. Zamonamizning muarrixlari Shohruh Mirzoning poytaxt masalasida bu xilda 
yo‗l tutganligi oqibatlariga hali yetarlicha baho berganlari yo‗q. Bir narsa aniqki, yangi poytaxt – 
Hirotga Movarounnahrdan, ayniqsa, Temuriylarning nasab tayanchi bo‗lgan barloslardan 
aksariyat xonadonlar ko‗chib o‗tib, doimiy o‗rnashib qolganlar. Ulug‗bek Mirzodan so‗ng 
Temuriyzodalarning Qashqa vohasiga bo‗lgan e‘tibori bir qadar susayadi. Bu hol, ayniqsa, 
Qarshi shahri misolida yaqqol ko‗zga tashlanadi. 
Amir Temur va Temuriylar davri Movarounnahrda ro‗y bergan tarixiy-madaniy 
jarayonlardan Shahrisabz ham chetga qolmagan. Amir Temur o‗z vatani sifatida, temuriy 
shahzodalar esa bobolarining yurti sifatida Shahrisabzga nihoyatda katta e‘tibor qaratib, bu erda 
ko‗pgina obodonchilik ishlari, madaniy-me‘moriy inshootlar bunyod etganliklari bois Kesh-
Shahrisabz o‗rta asrlarda ―Qubbatul ilm val adab‖ degan muqaddas nomga sazovor bo‗lgan edi. 
Sharofiddin Ali Yazdiy ma‘lumotlariga ko‗ra, Shahrisabzda o‗z davrining mashhur islom 
namoyondalari yashagan bo‗lib, ulardan biri Abu Muhammad Obdon Keshiy edi. 
1
Poyon Ravshanov. Non juda arzon – bundan arzoni bo‗lmaydi. Qashqadaryo haqiqati, 1994 yil 18 may. 


84 
XIV-XV asrlarda Abdulloh Samarqandiy, Abu Abdulloh Muhammad Buxoriy va Abdul 
Husayn Muslim Nishopuriylar ham Shahrisabzda yashab islom tariqatini rivojlantirganlar. 
Amir Temur va temuriylar davrida ham, hozirgi kunda ham Kesh – Shahrisabzga 
keluvchilarning diqqat e‘tiborini tortib turgan yirik me‘morchilik inshooti bu – Oqsaroy binosi 
hisoblanadi. XIV asr oxiri –XV asr boshlarida bunyod etilgan bu yodgorlikning umumiy 
balandligi o‗z davrida 70 metrga yaqin bo‗lib, hozirgi kunda 38 metri saqlanib qolgan. Yodgorlik 
haqida Sharofiddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Ibn Arabshoh, Zahiriddin 
Muhammad Bobur, ispan elchisi de Klavixolar ma‘lumotlar beradilar.
Oqsaroyning saqlanib qolgan ikkita ulkan ustuni sirlangan mozaika va betakror o‗yma 
naqshlar bilan bezatilgan. Bu yerdagi geometrik va tabiiy naqshlar etti xil rangda tanlangan 
bo‗lib, xalq orasida ―haft rangi‖ deb nomlanadi. Oqsaroyning g‗arbiy ustuni old tomonida, ―Agar 
bizning kuch qudratimizga shubha qilsang, biz qurdirgan imoratlarga boq!‖ degan mashhur 
xitobnoma bitilgan. Bu xitobnoma va binoning salobati Amir Temur salatanatining kuch-
qudratidan dalolat beradi. Darhaqiqat, hozirgi kunda Oqsaroy binosining saqlanib qolgan 
me‘moriy qoldiqlari, u hajm jihatdan ulkan bo‗lib, o‗rta asrlarda shakl va me‘moriy bezatilishi 
jihatdan tengi yo‗q ekanligini ko‗rsatadi. 
Shahrisabzdagi o‗rta asrlar O‗rta Osiyo shaharlari me‘morchiligining yana bir nodir 
namunalaridan biri shaharning janubi-sharqida joylashgan bita me‘morchilik majmuiga 
birlashgan ikkita inshoot guruhi – Dorussiodat va Doruttilovat majmualari hisoblanadi. Bu 
majmualarda Amir Temurning piri va ustozi Shayx Shamsiddin Kulol, otasi Amir Tarag‗ay, 
o‗g‗illari Jahongir Mirzo, Umarshayx Mirzolar dafn etilgan. Yozma manbalar Dorussiodat va 
Doruttilovatning serhasham g‗ishtin binolari o‗zining ulug‗vorligi bilan ajralib turganligi haqida 
ma‘lumotlar beradi. 
Amir Temur va temuriylar o‗z saltanatlarining markazi sifatida Samarqandining 
obodonligi va gullab-yashnashiga alohida e‘tibor qaratganlar. 1370 yilda Samarqand davlatning 
poytaxti qilib olingach bu shaharga turli yillarda Isfahon, SHeroz, Xorazm, Halab, Buxoro, 
Tabriz, Keshdan me‘morlar va binokorlar, turli kasbdagi ustalar keltirilib saroylar, machitu-
madrasalar, bog‗-rog‗lar, hashamatli binolar bunyod etilgan.
Ta‘kidlash joizki, mug‗ullar hukmronligi davrida butunlay vayron etilib, xarobaga 
aylangan Samarqand shahri Amir Temur davrida yangitdan qad rostlaydi. Tadqiqotchilarning 
fikricha, bu davrda shahar tevaragi mustahkam qal‘a devori bilan o‗ralib, Ohanin, Shayxzoda, 
Chorsu, Korizgoh, So‗zangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi oltita darvoza o‗rnatiladi. 
Bu davrda Samarqandda Shodimulk og‗a, Amir Husayn, Shirinbeka og‗a kabi maqbaralar, 
Bibixonim masjidi, Go‗rimir daxmasi, Ulug‗bek rasadxonasi va madrasasi kabi ko‗plab 
me‘moriy inshootlar bunyod etiladi. 


85 
Ulug‗bek davrida Shohizinda ansambli to‗la qurib bitkaziladi va Samarqandning 
Registon maydoni, san‘at, madaniy hayot, hunarmandchilik va savdo-sotiq gurkirab rivojlanadi. 
XIV asr oxiri – XV asr boshlarida Amir Temur va temuriylar hukmronlik qilgan davrda 
sug‗orish tartibini qayta ko‗rish va yangidan tashkil etish, yangi dehqonchilik vohalarini 
o‗zlashtirish keng qo‗lamda olib borildi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivoj topib, 
tovar-pul muomalasi o‗z rivojlaninishining yuqori cho‗qqisiga ko‗tariladi. Bularning barchasi 
nafaqat poytaxt Samarqandda, balki mamlakatning barcha hududlarida ulkan shaharsozlik 
ishlarini amalga oshirish imkoniyatini bergan edi.
Misol uchun Xo‗jand, O‗ratepa, Qandi Bodom, Isfara, Panjikent,Andijon, Sayram, 
Turkiston kabi shaharlarda ko‗plab davlat va jamoat madaniy binolari qad ko‗taradi. Bu 
shaharlarda hunarmandchilikning etakchi tarmoqlari – to‗qimachilik, metalga ishlov berish, 
kiyim tikish, qog‗oz tayyorlash kabi o‗nlab turlari taraqqiy etishi natijasida ular Amir Temur va 
temuriylar davlatining iqtisodiy, siyosiy va madiny hayotida katta ahamiyatga ega bo‗ldilar. 
Alohida ta‘kidlan joizki, Temur va temuriylar davri shaharlarida ilm-fanning turli 
sohalari, madaniyat gullab yashnadi hamda davrga va hududga xos bo‗lgan boy ma‘naviy 
qadriyatlar yaratildi. Amir Temur markazlashgan mustaqil davlat barpo etganidan so‗ng uni 
mustahkamlash uchun qattiq harakat olib bordi.
Misol uchun, manbalarning guvohlik berishicha, Temur mamlakat iqtisodiyotining 
yaxshilanishi va taraqqiy etishiga, shaharlarining har tomonlama rivojlanishiga, karvon yo‗llarini 
tiklash asosida savdo-sotiqning kengayishiga, hunarmandchilik va qishloq xo‗jaligining rivojiga 
alohida ahamiyat berdi.
Buning natijasi o‗laroq, mamlakatning katta va kichik shaharlarida madaniy hayot 
rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Shuningdek, Temur va Temuriylar davri 
shaharlarida madaniy hayotning rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar 
yaratilishi bilan birga Eron, Afg‗oniston, Arab mamlakatlari, ayrim Yevropa davlatlari, 
Hindiston, Xitoy kabi davlatlar bilan savdo-sotiq, diplomatik va madaniy aloqalar tiklanadi va 
yo‗lga qo‗yiladi. Bunday siyosat yurgizilishi Temur va temuriylarning markazi hisoblangan 
Movarounnahr va Hurosondagi emas balki, ularning tasarrufida bo‗lgan ko‗pgina hududlardigi 
shaharlarining ham madaniy yuksalishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatdi. 
Amir Temur va temuriylar davrida olib borilgan siyosiy-davlat boshqaruvini mukammal 
tashkil etish, shaharlar taraqqiyotiga alohida e‘tibor qaratish, shahar va qishloqlarda ilm-fan va 
madaniyatning, san‘atdagi xilma-xil turlarining rivojlanishi, jamiyat ma‘naviy hayotining yanada 
yaxshilanishiga qaratilgan edi.


86 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish